К содержанию
РецензированоRU2023

INTRALINGVAL LAKUNALARNI YUZAGA KELTIRUVCHI LINGVISTIK VA EKSTRALINGVISTIK OMILLAR

EKSTRALINGVISTIK OMILLAR · Shaymardanova Aziza Raimjanovna

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

The article discusses the concept of a lacuna, its classification, and the manifestation of lacuna in communication, as well as linguistic and extralinguistic factors that cause lacunae. Keywords: lacunae, non-alternative lexicon, communication, expression of a concept, gaps. ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ И ЭКСТРАЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЫЗЫВАЮЩИЕ ВНУТРЯЗЫКОВЫЕ ЛАКУНЫ Аннотация. В статье рассматривается понятие лакун, ее классификация, проявление лакунности в общении, лингвистические и экстралингвистические факторы, вызывающие лакуны. Ключевые слова: лакунарность, безальтернативная лексика, коммуникация, репрезентация концепта, пробелы. Jahon tilshunosligida lisoniy tizimlilikni oʻz qonuniyatiga va funksional relevant xususiyatiga ega til birliklarining oʻzaro bogʻliq va zid munosabatidan iborat hodisa sifatida tushuntirish, leksik-semantik, grammatik sathdagi shakl va mazmun asimmetriyasini izohlash eʼtibordan chetda qolmagan. Shu tufayli, yangi pragmatik-nominativ paradigma taʼsiri oʻlaroq, milliy konseptosfera birliklari orasida lingvomadaniy jamiyat muloqoti uchun relevant hisoblangan fikriy obrazlarning faollashuvi masalasi jahon tilshunoslarining diqqat markazidagi masalalardan biri hisoblangan. Dunyo tilshunosligida lakunarlik muammosining aniqlanishiga:1) tizimiy ziddiyatlarga doir izlanishlar; 2) kontrastiv va qiyosiy tadqiqotlar; 3) mental jarayonlarda lisoniy aloqadorlikni 421 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 nerv aloqalari tarzida tushuntiruvchi kognitiv tadqiqotlar sabab boʻldi. Lisoniy tizimdagi ushbu “boʻsh hujayralar” – zaif boʻgʻinlar koʻproq leksik-semantik, grammatik sathda kuzatilishi esa bu yoʻnalishdagi izlanishlarni yanada rivojlantirish talabini qoʻymoqda. Lakunar birliklarni tasniflashda va konseptlar asosida tadqiq etishda til sistemasida qaysi elementlarning zaifligi va unga begona ekanligini hisobga olish muhim. Ushbu omil mazkur tizimning oʻxshash tizimlarga nisbatan oʻziga xosligini uning funksiyasi, keyingi rivojlanish tendensiyalarini ham maʼlum darajada belgilaydi. Til tizim sifatida ichki paradigmalari qanday birlik va shakllar bilan toʻldirilganligi bilan emas, balki qaysi “hujayralar” toʻldirilmaganligi, nima uchun toʻldirilmaganligi va “boʻsh hujayralar”da joylashishi kerak boʻlgan birliklar va shakllar qanday koʻrinishda boʻlishi kerakligi bilan xarakterlanadi1. Bu bizga til va uning evolyutsiyasidan muqobillarini izlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, “boʻsh hujayralar”ning konfiguratsiyasini aniqlash tilning rivojlanishi davomida yoʻqolgan birliklar va shakllarning koʻrinishini qayta tiklashga yordam beradi2. Tilda bunday boʻshliqlarning mavjudligi esa tilshunoslikda oldindan maʼlum boʻlib, bu holatni Alisher Navoiy oʻzining “Muhokamat-ul lugʻatayn” asarida turkiy va forsiy soʻzlarni qiyoslashda muayyan tilda ayrim tushunchani ifodalovchi soʻzning mavjud boʻlmasligi bilan aniq misollar tahlilida tushuntirgan. Lakuna muloqot jarayonida muayyan madaniyatning boshqa madaniyat vakili tomonidan toʻliq yoki qisman anglashilmaydigan oʻziga xos milliy unsuri3 boʻlib, ushbu tushuncha, yaʼni lakunarlik hodisasi turli fan sohalari tomonidan oʻrganilgan. Lisoniy tizimdagi ushbu “boʻsh hujayralar” – zaif boʻgʻinlar koʻproq leksik-semantik sathda kuzatilishi esa bu yoʻnalishdagi izlanishlarni yanada rivojlantirish talabini qoʻymoqda. Lakunologiya fan yoʻnalishi sifatida umumiy maʼnoda (kognitiv tilshunoslik chegarasida) oʻz ichiga olgan prototipik birlik – “lakuna” termini bilan ishlaydi. Ushbu birlik sistemaviy qayta qurish, oʻzgarish va okkazional xususiyatlarga ega. Jahon tilshunosligida bu tushuncha tilning leksik tizimidagi “boʻsh katakchalar”, “ochiq joy”, “boʻshliqlar”, “tushunmovchilik”, “yoʻqlik” kabi soʻzlar orqali ifodalangan4. S.A.Askoldov-Alekseyev, D.S.Lixachev, Y.S.Stepanov, Y.A.Sorokin, E.S.Kubryakova, A.P.Babushkin, Z.D.Popov, I.A.Sternin kabi tilshunoslarning bilim va gʻoyalari, shuningdek, L.S.Vigotskiy, N.I.Jinkin, I.N.Gorelov, N.M.Bextereva, A.A.Leontev, A.A.Zalevskaya, 1 Савицкая Е.В. Английские языковые лакуны в свете интралингвистического подхода: Дисс. кандидата филол. наук. – Самара, 2015.– С. 3. 2O‘sha manba: .– С. 3. 3 Zоkirоv M., Majidova R., Sultonova Sh. Oʻzbekcha – ruscha – inglizcha lingvistik atamalar muxtasar lugʻati. – Toshkent, 2016. 4Shaymardanova A. Lakuna hodisasi va uni kompensatsiyalashning lingvistik imkoniyati. Наука и инновация, (2023). 1(4), 106–107. https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/13605 422 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 A.R.Luriya, M.Turker, N.Q.Jusіpov, B.T.Kulbayevalarning olib borgan tadqiqotlari, oʻtkazgan tajribalari shuni koʻrsatadiki, lakuna aqliy kategoriya, ongda mavjud boʻlgan tushuncha, fikrlashdagi bir jarayon, hodisa mahsulidir. G.V.Bikova taʼkidlaganidek, u tilda “universal kod birliklari – kodlangan tushunchalar”5 orqali amalga oshadi. Aytish joizki, tafakkurning inʼikosi insonning faqatgina qarashlarida emas, tilida ham aks etadi. Demak, oʻzining mi

Доказательный фрагмент

«The article discusses the concept of a lacuna, its classification, and the manifestation of lacuna in communication, as well as linguistic and extralinguistic factors that cause lacunae.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the concept of a lacuna, its classification, and the manifestation of lacuna in communication, as well as linguistic and extralinguistic factors that cause lacunae. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lacunae, non-alternative lexicon, communication, expression of a concept, muqobilsiz leksika, bo‘shliqlar., muloqot, tushunchaning ifodalanishi, lakunarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники