К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI VA INSON QADRIYATLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABATLARI VA ULARDAGI MUAMMOLAR

Asatov Asilbek Akbar oʻgʻli (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Inson kapitali — bu insonning bilimlari, malakalari, salomatligi va ijodkorlik qobiliyatlari majmui bo‘lib, ular iqtisodiy samaradorlikni oshirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu tushuncha iqtisodiyotda "inson resurslari" dan farq qiladi, chunki u faqat jismoniy mehnat emas, balki intellektual va innovatsion imkoniyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bilim va ta’lim: Insonning bilim darajasi va kasbiy tayyorgarligi uning iqtisodiy imkoniyatlarini belgilaydi. Yuqori darajadagi ta’lim qimmatli inson kapitali yaratishda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada inson kapitalining inson qadriyatlariga tasiri va intellektual salohiyatning rivojlanishining iqtisodiy ijtimoiy taraflarining ichiga olgan. Kalit so’zlar: 1. Iqtisodiyot 2. Sogʻliqni saqlash 3. Inson qadriyatlari 4. Inson kapitali 5. Rivojlanish 6.Odob axloq7.Ilm va intellektual salohiyat 8.Oila 9. Innovatsion gʻoyalar Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimiz hayoti tubdan oʻzgarmoqda.Vaholanki, inson kapitali va inson qadriyatlari oʻrtasidagi munosabatlari ham yangi darajaga chiqmoqda.Bu esa oʻz navbatida yangi intellektual salohiyat,gʻoyalar,imkoniyatlar yaratmoqda.Buning natijasida iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga qamrab oldi. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining yarmidan koʻprogʻi yoshlardir va ularning katta qismi oʻqish yoshdagi aholidir.O‘zbekistonda inson kapitalini oshirish rivojlantirishdagi muammolarni hal qilish orqali nafaqat iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, balki milliy maʼnaviyatni mustahkamlash va jamiyat farovonligini oshirish mumkin. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish kelajakda mamlakatni inson shaxsi va erkinligi hurmat qilinadigan yuqori darajadagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi jamiyat sifatida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jamiyatda insonning sha’ni, qadr-qimmati ulug’lanadi, yuksak ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar ustuvor hisoblanadi. Hozirda inson qadriyatlari va inson kapitali bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Inson qadriyatlari inson kapitalining asosini tashkil etadi, chunki maʼnaviy va axloqiy tamoyillar jamiyatda insonning rivojlanishiga ta’sir qiladi O‘zaro bog‘liqlikning mohiyati Inson qadriyatlari: Maʼnaviyat, axloq, adolat, hurmat, halollik kabi tamoyillar. Ular jamiyatda shaxsning axloqiy kamoloti va munosib hayot kechirishi uchun zamin yaratadi. Inson kapitali: Taʼlim, salomatlik, kasbiy malaka, tajriba va ijodkorlik bilan bog‘liq iqtisodiy tushuncha. U jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.O‘zaro aloqasi: Axloqiy qadriyatlar taʼlim, kasb tanlash, mehnatga munosabat va jamiyat uchun hissa qo‘shishdagi qarorlarni shakllantiradi. Shu bilan birga, inson kapitali rivojlansagina, qadriyatlarni targ‘ib qilish va saqlash mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonda qadriyatlar asosan milliy vam anʼanalar bilan uyg‘unlashgan: 156 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz Oila, hurmat, o‘zaro yordam kabi qadriyatlar jamiyatni birlashtiruvchi kuch hisoblanadi. Taʼlim va maʼnaviyat inson shaxsini rivojlantirishning muhim omillari sifatida qaraladi. Milliy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi.Adolat va bag‘rikenglik kabi barcha xalqlar uchun mushtarak bo‘lgan tamoyillarni ifodalaydi. Yoshlar dunyoqarashida bu ikki qadriyat turini uyg‘unlashtirish nafaqat milliy o‘zlikni saqlash, balki global miqyosda rivojlanish uchun ham muhimdir. Inson kapitalining holati Taʼlim: Keyingi yillarda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Oliy taʼlim qamrovi kengaymoqda. Salomatlik: Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholining sog‘lom turmush tarzini taʼminlash bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Kasbiy malaka: Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va ishchi kuchining malakasini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.Taʼlim va tarbiya: Taʼlim tizimi axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Milliy madaniyatni rivojlantirish: Mahalliy anʼanalar va qadriyatlarni targ‘ib qilish orqali globalizmga qarshi muvozanat saqlash. Oilaviy tarbiya: Oila muhitida bolalarga insonparvarlik, hurmat va adolat tushunchalarini o‘rgatish muhim. Ommaviy axborot vositalari: Media va internet orqali ijobiy qadriyatlarni targ‘ib qilish. Tan olishimiz kerakki mustaqillikka erishganimizdan soʻng bir qator yoshlar haqida qonunlar imzolandi va tatbiq etildi.Bularning natijasida iqtisodiy oʻsish,ilm-fan,madaniyatimiz ,rivojlandi.Lekin shuni inobatga olish kerakki bularning barchasi yetarli emas, imkoniyatlar bundan bir necha barobar yuqori hisoblanadi.Bazi bir qonunlar ham ishlab chiqildi. Masalan: bularga ,"Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonun (2016-yil): Yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. "Ayollarning huquqlar

Доказательный фрагмент

«Inson kapitali — bu insonning bilimlari, malakalari, salomatligi va ijodkorlik qobiliyatlari majmui bo‘lib, ular iqtisodiy samaradorlikni oshirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inson kapitali — bu insonning bilimlari, malakalari, salomatligi va ijodkorlik qobiliyatlari majmui bo‘lib, ular iqtisodiy samaradorlikni oshirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
1. Iqtisodiyot 2. Sogʻliqni saqlash 3. Inson qadriyatlari 4. Inson kapitali 5. Rivojlanish 6.Odob axloq7.Ilm va intellektual salohiyat 8.Oila 9. Innovatsion gʻoyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники