Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ ПОДГОТОВКИ ПЕДАГОТОВ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
TEXNOLOGIYA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINI · Katta o‘qituvchisi PhD SH.B.Tursunova. (Namangan davlat pedagogika instituti) · Xakimova Xushroy Baxodir qizi (Namangan davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini egallaydi, ularni pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog’lash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zlashtirib borishi va texnologik loyihalash hamda amalga oshirishga asoslangan holda texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish modeli ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: Mutaxassis,ta’lim tamoyili,integratsiya,kasbiy ko‘nikma, malaka,ijodkorlik,qadriyat,motivatsiya,raqobatbordosh Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida ta’lim tarbiya berish, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishdir. Tarbiyalanuvchilarning ongi, xulq- atvori va dunyoqarashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli jarayonda muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim natijasini kafolatlaydigan pedagogik jarayon tashkil etish o‘qituvchilaridan kasbiy kompetentlik, tashabbuskorlik, shaxsiy pedagogik sifatlar, talabalar bilim olish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari va tajribasi, tizimli taxlil va qaror qabul qilish malakasi, lavozim vazifalarni, eng avvalo, davlat siyosati talablaridan kelib chiqqan holda bajarishning maqbul va samarali yo‘llarini amalga oshirish malakalarini muntazam rivojlantirib borishlarini talab etadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to‘la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatbardosh, yangi sharoitlarga tez moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi yetuk mutaxassisni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Texnologiya ta’limi yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni, shuningdek, mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilayotgan talablar bu borada quyidagi muammolarning mavjudligini ko‘rsatadi: - texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda talabalar tomonidan ta’limning tamoyillari, mazmuni, metodi va zamonaviy vositalarini mustaqil tanlashlari uchun zarur shart-sharoit yaratilmaganligi hamda bilim va ko‘nikmalarning shakllantirilmaganligi; - kasbiy faoliyatning turli yo‘nalishlarida talabalarning faol ta’lim shakllariga bo‘lgan ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning to‘la qondirilmayotganligi, shuningdek, texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining mazkur yo‘nalishdagi o‘quv-tarbiyaviy 228 www.namspi.uz universaljurnal.uz ishlarni tashkillashtirish uchun yetarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega emasliklari; - oliy ta’lim tizimida pedagogik kadrlarni tayyorlash o‘quv rejalari fanlarni bloklararo, blokning ichida va predmet doirasida integratsiyalashning kasbiy pedagogik ta’lim asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida kasbiy ko‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlari yetarlicha amalga oshirilmaganligi. Oliy pedagogik ta’lim muassasi talabalariningshaxsiy rivojlanishi – ularningijtimoiy-shaxsiy qiziqishlarining kasbiy yo‘nalish kasb etishi, mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg’unlashuvi hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni – bu insonda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o‘z- o‘zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Talaba ushbu jarayonda bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini egallaydi, ularni pedagogik- psixologik faoliyat bilan bog’lash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zlashtirib boradi. Bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash mazmunini yangilash maktabda texnologik ta’lim sifat darajasini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog kadrlarning bilim va kasbiy malakalari darajasini yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadlarga qaratilgan tadqiqotlarimiz natijasida buyum va maxsulot turlarini,ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish,texnologik loyihalash hamda amalga oshirishga asoslangan holda texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish modeli ishlab chiqildi. Inson texnikani qay tariqa yaratgan bo‘lsa, xuddi shu tariqa yangi texnika inson tafakkuriga ijobiy ta’sir etib, uni zamonaviy inson sifatida tarbiyalaydi va shakllantiradi. Ayni shu o‘rinda inson tomonidan mehnat qurolini ishlab chiqish tabiati hamda
Доказательный фрагмент
«Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llari…»
Образец извлечения
Демо-превьюBo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- professional skills, kasbiy ko‘nikma, профессиональные навыки, motivatsiya, competence, motivation, Mutaxassis, competitiveness, конкурентоспособность, value, educational principle, креативность, ценность, образовательный принцип, integratsiya, ijodkorlik, Specialist, компетентность, ta’lim tamoyili, интеграция, malaka, integration, raqobatbordosh, qadriyat, Специалист, creativity, мотивация
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025