К содержанию
РецензированоRU2007

Важные особенности фразеологизмов в узбекском и немецком языках

BIRLIKLARNING MUHIM BELGILARI · N.G. Sodikova (SamDCHTI)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2007

Аннотация

В данной статье описаны важные особенности фразеологизмов немецкого и узбекского языков, в частности, категории фразеологической синонимии, антонимии и омонимии. Ключевые слова: фразеология, языкознание, фразеологическая синонимия, антонимы и внутренние компоненты омонимии, полисемия. Ma’lum bir tilni o‘rganishimiz uchun biz bilamizki, dastlab lug‘at boyligimizni oshirishga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. Tilshunoslikda lug‘at boyligini oshirishning esa turli xil imkoniyatlari mavjud. Tilning lug‘at boyligi asosan so‘zlardan iborat.So‘zlar esa lingvistikada leksik birliklar deb yuritiladi. Leksik birliklar deganda, nafaqat alohida so‘zlarni tushunamiz, balki turg‘un so‘z birikmalarini (fraza,turg‘un ibora, frazeologizmlar) ham tushunamiz. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi.Bunday kategoriyalar,o‘z navbatida, frazeologiyaning semantik kategoriyalari(frazeologik: sinonimiya, antonimiya va b.sh)ga bo‘linadi. [Umarxo‘jayev M. 2007]. 1.Frazeologik sinonimiya Tildagi ma’nosi o‘xshash frazeologizmlarning frazeologik sinonimlar deyiladi.Ular ham leksik sinonimlar kabi ma’no, stilistik jilosi va ishlatilish doirasi jihatidan guruhlarga ajratiladi. Bir qator tillar, shu jumladan nemis tili frazeolgik sinonimlarining struktur- semantik, funksional xususiyatlari tilshunoslarning ilmiy izlanishlari obyektiga aylanadi. Har qanday tilning frazeologik iboralari avvalo stilistik vosita sifatida ma’lum. Shuning uchun bo‘lsa kerak, tilde stilistik jiloga ega, bir-biri bilan sinonimik munosabatda uchrovchi iboralar juda ko‘p. Ushbu fikrni isbotlash maqsadida quyidagi bir strukturaga ega bo‘lgan frazeolgik sinonimlarni keltiramiz: [Burger H. 2007.] Den Mund halten: Die Schnauze halten Den Schnabel halten Die Fresse halten Den Rand halten Keltirilgan frazeologizmlar bir umumiy ma’noga ega –“jim turmoq”. Lekin ularning barchalari bir- biridan stilistik jihatdan farqlanadi. Agar den Mund halten iborasi adabiy til doirasida bo‘lsa, qolgan sinonimlar turli stilistik darajadagi frazeologik sinonimlardir. Bu birliklarning o‘zbekcha ekvivalentlarini solishtirib ko‘ring. Yoki jmdm. in die Hande fallen, jmdm in die Klammen fallen-„qo‘lga tushmoq“ ma’nosidagi frazeologik iboralar o‘z stilistik jilosi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: „sterben“ tushunchasini ifodalovchi quyidagi frazeologik birliklar mavjud: Die Auge schließen Ums Leben kommen Kein Pfund Mehl mehr essen O‘zbek tilida „o‘lmoq, olamdan o‘tmoq, vafot etmoq ko‘z yummoq“ kabi iboralariga mos tushadi. Ba’zi tilshunos olimlar frazeologik birliklarda absolut sinonimiya(frazeologik dublet) bo‘lmaydi. 99 2.Frazeologik antonimiya: Dunyoda yaratilgan barcha narsalar o‘zining qarama- qarshi tomoniga egadir. Yer osmonga, o‘t suvga, issiq sovuqqa, uzoq yaqinga, achchiq shiringa, yosh qariga zid yaratilgan. [Маматов А. 1991]. Bu hodisalardan frazeologik iboralar ham holi emas. Ular ham leksik sistema elementlari kabi o‘zlarining antonimik ma’nolariga ega. Lekin ta’kidlash lozimki, frazeologik antonimlar leksik antonimlardan ancha farq qiladi. Avvalambor, frazeologizmlarni tashkil qiladigan komponentlar o‘zaro antonimik munosabatlarda bo‘lmaydi, balki umumfraazeologik ma’no antonimik ma’no sifatida moslashadi. Ikkinchidan, tilda frazeologik antonimlar leksik antonimlarga qaraganda kam uchraydi. Misol qilib oladigan bo‘lsak, etw. durch eine fremde Brille sehen alles durch seine eigene Brille sehen etw. durch eine rosa Brille sehen (optimistisch beurteilen) etw. durch eine schwarze Brille sehen (pessimistisch beurteilen) O‘zbek tilidagi frazeologik antonimlarni qiyoslaganimizda: Kimnidir ko‘kka ko‘tarmoq-kimnidir yerga urmoq Yuzi yorug‘-yuzi shuvut Oq ko‘ngil-ichi qora Ko‘ngli ochiq- qishda qor so‘rasang bermaydi Nemis tilida: grünes Licht- rotes Licht 3.Frazeologik polisemiya va omonimiya: Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir tilning frazeologik birliklarda birdan ortiq ma’noga ega bo‘lgan hamda omonim ma’noli frazeologik iboralar mavjud. Ular son jihatidan leksik polisemiyadan farq qiladi. Nemis tili frazeologik polisemiyasi bo‘yicha maxsus tadqiqot olib borilgan. X.Yeziyevnning ta’kidlashicha, L.E.Binovichning “Nemischa-ruscha frazeologik lug‘at”ida berilgan 12000 frazeologik iboraning ming, aniqrog‘i 930 tasi birdan ortiq ma’noga ega ekan. Frazeologik polisemiya va omonimiya murakkab hodisalardir. Ularni farqlashda bir qator kompleks kriteriyalardan kelib chiqib, frazeologik birliklar prototipini omonim birliklar deb qaraydilar. Bu xususiyat barcha frazeologizmlar uchun xos emas. Bu haqida alohida ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilaman. Frazeologik sistema taraqqiyoti natijasida frazeologizmlar ko‘p ma’noga ega bo‘lishi bilan bir qatorda omonimik xususiyatga ham ega. Fikrimizning yaqqol dalili sifatida quyidagi misolni kelitirishni afzal deb bildik [Umarxo‘jayev M. 2007]. Masala

Доказательный фрагмент

«В данной статье описаны важные особенности фразеологизмов немецкого и узбекского языков, в частности, категории фразеологической синонимии, антонимии и омонимии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье описаны важные особенности фразеологизмов немецкого и узбекского языков, в частности, категории фразеологической синонимии, антонимии и омонимии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
фразеология, языкознание, фразеологическая синонимия, frazeologik sinonimiya, tilshunoslik, полисемия, frazeologiya, фразеологическая синонимия, polisemiya, omonimiyaning antonimlari va ichki komponentlari, антонимы и внутренние компоненты омонимии
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники