Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
INSULT XASTALIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA REABILITATSIYA DAVRIDA HAYOT SIFATI VA NUTQ BUZILISHLARINING O’ZARO ALOQADORLIGI
Mahkamova L.M. (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada insultdan keyingi davrda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish hamda bemorlarga psixologik xizmat ko’rsatish muhim omil ekanligi yoritib berilgan. Bundan tashqari bemorlarda hayot sifati ko’rsatkichlari va nutq tiklanish jarayonining bevosita bog’liq ekanligi asoslangan. Kalit so’zlar: Reabilitatsiya, insult, afaziya, motor afaziya, sensor afaziya, korreksiya, hayot sifati. Insult hastaligi bugungi kunda jahonda keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, aholi o’rtasida tarqalish ko’rsatkichlariga ko’ra ikkinchi o’rinda turadi. Dunyoda insult bilan xastalangan bemorlarni hayotga qaytarish, ularning nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy salomatligini tiklash, kasallik asoratlarini bartaraf etish va kasallik takrorlanishining oldini olish, bemorning sog‘ayib ketishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit va psixologik iqlimni yaratish, bemor va uning yaqinlarida hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kasallik va nogironlikka nisbatan negativ reaksiyalarni yumshatish yo‘llarini ishlab chiqish, insult bilan xastalangan bemorlarda malakali psixoterapevtik yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga insult bilan xastalangan shaxslar reabilitatsiyasi jarayoniga ta’sir etuvchi psixosotsial omillarni aniqlash, psixokorreksion tadbirlarni tashkil etish, insultdan keyingi davrda bemorning muvaffaqiyatli moslashuvida oilaning ahamiyatini o‘rganish, kasallikni yengish strategiyasining kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini tadqiq etish dolzarb vazifa sifatida ilgari suriladi. Insult bilan xastalangan bemorlarning uchdan bir qismida nutq buzilishlari va boshqa odamlarning nutqini tushunmaslik insultning keng tarqalgan asoratlaridan hisoblanib, insonlarni normal muloqotdan mahrum qilishi va uning hayotini chegaralab qo‘yishi o‘z vaqtida malakali psixologik yordam ko‘rsatish zarurligini taqozo etmoqda. Insult hastaligidan keyingi davrda nutq buzilishlarini ijobiy tomonga o’zgarishi bemorning hayot sifati darajasiga bevosita bog’liq sanaladi. Bemorlarda kasallikdan keyingi davrda sotsial adaptatsiya jarayoni qanchalik yaxshi kechsa, nutq tiklanish jarayoni ham birmuncha yengil kichadi.Buning sababi nutq bu asosiy kammunikatsiya vositasi sanalib u faqatgina jamiyat bilan aloqadorlikda rivojlanadi. Tadqiqotimizda ishemik insult bilan xastalangan 100 nafar bemor ishtirok etdi. Ularda nutq buzilishlarining motor va sensor afaziya turlari mavjud ekanligi aniqlandi. Sinaluvchilarning 50 nafariga maxsus korreksion dastur asosida maxsus psixologik xizmat ko’rsatildi. Korreksion davr davomida bemorlardagi nutq tiklanish jarayoni va hayot sifatining yaxshilanib borishi son va sifat jixatdan tahlil etib borildi. Reabilitatsiya davr mobaynida olingan natijalarni bosqichma bosqichlikda tahlil etar ekanmiz bemorlarimizda hayot sifati ko’rsatkichlarida ijobiy o’zgarishlar yuzaga kelganini 178 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz guvohi bo’ldik. Xususan Energiya shkalasida reabilitatsiya davrining birinchi, uchinchi va oltinchi oylarida dinamik jihatdan yahshilanish yaqqol namoyon bo’ldi. Bundan tashqari oiladagi ro’l, mobillik va bemor kayfiyati shkalalarida ham ijobiy tomonlama o’sish ko’rsatkichlari qayd etilgan. 25 20,08 20 18,04 13,77 15 12,88 12,86 12,76 10,987 9,78 9,89 10 8,44 5,89 5 3,34 0 Energiya Oiladagi rol Mobillik Bemor kayfiyati Kasallikdan keyingi 1 oy 3 oydan keyin 6 oydan keyin 1-rasm. Reabilitasiya davrida bemorlarda hayot sifatining yaxshilanishi Energiya shkalasi bo’yicha bemorlarning kun davomida tetiklik darajasi baholanib borilib, bemor qanchalik kunini aktiv tarzda tashkil etilsa shunchalik yuqori natijani qayd etadi. Bu esa bosh miya faoliyatining aktivlashishi va o’z o’rnida nutq hosil bo’lish jarayonining birmuncha yengillashishiga olib kelishi mumkun. 1- Jadval. Nutq tiklanish jarayoni va bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari. Oiladagi Sotsial O‘z o‘ziga Mehnat Motorika ro’l muxit xizmat faoliyati jarayonlari ko‘rsata olish. Dialogik nutq -,267* -,143* -,050 -,231* -,432 Monologik nutq -,317* ,129 ,195 ,122 ,128 Hikoya tuzish -,168 ,165 -,080 ,132 ,143 Aggrammatizm ,232 ,654 ,228 -,125 -,167 Takrorlash -,121 -,089 -,396** -,133* -,423 Nutq qatorlarini -,213 -,080 -,166 -,254 -,124 takrorlash. Izoh: *p<0,05; **p<0,01 Dialogik nutq shkalasi hamda oiladagi ro‘l shkalari o‘rtasida teskari bog‘liqlik qayd etildi. (r= - 0,267 ; r<0,05) Unga ko‘ra sinaluvchilarimizda oilaviy munosabatlarning yaxshilanishi ularning boshqalar bilan muloqotga kirisha olishlariga ijobiy ta’sir etar ekan. Dialogik nutq shkalasi va sotsial muxit shkalalari o‘rtasida ham teskari korrelyatsion aloqadorlik mavjud ekanligi aniqlandi (r= - 0,143 ; r<0,05). Sinaluvchilarning sotsial muxit bilan aloqadorligining oshishishi natijasida ularda dialogik nutqda xatoliklarga yo‘l qo‘yish xolatining pasayi
Доказательный фрагмент
«Maqolada insultdan keyingi davrda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish hamda bemorlarga psixologik xizmat ko’rsatish muhim omil ekanligi yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada insultdan keyingi davrda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish hamda bemorlarga psixologik xizmat ko’rsatish muhim omil ekanligi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reabilitatsiya, hayot sifati, afaziya, korreksiya, insult, sensor afaziya, motor afaziya
Смежные источники
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022
The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical ResearchMinimally Invasive Surgical Interventions, Mukhammadbobur Makhsitaliev +42020