Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTELLEKTUAL MULK HUQUQI VA UNI HIMOYA QILISH, UNDAN FOYDALANISH MASALALARI
FOYDALANISH MASALALARI · To‘xsanov Mansurbek Nemat o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article provides information and comments on the issues of intellectual property rights, which are increasingly gaining importance in modern society, and on the issues of their protection and use. In particular, it also looks at the history of the emergence of intellectual property rights. Keywords: intellect, intellectual property, copyright, industrial property rights, World Intellectual Property Organization, intellectual property object, intellectual activity. ВОПРОСЫ ПРАВА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ, ЕГО ЗАЩИТЫ И ИСПОЛЬЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье представлена информация о правах интеллектуальной собственности, которые приобретают все большее влияние в современном обществе, и вопросах, связанных с их защитой и использованием, а также комментарии по этому вопросу. В частности, рассматривается история возникновения прав интеллектуальной собственности. Ключевые слова: интеллект, интеллектуальная собственность, авторское право, право промышленной собственности, Всемирная организация интеллектуальной собственности, объект интеллектуальной собственности, интеллектуальная деятельность. Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa 582 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil dek. da Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi, 1993-yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qoʻshilgan. [1] Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034- modda). Baʼzi obyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, individuallashtirish vositalari (tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.)) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari – ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; c) shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; d) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou- xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) intellektual mulk huquqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; e) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan intellektual mulk huquqi egasining maʼlum intellektual mulk obyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; f) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; j) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qoʻllanadi; h) intellektual mulk huquqining amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Masalan, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qilag di; i) koʻpgina 583 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 intellektual mulk obyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart. Intellektual mulk obyektlari qanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinal
Доказательный фрагмент
«This article provides information and comments on the issues of intellectual property rights, which are increasingly gaining importance in modern society, and on the issues of their protection and use.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information and comments on the issues of intellectual property rights, which are increasingly gaining importance in modern society, and on the issues of their protection and use. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intellect, intellectual property, copyright, industrial property rights, World, mualliflik huquqi, sanoat mulk huquqi, intellektual faoliyat., intellektual mulk ob’yekti, intellektual mulk, Jahon intellektual mulk tashkiloti, intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025