К содержанию
РецензированоRU2018

Этимологический подход к именованию дней недели в немецком языке

NOMLANISHIGA ETIMOLOGIK YONDASHUV · prof. P.J.Nazarov · J. P.Jo‘ramurodov (SamDCHTI)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2018

Аннотация

В статье описаны этимологические происхождения названий дни недель в недель в немецком и английском языках. Ma’lumki, onomastika tilshunoslikning bir bo‘limi hisoblanib, u turli nomlarning kelib chiqishi sabablarini o‘rganadi. Onomastika fanining mohiyatini tushunib yetishimiz uchun esa eng avvalo tegishli leksik qatlamga etimologik nuqtai nazardan yondashishimiz talab etiladi. Bizningcha, leksik qatlamni, shu jumladan, atoqli va turdosh otlarni etimologik jihatdan o‘rganish orqali har qanday tilning inson ehtiyoji tufayli shakllangan ijtimoiy hodisa ekanligini tushunib yetishimiz oson kechadi. Kishilarning ma’lum bir iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvi tufayli har qanday tilning eng avvalo leksik qatlamida o‘zgarish kuzatiladi. Xususan P.Nazarovning “Nemis tiliga o‘zlashgan so‘zlarning imlosi xususida” nomli maqolasida “ …nemis tili yillar davomida qo‘shni davlatlarning tilari, jumladan qadimgi lotin tili, shuningdek italyan, frantsuz, ispan, rus, ingliz tillaridan olingan so‘z va iboralar asosida o‘z lug‘at boyligini boyitgan” deb ta’kidlab o‘tilgan. (qarang: Xorijiy filologiya jurnali, 2018 y., 44-bet) Biz Yevropa madaniyatining asosi bo‘lgan qadimgi Yunoniston va Rim imperiyasida ishlatilgan yunon va lotin tillaridagi so‘zlarning etimologiyasiga e’tibor qaratgan holda, bu tillardagi aksariyat leksik qatlam bilan german tillaridagi so‘zlarning asoslari bir ekanligini, ular qadimgi xalqlarning shakllanish tarixiga, ularning madaniyati va turmush tarziga, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning kishilar tomonidan talqin qilinishiga bevosita bog‘liq ekanligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Tarixiy ma’lumotlarda keltirilishicha, qadimgi davrda odamlar ko‘p xudolarga e’tiqod qilishgan. Kishilarning turli xudolarga ishonishlari kuchli bo‘lganligidan, turli xil tillarda aynan xudo nomlari bilan atalgan yoki xudo nomlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan nomlar paydo bo‘lgan. Masalan, o‘zbek tilidagi “Tangriberdi, Ollomurod, Xudoynazar” ismlari kabi, nemis tilida ham “Teodor, Gottfred, Mannfred” kabi ismlar xudo nomlari asosida yuzaga kelgan. Yoki bunday nomlarni toponomik atamalar misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan: Yevropadagi Gdansk, Gdinya, Odinse, Gyottingen, Mannheim, Tyuringen kabi geografik joy nomlari aynan xudolar sharafiga qo‘yilgan. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, nafaqat shaxs oti yoki joy nomlari, balki boshqa so‘zlarning paydo bo‘lishida ham xudolarning nomlari muhim o‘rin tutadi. Fikrimizning isboti sifatida, ushbu maqolamizda bir qator tillarda hafta kunlari nomlarining kelib chiqishini qarab chiqamiz. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik qadimgi xalqlar hafta kunlarini dastlab planeta nomlari bilan atashgan. O‘z navbatida planeta nomlari qadimgi xalqlar uchun aynan xudo nomlari tarzida qabul qilingan. Masalan, Yunonistonda, quyosh (Sunus), oy (Monus; Manus), mars (Ares – urush xudosi), merkuriy (Hermes – tijorat bilan shug‘ullanuvchi xudo), jupiter (Zeus – bosh xudo, jamiki insoniyat, osmon jismlari hamda momoqaldiroq xudosi), venera (Aphrodite – sevgi xudosi) va saturn (Cronos – borliqni bunyodga keltirgan xudo) planetalariga tegishli xudo nomlari berilgan. / https://en.m.wikipedia.org.wiki 79 Rimliklar yunonistonliklar tomonidan ishlatilgan xudo nomlariga biroz o‘zgartirishlar kiritgan. Masalan, ular dengiz xudosi Ptolemey o‘rnida Neptun, urush xudosi Ares o‘rnida Markus so‘zlarini ishlatishgan. https://www.vikingeskibsmuseet.dk “German filologiyasiga kirish” fani bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishgan olimlarning (М.Г.Арсеньева, X.R.Raximov, B.T Tursunov., Е.Н. Руденко, M.I. Gadoyev...) ta’kidlashlaricha, qadimgi germanlarning xudolari Teu/Teo, Mann, Thor, Odin/Wodan deb nomlangan. Bundan xulosa kelib chiqadiki, qadimgi german qabilalari hafta kunlariga, jumladan seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlariga o‘z xudolarining nomlarini berishgan. Masalan, mars planetasini “Tur”, merkuriyni “Odin/Wodan”, yupiterni “Thor”, venera planetasini esa “Frigg” deb nomlashgan. https://www.quickanddirtytips.com. Zamonaviy ingliz tilidagi hafta kunlarida aynan ushbu xudolarning ismlarini yaqqol kuzata olamiz: Sonday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday, Friday, Saturday. Zamonaviy nemis tilida esa hafta kunlarining nomlari biroz o‘zgarishga uchragan bo‘lsa ham (masalan “Mittwoch” so‘zi “hafta o‘rtasi” degan ma’noni anglatadi), lekin xudo nomlari nemischa talqin qilingan holda saqlanib qolganligining guvohi bo‘lamiz, ya’ni: Dio (Tio, Teo,Tiu) xudosi sharafiga “Dienstag” –seshanba, momaqaldiroq xudosi sharafiga “Donnerstag” nomlari kelib chiqqan. Yuqorida keltirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, qadimgi german qabilalarining so‘z boyliklari shakllanishida yunonistonliklarning va rimliklarning tabiat jismlariga bo‘lgan munosabatlari, ko‘p xudolikka bo‘lgan e’tiqodlari muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Арсеньева М.Г. Введение в германскую филологию. –М.: Высшая школа, 1980. -319 с. 2. Gadoyev M.I. Roman-Ger

Доказательный фрагмент

«В статье описаны этимологические происхождения названий дни недель в недель в немецком и английском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье описаны этимологические происхождения названий дни недель в недель в немецком и английском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xudo nomlari, tushunib yetishimiz, eng avvalo, tillaridagi zlarning, bevosita bog, bog liq, aynan xudo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники