К содержанию
РецензированоRU2023

BOSHLANG’ICH TA'LIMDA INKLYUZIV MUHITNI SHAKLLANTIRISH STRATEGIYALARI

Ikromova Nazokat O'tkir qizi · Nazarova Dildora

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article reveals the possibilities of forming a worldview in students based on teaching in inclusive classes in the primary education system. Basically, the literature lists views on the essence of this issue. Keywords: student, lesson, education, task, factor, quality, modern demand. СТРАТЕГИИ СОЗДАНИЯ ИНКЛЮЗИВНОЙ СРЕДЫ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. В данной статье раскрываются возможности формирования мировоззрения учащихся на основе обучения в инклюзивных классах в системе начального образования. В основном взгляды по существу этого вопроса изложены в литературе. Ключевые слова: ученик, урок, образование, задача, фактор, качество, современный спрос. Bugungi kun maxsus ta’limi esa, raqobatbardosh mutaxassisni inklyuziv ta’lim jarayonida tayyorlashga ta’sir qiladi. Mazkur vazifa o‘z mazmuni va ko‘lamiga ko‘ra davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasidir. Bundan tashqari barcha bolalarning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlashda o‘qituvchilar faoliyatiga zamonaviy talablar qo‘yilmoqda. Masalan, sinfda turli toifadagi bolalar bilan bir paytning o‘zida mos yondashuvlarni tashkil eta olish va kutilgan natijani qo‘lga kiritishni misol qilishimiz mumkin. Mazkur masala nogiron hamda sog‘lom rivojlanayotgan bolalarga matematikani o‘rgatishdagi umumiylik va farqli jihatlarni aniqlashni ko‘ndalang qo‘yadi. Bu yo‘nalishda o‘rganish ishlarini olib borish, manbalarni tahlil qilish asosida ilmiy xulosalarni asoslash mumkin. Jumladan, inson uchun matematikaning zarurat ekanligini V.M.Tixomirov alohida ta’kidlaydi. Olimning fikricha: “Insoniyatning ma’naviy 586 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 dunyosini shakllantirishda bu fan tarixini, uning asoschilarini hamda fanga hissasini bilish foydali”. Adabiyotlarda matematika o‘qitish bilan bog‘liq konkret vazifalar qatorida matematik rivojlanish asosida o‘quvchilarda bir butun “olam manzarasi”ni shakllantirish bilan bog‘liq keng masala ham ko‘rib chiqilgan. Bolalikning aynan maktabgacha va maktab davridaturlituman faoliyatda bolada borliqning predmetli olam, kishilik olami, tabiat kabi asosiy sohalari bilan aloqa shakllana boshlaydi, olamni anglash uchun zamin yaratiladi, bola o‘zini-o‘zi dastlab shu davrda anglay boshlaydi, ya’ni, bir so‘z bilan aytganda, “olam manzarasi” shakllanadi. Olam manzarasi tushunchasini keng ma’noda –ongda aks etgan va ongda yaratilgan mental olam obrazi sifatida olib qaraymiz. Dunyoqarashning shakllanishi, o‘z navbatida, hozirgi zamon ta’limining oxir-pirovardidagi maqsadidir. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, dunyoqarash, shaxsga xos yangi tizimli hosila sifatida, o‘zini shaxs rivojining u o‘smirlikka qadam qo‘ygan davrida namoyon qiladi. Shu bilan birga hech bir tadqiqotda dunyoqarash bolalikdan boshlanishi inkor etilmaydi. Maktab yoshidagi bolalarning matematik ta’limi qonuniyatlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, biz ularning rivojlanishida dunyoqarashning muhim o‘rin egalashi to‘g‘risidagi fikrga tayanamiz. Dunyoqarashning rivojlanishi tushunchasiga berilgan ko‘pchilik ta’riflarda uning kognitiv tarkibiy qismini, ya’ni dunyoqarashning rivojlanishini ta’minlaydigan aqliy xatti-harakatlar va amallarni tadqiq qilish pozitsiyasidan kelib chiqiladi. U tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarining differensiatsiyasi va idrok etilishi sifatida, bolaning ichki olami bilan tashqi olamning o‘zaro bog‘liqlikdagi umumiy, asosiy qonuniyatlarining sub’ektiv obrazi (aksi) sifatida izohlanadi.Shunday qilib, dunyoqarash bilan bog‘liq tasavvurlarning o‘ziga xos belgisi tashqi va ichki olam o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligidadir. L.S.Vigotskiy ta’kidlaganidek, ilk ontogenezda dunyoqarashdan oldin “dunyoni yaratish” sodir bo‘ladi. Bunday deganda, olim bolaning atrof olamga o‘z munosabatini ifodalash usulini tushunadi.Shunday qilib, olamning jismoniy va ijtimoiy manzarasi (“dunyo modeli”) shakllanadi va u asta-sekin ramziy strukturalari vositasida bola hayotining asosi bo‘lib boradi. Nazariy manbalarni tahlil qilar ekanmiz, biz e’tibor qaratgan jihat shundan iborat bo‘ldiki, ko‘pchilik olimlar matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga asoslangan matematik faoliyatni juda moslashuvchan deb biladilar. Moslashuvchanlik tufayli matematik tushunchalardan boshqa faoliyat turlarida ham foydalanish mumkin deb hisoblaydilar. Shuning uchun inklyuziv sinflarda o‘quvchilarning matematikani o‘zlashtirishlari uchun moslashuvchan o‘quv topshiriqlari tayyorlash lozim. Buning uchun o‘qituvchilardan differensial yondashuv tamoyillarini bilishi talab etiladi. Bu esa, ularning kasbiy kompetensiyasi bilan bog‘liqdir. Inklyuziv ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi muhim omillardan hisoblanadi. Ushbu omil inklyuziv ta’limni ildamlatishda ta’lim ishtirokchilarining umummaqsad sari intilishini kafolatlaydi.Nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga do‘stona munosabatda bo‘lish 587 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 amaliyotining yanada kengroq ko‘lamda joriy qilinishi ta’lim sifatini oshirishda alohi

Доказательный фрагмент

«This article reveals the possibilities of forming a worldview in students based on teaching in inclusive classes in the primary education system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reveals the possibilities of forming a worldview in students based on teaching in inclusive classes in the primary education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
student, lesson, education, task, factor, quality, modern demand, zamonaviy talab., o‘quvchi, ta’lim, vazifa, omil, sifat, dars
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники