К содержанию
РецензированоUZ2023

KORRUPSIYA TA’LIM SIFATI KUSHANDASI

Isomiddinov Asliddin Baxridin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 10 · 2023

Аннотация

This article is devoted to analyzing the impact of corruption in the educational system and its negative consequences on the quality of Education. Corruption not only disrupts educational processes, but also leads to an influx of personnel who are not based on injustice, knowledge and ability in society. The article also discusses the negative impact of corruption on the quality of education, its consequences and strategies for overcoming this problem. Keywords: corruption, quality of education, transparency, justice, Community Development, Control System, knowledge. КОРРУПЦИЯ ПРОИСХОДИТ С КАЧЕСТВОМ ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. Данная статья посвящена анализу влияния коррупции в системе образования и ее негативных последствий на качество образования. Коррупция не только нарушает образовательные процессы, но и ведет к несправедливости в обществе, к нехватке кадров, не основанных на знаниях и способностях. В статье также обсуждается негативное влияние коррупции на качество образования, ее последствия и стратегии преодоления этой проблемы. Ключевые слова: коррупция, качество образования, прозрачность, справедливость, развитие общества, система контроля, знания. Kirish. Bugungi kunda ta’lim sohasi jamiyatning kelajagini belgilaydigan asosiy sohalardan biri hisoblanadi. Ta’lim sifatining yuksalishi mamlakat taraqqiyotining poydevori bo‘lsa, bu sifatning pasayishi kelajak avlodning qobiliyatsizligi, milliy rivojlanish sur’atlarining sekinlashuviga olib keladi. 444 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Afsuski, ta’lim sohasidagi korrupsiya ushbu jarayonning eng yirik xavf-xatari bo‘lib, uning zarari faqat bir avlod bilan cheklanmaydi, balki umummilliy fojia darajasiga yetishi mumkin. Korrupsiya ta’lim tizimining ichki strukturasiga chuqur singib kirganida, bu holat nafaqat tizimning samaradorligini pasaytiradi, balki uning bosh vazifasi – sifatli bilim berish vazifasini izdan chiqaradi. Asosiy qism (Main part). Korrupsiya sababli ta’lim tizimining asosiy maqsadi – bilim olish va yetuk mutaxassislar yetishtirish jarayoni buziladi. Bu esa milliy darajada quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi: Mutaxassislarning bilim saviyasi pasayadi: Korrupsiya bilim olishni emas, moliyaviy va boshqa resurslarni ustuvor qilishni targ‘ib qiladi. Adolat prinsipining buzilishi: Korrupsion muhitda iste’dodli yoshlarning imkoniyatlari cheklanib, jamiyatda adolatsizlik hissi kuchayadi. Jamiyatda ishonchsizlik muhitini yuzaga keltiradi: Korrupsiyaga aloqador shaxslar ta’lim sohasida yuksak lavozimlarni egallaganida, aholining davlat tizimiga bo‘lgan ishonchi susayadi. Ta’limdagi korrupsiyani bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim: • Shaffof baholash tizimini yaratish: Baholarni baholash jarayonini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish kerak. • Axloqiy qoidalarni kuchaytirish: O‘qituvchilar va talabalar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish. • Nazorat mexanizmlarini joriy etish: Mustaqil kuzatuvchi organlar tomonidan ta’lim muassasalaridagi jarayonlarni doimiy monitoring qilish. • Jamoatchilikni jalb qilish: Jamoatchilikning korrupsiya holatlarini fosh qilish va muammoni yoritishda faol ishtirokini ta’minlash. Natijalar va muhokamalar (Results and Discussions). Korrupsiya – bu mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish orqali shaxsiy yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlashdir. Ta’lim tizimida korrupsiya odatda quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 1. Diplom va baholarni sotib olish: Talabalar bilim olish o‘rniga, yuksak natijalarga erishish uchun noqonuniy yo‘llarga murojaat qiladi. Bu esa real bilim va qobiliyatga ega bo‘lmagan mutaxassislarning ko‘payishiga olib keladi. 2. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi korrupsion munosabatlar: Ayrim hollarda o‘qituvchilar talabalar bilan noqonuniy bitimlar tuzib, baholarni shaffof emas, balki moddiy manfaat asosida qo‘yadi. 445 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 3. Ta’lim jarayonida tanish-bilishchilik: Ishga qabul qilish, grant ajratish va boshqa imkoniyatlar ko‘pincha malaka va bilimga emas, balki shaxsiy aloqalarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu kabi holatlar ta’limning haqiqiy vazifasini buzadi va bilimga asoslangan raqobatbardosh jamiyat qurishni qiyinlashtiradi. Korrupsiyaning ta’lim sifatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarini bir nechta asosiy yo‘nalishda ko‘rib chiqish mumkin: 1. Bilimsiz kadrlarning ko‘payishi: Korrupsiya natijasida olingan bilimlar va malakalarning haqiqiyligi shubha ostida bo‘ladi. Bu esa iqtisodiyotning turli sohalarida malakasiz mutaxassislarning ko‘payishiga olib keladi. 2. Adolat va tenglikning buzilishi: Korrupsion muhitda iste’dodli yoshlarning imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ularning bilim va qobiliyatlari yetarli darajada baholanmaydi. Bu esa yoshlarda umidsizlik va norozilik kayfiyatini kuchaytiradi. 3. Ilmiy izlanishlar sifatining pasayishi: Ta’lim tizimidagi korrupsiya ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy ishlardagi plagiat, soxta ilmiy dara

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to analyzing the impact of corruption in the educational system and its negative consequences on the quality of Education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to analyzing the impact of corruption in the educational system and its negative consequences on the quality of Education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
corruption, quality of education, transparency, justice, Community, shaffoflik, nazorat tizimi, jamiyat taraqqiyoti, ta’lim sifati, adolat, bilim., Korrupsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники