К содержанию
РецензированоUZ2026

O`QUVCHILARNI TEHNOLOGIYA FANIGA QIZIQTIRISH ORQALI INNOVATSION VA TADBIRKORLIK QOBILYATLARNI SHAKLLANTIRISH.

Shahzoda Tursunova · Binonaoy Dedaxanova

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu borada bo‘lajak pedagog kadrlar kasbiy ijodkorligini tashkil etish ko‘p qirraliligi hamda murakkab kompleks tuzilmaga egaligi bilan o‘ziga xos o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: Ijodkorlik, tarbiya,ta’lim, tadbirkorlik, infratuzilma, innovatsion, tadqiqotchi, ta’lim resurslari, metod, ko‘nikma. Pedagogika ta’lim tarbiya jarayoni yaxlitlikda o‘rganadigan fan .pedagoglar insonni hayotga tayyorlash bilan aqlan rivojlantiradi jismonan tayyorlaydi mustaqil shaxs bo‘lishiga ko‘maklashadi. Xayotda o‘z o‘rnini topishida tayanch vazifasini bajaradi. Shu jumladan Tehnologiya fani o‘qtuvchilarining ro‘li katta ahamiyat kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish yuzasidan pedagogik faoliyatga tayyorlash yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish quyidagi omillarga bevosita bog‘liq. Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash, o‘quv va ilmiy jarayonlarni o‘quv va laboratoriya uskunalari, shuningdek laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’ektlar) bilan muntazam ravishda zarur miqdorlarda ta’minlab borishning samarali mexanizmlarini yaratish; kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar infratuzilma ob’ektlariga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; innovatsion kutubxonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan muntazam boyitish; oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish; talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi zarur vazifalarni bajarish talab etiladi. 293 www.namspi.uz universaljurnal.uz Bizning jamiyatimizda “BOLA BOSHIDAN MA’LUM” degan maqol bor. Bu bejiz aytilmagan.Chunki bolaga ona qornidaligidanoq tarbiya bеrish boshlanadi, аqlini tanimasdanoq tarbiya berila boshlanadi. Asta sekinlik bilan mehnatga o'rgatib boriladi. Ta’lim tarbiya berilib ma’naviyati shakllantiriladi. Bolalar 1-sinfdanoq tehnologiya darslarini o‘rgana boshlashadi. Bunda bolalarni ham aqlan ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi. Bunda o‘qtuvchining metodikasi ham katta ahamiyat kasb etadi.Metod so‘zi–yunoncha tadqiqot, maqsadga eltuvchi yo‘li, usuli degani. Metod eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish yo‘li, ma’lum tarzda tartibga solingan usul hisoblanadi. Biz ta’lim metodini olib qaraydigan bo‘lsak bilim ko‘nikmalarni, o‘rgatilgan materialni egallashga qaratilgan didaktik vazifalarni hal etish o‘qtuvchining ishi va o`quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi. O‘QITISH METODLARI 1) Og’izaki metod 2) Ko‘rgazmali metod 3) Amaliy metod 4) Didaktik metod 5) Labaratoriya metodilari mavjud, Shu metodlarni o‘zida jamlagan pedagog dars jarayonini sifatli va qiziqarli holatda olib boradi, Tehnologiyada darslarida oddiy rangli qog’ozga naqsh tushirib turli shakllar yasashdan boshlab ko‘ylak andozalarini bichish tikishgacha o‘rgatiladi. Qolaversa pishir kuydirishdan tortib, turli buyumlar tayyorlashni o‘rgatadi. Kundalik turmushimizda tehnologiyada o‘rgangan bilimlarimiz bizga juda katta yordam beradi. Inson zoti hayotga kelar ekan, umri davomida mehnat faoliyatini olib boradi. Bunda insonda hayotiy ko‘nikma paydo bo‘la boshlaydi. Har bir faoliyati ortidan insonda ko‘nikma paydo bo‘ladi va tajribaga aylanadi, kelgusi umri davomida ulardan foydalanadi. Tehnologiya. bugungi kunda bizga juda katta eshiklarni ochib beradi. Biz buning natijasida ulkan marralarni zabt etishimiz mumkin buni yanada chuquroq tushunadigan bo‘lsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti ilgarilab borgan sari chuqur bilimlar, innovatsiyalar va ularni amaliyotda qo‘llash usullarining ahamiyati ortib bormoqda, ya’ni bilim iqtisodiy taraqqiyotda asosiy o‘rinlarni egallamoqda, ta’limning turmushdagi, uning turli sohalaridagi tutgan o‘rnini tubdan o‘zgartirmoqda. Yangi bilimlarni, axborotlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash, ularni yangilash va rivojlantirishga qaratilgan intilishlar zamonaviy mutaxassislarning asosiy tavsif ko‘rsatkichlari bo‘lib qoldi. Bugungi axborotlar jamiyatidagi iqtisodiy taraqqiyotning yangi tipi mutaxassislardan kasbiy bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib, malakalarini oshirib borishni talab etadi. Funktsional tayyorgarlik konseptsiyasidan shaxsni rivojlantirish konseptsiyasiga o‘tishning mohiyati nafaqat buyurtma bo‘yicha mutaxass

Доказательный фрагмент

«Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil e…»

Образец извлечения

Демо-превью

Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, tadqiqotchi, ko‘nikma, ta’lim, innovatsion, tadbirkorlik, infratuzilma, metod, ta’lim resurslari, Ijodkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники