К содержанию
РецензированоEN2023

GERBERT SPENSERNING “SOTSIAL STATIKA” ASARI TAHLILI

Eshonova Nilufar

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article delves into the work Social Statics by Herbert Spencer, one of the foundational texts of modern sociology. The book discusses the idea of social progress, the principles of individual freedom, and the role of institutions in maintaining social order. Spencer, influenced by Darwinian evolutionary theory, argues that societies, like organisms, evolve over time through natural selection. The article analyzes the key themes of Spencer’s work, its impact on later sociological thought, and the criticisms it has received. Keywords: Herbert Spencer, Social statics, social progress, individual freedom, institutions, sociology, natural selection, social order, evolution, social philosophy. Kirish: Gerbert Spenser (1820-1903) XIX asr ingliz filosofi, sotsiolog va pozitivist fikrlash maktabining yirik vakili bo‘lib, ijtimoiy ilmlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan olimdir. Uning “Sotsial statika” asari ijtimoiy tizimlarning strukturasi va evolyutsiyasini tadqiq etuvchi fundamental ilmiy izlanish hisoblanadi. Gerbert Spenserning “Sotsial statika” asari (1851) – ijtimoiy fanlar tarixidagi muhim asarlardan biri bo‘lib, u jamiyatning rivojlanishiga oid dastlabki ilmiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Asar, asosan, ijtimoiy tuzumlar, erkinlik, adolat, va davlatning roli kabi mavzularni o‘rganadi. 431 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Spenser bu kitobda jamiyatning evolyutsiyasini biologik evolyutsiya bilan taqqoslaydi va bu orqali insoniyatning yaxshilanishini tushunishga intiladi1. Asar, ayniqsa, sotsiologiya va falsafa fanlarida muhim ta’sir ko‘rsatgan. Metod va materiallar. “Sotsial statika” asarida Spenser jamiyatni jonli organizm sifatida ko‘rib, uning strukturaviy elementlarini va funksional qonuniyatlarini tahlil qiladi. U ijtimoiy tizimlarning o‘ziga xos “biologik qonuniyatlar” asosida rivojlanishini nazarda tutadi. Spenser ijtimoiy sistemalarni tirik organizm modeli orqali tushunishga harakat qildi. Uning nazariyasiga ko‘ra, jamiyat ham aynan organizm kabi o‘sadi, rivojlanadi, adaptatsiyalanadi va kompleks tizimga aylanadi deb hisoblaydi. Gerbert Spenserning “Sotsial statika” asarini o‘rganishda bir qancha metod va materiallardan foydalanish lozim. Birinchi navbatda, tarixiy-taqqoslash metodi orqali Spenser g‘oyalarini o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy sharoit va zamonaviy jamiyat bilan solishtirish mumkin2. Bu yondashuv uning fikrlari va jamiyatning rivojlanish jarayonlariga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, falsafiy-analitik metod orqali Spenserning asosiy tamoyillarini, jumladan, evolyutsion rivojlanish va individual erkinlik haqidagi qarashlarini tahlil qilib, boshqa nazariyalar bilan qiyoslash muhimdir3. Jamiyatni bir tizim sifatida ko‘rib chiqish uchun tizimli yondashuvdan foydalanish kerak, bunda jamiyatning alohida qismlari va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganiladi4. Shu bilan birga, Spenser g‘oyalarini hozirgi zamonaviy masalalarga tatbiq etish uchun amaliy tahlil usulidan foydalanish zarur. Bu metod asardagi nazariyalar zamonaviy jamiyat uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi. Materiallarga kelsak, birinchi navbatda, Spenserning “Sotsial statika” asari asosiy manba sifatida o‘rganiladi. Uning boshqa ishlari va asar haqidagi ilmiy sharhlar esa qo‘shimcha tahlil qilish uchun yordam beradi. XIX asr falsafasi va ijtimoiy hayotiga oid adabiyotlar Spenser g‘oyalarini kengroq kontekstda ko‘rishga imkon beradi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatga oid statistik hisobotlar va tahlillar uning g‘oyalarini hozirgi zamonga tatbiq qilishda qo‘l keladi5. Ushbu metod va materiallarni birgalikda qo‘llash Spenserning “Sotsial statika” asarini chuqurroq o‘rganishga va uning zamonaviy ijtimoiy masalalardagi ahamiyatini ochib berishga yordam beradi. 1 Spenser, G. “Sotsial Statika” - London: Williams and Norgate, 1851. 2 Comte, A. “The Positive Philosophy of Auguste Comte” - New York: Calvin Blanchard, 1853 3 Mill, J. S. “On Liberty” - London: J.W. Parker & Son, 1859. 4 Parsons, T. “The Structure of Social Action” - New York: McGraw-Hill, 1937. 5 Merton, R. K. “Social Theory and Social Structure” - Glencoe: Free Press, 1949. 432 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Spenserning “Sotsial statika” asari ijtimoiy evolutsionizm nazariyasining metodologik bazasini shakllantirdi va ijtimoiy tizimlarning rivojlanish qonuniyatlarini biologik evolyutsiya bilan chambarchas bog‘lab o‘rgandi. Funksionalizmga asos solish: Spenser jamiyatni bir tizim sifatida ko‘rib, uning turli qismlari birgalikda ishlashi orqali barqarorlikka erishishini ta’kidladi. Bu yondashuv funksionalizmning shakllanishiga asos bo‘ldi, chunki u ijtimoiy institutlar va ularning jamiyatdagi rolini tahlil qilishga imkon berdi. Evolyutsion sotsiologiya: Spenserning ijtimoiy rivojlanish haqidagi g‘oyalari Darvinning evolyutsion nazariyasi bilan bog‘liq. U jamiyatlarning oddiy tuzilmalardan murakkab tizimlarga o‘tishini tabiiy evolyutsiya jarayoni sifatida

Доказательный фрагмент

«This article delves into the work Social Statics by Herbert Spencer, one of the foundational texts of modern sociology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article delves into the work Social Statics by Herbert Spencer, one of the foundational texts of modern sociology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Herbert Spencer, Social statics, social progress, individual freedom, tabiiy tanlov, Gerbert Spenser, ijtimoiy taraqqiyot, sotsiologiya, institutlar, sotsial statika, ijtimoiy tartib, evolyutsiya, ijtimoiy falsafa., shaxsiy erkinlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники