К содержанию
РецензированоRU2026

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH

Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI

Универсал международный научный журнал · 69-70 · 2026

Аннотация

в статье рассматриваются возможности подготовки учащихся к общественной жизни за счет использования инновационных методов на уроках начального образования. Annotation: the article discusses the possibilities of preparing students for social life through the use of innovative methods in the lessons of primary education. Ключевые слова: общественная жизнь, нравственность, национальная гордость, духовность, качество образования, компетентность, наследие ученых, жизненные ценности, жизненные навыки. Keywords: social life, morality, national pride, spirituality, quality of education, competence, heritage of scholars, life values, life skills. Islohotlarimizdan ko‘zlangan maqsad va Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan biri teran fikrlovchi, o‘z mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va tarbiyalashdir. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, texnologiya fanining xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim. Har bir o‘quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mehnatni har tomonlama uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan iboratdir. О’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o'quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari yetakchi rol o‘ynaydi. Mehnatga axloqiy tayyorlash - o‘zaro do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini 432 www.namspi.uz universaljurnal.uz shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlaming shakllanishiga poydevor qo‘yiladi. Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Ta'lim bilan birgalikda tarbiyani har bir xil rivojlantirish faqatgina ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi metod va usullarni yaratibgina qolmay, tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondashuv, yangivha metod va usullar yaratilishi har tomonlama barkamol shaxs tarbiyalashiga zamin yaratadi. Ta'lim tizimiga qaratilgan islohotlarning ham tub zamirida shu maqsadlar mujassamlashtirilgan. Ayniqsa, texnologiya fanlari bu tarbiyaning ilk bo'g'ini hisoblanadi, ularning uzviyligi-mehnat jarayonida tarbiya, tarbiya atrofida mehnat unib chiqishi va buni o'quvchilarga dars jarayonida yetkaza olish demakdir. Tarbiya boshlang'ich sinflardagina bo'lib qolmay, maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib yuqori sinflargacha tatbiq etiladi va takomillashtirilib boriladi. Toki, mehnat bor joyda tarbiyaga zamin yaratiladi va uning o'chog'i shu joydan boshlanadi, mehnatni tushuna olgan, uni amaliy shakllantirgan har qanday shaxs axloqiy, ruhiy, estetik tarbiyani ham o'zlashtira oladi. Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi. Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quvchilami ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasidagi yangiliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. Mehnatga ruhiy tayyorlash - o'quvchilaming yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlami tarkib toptirish, o‘quvchilaming mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O'qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga o‘quvchilaming mehnatga qobiliyatini shakllantirish, jamiyat rivojlanishi uchun ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini tushuntirish juda muhimdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni

Доказательный фрагмент

«в статье рассматриваются возможности подготовки учащихся к общественной жизни за счет использования инновационных методов на уроках начального образования.»

Образец извлечения

Демо-превью

в статье рассматриваются возможности подготовки учащихся к общественной жизни за счет использования инновационных методов на уроках начального образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social life, morality, national pride, spirituality, quality of, olimlar merosi, hayotiy qadriyatlar, ma'naviyat, hayotiy ko'nikmalar, milliy g'urur, axloq, ta'lim sifati, kompetentsiya, ijtimoiy hayot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники