К содержанию
РецензированоRU2026

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ НАУКИ В РАЗВИТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКИХ НАВЫКОВ И ИННОВАЦИОННЫХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ

O’RNI VA AHAMIYATI

Универсал международный научный журнал · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.O’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan Kalit so’zlar: Texnologiya, professional ta’lim, infratuzilma, tadbirkorlik, intellektual mulk, innovatsiya, imidj, gnoseologik, psixologik, didaktik, sotsiologik, kibernetik qonuniyatlar «Texnologiya» fani boshqa o’quv fanlaridan o’quvchilarning muayyan ishlab chiqarish sohalari bo’yicha bilimi, ko’nikma va malakalarini shakllantiruvchi yagona o’quv fani sifatida o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. «Texnologiya» fani mashg’ulotlari maxsus sinf xonalarida, o’quv-tajriba maydonida, o’quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayonida, ishlab chiqarish korxonalarida, hunarmandchilik ustaxonalarida olib boriladi Bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. O’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni turli sohalarini tubdan o’zgartirdi. SHu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetentsiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imidjiga zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o’rta bo’g’in rahbar va xodimlarning past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag’batning yo’qligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro’sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o’z yechimini kutmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, AQSH, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida texnologik ta’lim tizimi ishlab chiqarishning asosiy bo’g’ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi. Texnologik ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, 219 www.namspi.uz universaljurnal.uz ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo’lishi lozim: Pedagogik faoliyatida: umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan, o’rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim muassalarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan tartibda dars berish; umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim muassalaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash; ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; professional ta’lim muassasalarida o’quv ustasi bo’lib ishlash; kasbiy ta’lim o’qituvchisi mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash; pedagogika va texnika fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash; umumiy o’rta ta’lim muassasalarida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ishlash; mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda: pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish; atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish; jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish; fikrlar har xil bo’lgan sharoitda to’g’ri qaror qabul qilish; bajarayotgan faoliyati bo’yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak ta’lim mazmunini belgilash tamoyillari va mezonlariga rioya etish, o’quv materiallarini tanlash va tizimlashtirishga doir zamonaviy yondashuvlarni hisobga olish, o’quv materiallarini modellashtirish; yaxlit pedagogik jarayonning umumiy qonun, qonuniyat va tamoyillariga amal qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida gnoseologik, tashkiliy, psixologik, didaktik, sotsiologik va kibernetik qonuniyatlarning uyg’unligiga erishish; ta’lim-tarbiya jarayoni tarkibiy qismlari (maqsad, natija, mazmun, shakl, metod va vosita)ning o’zaro aloqadorligi va um

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni sh…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
дидактические, innovation, didaktik, инновации, entrepreneurship, didactic, sotsiologik, кибернетические законы, sociological, intellectual property, professional education, Texnologiya, предпринимательство, kibernetik qonuniyatlar, gnoseologik, infrastructure, professional ta’lim, image, cybernetic laws, Technology, психологические, epistemological, infratuzilma, профессиональное образование, tadbirkorlik, imidj, Технологии, инфраструктура, имидж, социологические, innovatsiya, intellektual mulk, интеллектуальная собственность, гносеологические, psixologik, psychological
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники