К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM MENEJMENT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR

Tillabayeva Guljahon Ilhomjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

в данной статье представлен и научно проанализирован опыт зарубежных стран по использованию технологии тайм-менеджмента в развитии самостоятельной учебной компетентности студентов. Ключевые слова: самостоятельное образование, тайм-менеджмент, время, матрица Эйзенхаузера и Кайдзен. Annotation: in this article, the experiences of foreign countries on the use of time management technology in the development of students' independent learning competence are presented and scientifically analyzed. Key words: independent education, time management, time, Eisenhauser matrix and Kaizen. Mamlakatimiz ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni raqobatbardosh kadr va kuchli mutaxassis qilib yetishtirish muhim masaladir. Buning uchun uzluksiz ta’lim tizimida talabalarni mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish zarur. Chunki talabalar mustaqil ta’lim olish jarayonida mustaqilligi, kreativ fikrlashi va dunyoqarashi kengayadi. O‘rgangan yangi bilimlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi. Bu esa hayotdagi har bir o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholashga va maqbul qarorlarni qabul qilishiga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olishi zamonaviy o‘quv amaliyotining muhim elementi bo‘lib, talabalarda mustaqillikni, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. Mustaqil ta’lim olishni rivojlantiruvchi turli xil metod va texnologiyalar mavjud bo‘lib ular orasida taym menejment texnologiyasi bugungi kunda eng dolzarb texnologiyalardan biridir. Chunki talabalar tizimli va tartibli harakat qilishni o‘rgansalar yanada samaradorliklari yuqori bo‘ladi. Shu bois talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish talab etiladi. Mustaqil ta’lim–talabalarning o‘z oldilariga kreativ yondashuv asosida turli ta’lim metodlari asosida u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yishi, o‘z faoliyatini rejalashtirishi va uni amalga oshirishi hamda o‘zini baholay olish qobiliyatlari bilan aniqlanishidir. 308 www.namspi.uz universaljurnal.uz Taym menejment-bu minimal vaqt, energiya va boshqa resurs xarajatlari bilan maqsadga erishish va maksimal natijaga erishish uchun eng samarali texnika va usullardan foydalangan holda o‘z faoliyatini, jamoa yoki tashkilot faoliyatini o‘z vaqtida oqilona tashkil etishga imkon beradigan texnologiya. [4,10] Talablarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish xorijiy davlatlarda turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. Joriy vaqtni tahlil qilish va nazorat qilish uchun butun dunyo bo‘yicha mashhur texnikalardan biri bu- Eyzenxauzer matritsasidir. D.Eyzenxauzer shunday ta’kidlaydi: “Shoshilinch ishlar, eng muhimi emas va muhim narsalar eng shoshilinch emas”. Shuning uchun u shaxsiy vaqtni optimallashtirish usuli sifatida "Eisenhower to Do matrix" ni ishlab chiqdi. Eyzenxauzer matritsasi deb ataladigan texnika har qanday yaqinlashib kelayotgan yoki davom etayotgan ishlarni “shoshilinch” va “muhimlik” mezonlari bo‘yicha tasniflashdir. [1,15] Shunday qilib, to‘rtta ish guruhi ajratiladi: 1. Muhim va dolzarb masalalar; 2. Muhim va shoshilinch bo‘lmagan masalalar; 3. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch masalalar; 4. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch bo‘lmagan masalalar. Kvadrat 1. Shoshilinch va muhim – “yong‘in” toifasiga kiradigan ishlar. Biz hamma narsani tashlab, olovni o‘chirishimiz kerak. Ularni amalga oshirish kechiktirishni talab qilmaydi. Ideal rejalashtirishda matritsaning bu kvadrati bo‘sh qolishi kerak, chunki muhim va shoshilinch masalalarning paydo bo‘lishi tartibsizlik qilish ehtimoli ko‘rsatkichidir. Jadvalning ushbu qismi ko‘p odamlarni o‘ziga xos dangasalik va yomon ustuvorlik tufayli to‘ldiradi. O‘z vaqtida boshlanmagan yoki tahlil qilinmagan ikkinchi toifadagi ishlar ushbu toifaga osongina o‘tadi. Kvadrat 2. Muhim va shoshilinch bo‘lmagan masalalar - zudlik bilan bajarilishini talab qilmaydigan muhim narsalar. Agar siz ushbu vazifalarni e’tiborsiz qoldirsangiz, vaqt o‘tishi bilan bu vazifalar 2-kvadratdan 1-kvadratga o‘tadi va siz ularni stress ostida bajarishingiz kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu ishlarning “muhim va shoshilinch” bo‘lganlar guruhi o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, agar sizda vakolatli yordamchilar bo‘lsa, majburiy monitoring va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni tuzatish uchun vaqt zaxirasini qoldirib, ba’zi faoliyatlarni topshirishingiz mumkin. Kvadrat 3. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch masalalar- yakuniy natija uchun muhim bo‘lmagan, lekin darhol hal qilishni talab qiladigan narsalar. Vaqtni tejash nuqtai nazaridan, bu ishlarni o‘zingiz qilishingiz juda foydasiz, chunki erishiladigan natija qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, asosiy faoliyat uchun alohida ahamiyatga ega emas. Bunday masalalar majburiy ravishda topshirilishi kerak va hech qanday holatda ular bilan o‘zingiz shug‘ullanmasligingiz kerak. 309 www.namspi.uz universaljurnal.uz Kvadrant 4.

Доказательный фрагмент

«в данной статье представлен и научно проанализирован опыт зарубежных стран по использованию технологии тайм-менеджмента в развитии самостоятельной учебной компетентности студентов.»

Образец извлечения

Демо-превью

в данной статье представлен и научно проанализирован опыт зарубежных стран по использованию технологии тайм-менеджмента в развитии самостоятельной учебной компетентности студентов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
independent education, time management, time, Eisenhauser, mustaqil ta’lim, vaqt, Eyzenxauzer matrisasi va Kaizen., taym menejment
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники