Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OTA ONALARNING FARZAND TARBIYASIGA E’TIBORI
Aymuratova Zliyxa Jan’abay qizi · Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article discusses the decreasing attention of parents to raising their children, which is becoming a global problem in our society today. Keywords: Family, child, upbringing, society. Bugungi kunda ham inson o’zining to’laqonli baxtini his etishida oila va undagi shaxslararo munosabatlar o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 24 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga bag’ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi. Intervyuda O‘zbekiston prezidenti oila va baxt haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, har bir inson hayotida eng muhimi, bu — oila.«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman», — dedi u. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman»,1 — deya ta’kidladi prezident. 392 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Haqiqatan ham, oila muqaddas dargoh, chunki u insonning eng yaqin qarindoshlaridan tashkil topuvchi maskan, uning har bir a’zosi bir-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biri bilan samimiy munosabatda bo’ladi, bir-biriga ko’mak beradi, xatolarini ko’maklashishga yordam beradi va bu muhitda inson kamol topadi. Shuning uchun ham oila jamiyatning eng muhim bo’lagi hisoblanadi va davlatimiz tomonidan doimo katta e’tibor qaratiladi. Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi; xususan, bolada iroda, odatlar, fe’l-atvor, xulq, atrofga munosabat, e’tiqod va qarashlar vujudga keladi. Shu bois turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini izchil o’rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Ma’lumki, oila – ijtimoiy-tarixiy belgiga ega bo’lgan muayyan tuzilishli ijtimoiy guruhning ko’rinishi. Chunonchi, uning a’zolarini qarindosh-urug’chilik, nikoh, turmush sharoiti birligi, odob-axloq umumiyligi, ma’naviy ehtiyoj mosligi kabi aloqalar o’zaro bog’lab turadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o’zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o’zgarishiga bevosita bog’liqdir. Oila a’zolarining o’zaro muomalalarini tadqiq qilgan venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab o’quvchilarining o’qishga va mehnatga bo’lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhiti (vaziyat, sharoit, holat) omillarini to’rt turga ajratadi: 1) ota-onalarning jamoatchilik faoliyati (ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari); 2) oila ichidagi munosabatlari (ota va ona munosabati, ota-onalarning buva va buviga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o’zaro munosabatlari); 3) ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati (ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o’quvchilarga dars tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati); 4)oilada o’quvchining faoliyati (o’quvchining kundalik tartibi, xo’jalik ishlaridagi muayyan majburiyati) va boshqalar.M.Komloshi yiqqan materiallarini tahlil qilib, oila muhiti (vaziyati, sharoiti, holatini uch toifaga: ijobiy, o’zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratadi. Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim. Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan farzandlarini ulg‘aytirish uchun sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qayg‘urmasa, keyinchalik afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. 393 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, uning xulqi, tarbiyasiga va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim. REFERENECES 1. Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent: 2. «Innovatsiya-Ziyo", 2020, 418 bet. 3. Daribaev A., Sagindikova N. HISTORY OF PSYCHOLOGY //Modern Science and Research.2024. Т. 3. №. 1. С. 1162-116
Доказательный фрагмент
«This article discusses the decreasing attention of parents to raising their children, which is becoming a global problem in our society today.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the decreasing attention of parents to raising their children, which is becoming a global problem in our society today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, child, upbringing, society, jamiyat., farzand, tarbiya, Oila
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026