Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARMATSEVTIKA TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA FANINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O’QITISH
Abduraxmonov B.A. (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 92–102 · 2019
Аннотация
This article presents the advantages and disadvantages of an integrative approach to teaching mathematics in pharmaceutical educational institutions. Keywords: mathematics teaching, integration, integrative approach, function, derivative. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali mutahassislar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni zamon talabi asosida shakllantirish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida Halqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirlgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish va oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, davlatimizning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutahassislar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan. Bizga ma’lumki, integratsiya - bu har xil ta’lim muassasalarining umumiy ta’lim doirasida o‘zaro aloqalarning mustahkamligi, tartiblanganligi bilan harakterlanuvchi, hamda bunday holatga erishishni ta’minlovchi jarayon. Ikkinchidan, u sub’ektlar (talabalar, ularning ota-onasi va o‘qituvchilari) faoliyati darajasida namoyon bo‘ladi. O‘quv rejalari va ta’lim dasturlari darajasida integratsiyani o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni, o‘qituvchilarga talaba ongida olamning yahlit manzarasini shakllantirishga, yangi konsepsiyalarni ishlab chiqishga, ta’limning yangi maqsadlari, mazmuni, shakllari va metodlarini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, integratsiya ichki (muassasalar ichida) va tashqi (bitta muassasadan tashqarida) bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan, integratsiya - tizimini yaxlitlikka olib boruvchi muhim ko‘rsatkichidir. Faqat yahlit bo‘lgan ta’limiy muhitdagina mukammal shaxs shakllanadi. Demak, integrativ tematik yondoshuvda ta’lim jarayonining tarkibiy, uslubiy va tashkiliy birligi deb dars emas, balki o‘quv fanning o‘zi yoki uning bo‘limi olinadi. Integrativ-tematik 5 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz yondoshuv, o‘rganilayotgan mavzu, o‘quv fanining boshqa mavzulari bilan bog‘langan bo‘lishi yoki boshqa fan mavzulari bilan bog‘lanishni o‘rnatish, boshqacha aytganda, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir vaqtning o‘zida fanlararo va fan ichidagi aloqalarni aniqlashga imkon beradi. Integratsiya darajasi faqatgina integrativ masalalar yordamida aniqlanadi. Bu birinchi navbatda, integrativ kursdagi u yoki bu masala bo‘yicha hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bilan bilishga bo‘lgan qiziqishni intensifikatsiyasidir. O‘quv fanlariaro aloqadorlik (integtatsiya) ta’minlangan sharoitda talabalarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O‘quv fanlararo aloqadorlikni turli o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim. Matematika shunisi bilan qiziqarliki, uning tarkibidagi tushunchalar, algoritmlardan har qanday o‘quv fani mazmunida foydalanish mumkin. Ta’limda fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashning asosiy maqsadi, talabalarning ortiqcha yuklanishlarini kamaytirishni, dars samaradorligini oshirishni, vaqtdan unumli foydalanishni va natijada fanni chuqur o’zlashtirishni ko‘zda tutadi. Birgina tushunchaning turli o‘quv fanlari tarkibidagi mazmunini talabalarlarga o‘quv fanlari orqali ochib berish zarur. Natijada talabalar o‘rganilayotgan mavzuni chuqurroq tushunib, matematik hodisalarni samarali o‘zlashtiradilar. Farmatsevt ta’lim muassasalarida matematika fanini o’qitishda fan mavzulariga doir misol va masalalarni kimyo, biologiya, farmatsevtika, fizika fanlariga oid misol va masalalardan foydalanish maqsadga mivofiq bo’ladi: Funksiya mavzusiga oid masalalar: 1) Glyukoza quyilganidan t soat vaqt o‘tgach uning qondagi miqdori 6 c ( t ) 1 0 8 e t bo‘ladi. Glyukozaning qondagi turg‘un holatini l i m c ( t ) n i aniqlang. 2) Bakteriya boshlang‘ich holatdan t soat vaqtgacha p ( t ) 1 1 0 0 0 ,1 ( 0 e e t t 1 ) qonun bilan ko‘payadi. Bakteriyaning turg‘un ko‘payish miqdorini aniqlang. Funksiya hosilasini hisoblashga oid masalalar: 1) Tabletkadagi dori moddasining erish qonuni c ( t ) c 0 e kt funksiya bilan ifodalanadi, bu yerda c(t) t vaqt oralig‘ida erimay qolgan modda
Доказательный фрагмент
«This article presents the advantages and disadvantages of an integrative approach to teaching mathematics in pharmaceutical educational institutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the advantages and disadvantages of an integrative approach to teaching mathematics in pharmaceutical educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mathematics teaching, integration, integrative approach, function, integrativ yondashuv, funksiya, производная, hosila, функция, обучение математике, matematika o’qitish, derivative, интеграция, интегративный подход, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026