К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA · TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI · Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI

Универсал международный научный журнал · 85-89 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berishi, hamda matnni tahlil qila olish va muomala qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: tayanch va lingvistik kompetensiya,tanishuv texnologiyasi, matn tahlili, muomala qilish ko‘nikmalari, o‘quvchi qobiliyati, do‘stona munosabat va erkin fikrlash. Jahonning bir qancha ilg‘or mamlakatlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida tayanch va lingvistik kompetensiyaning inson muloqot amaliyoti va faoliyatidagi ahamiyati, tilni o‘rganishda testlardan foydalanishga kommunikativ yondashuvlar va uni innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo miqyosida ta’lim sifatini oshirish, modulli ta’limni tashkil qilish,zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy qilish orqali ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasining tizimi ishlab chiqilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha “Ma’rifiy, ilmiy va madaniy mazmundagi materiallarni olib kirish” to‘g‘risidagi bitimida dunyo miqyosida o‘quvchilarni o‘qitish sifatiga nisbatan teng sharoitlar yaratish, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogic texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda . Respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlashi, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo‘lishi, dahldorlik va ijtimoiy faollikni yanada rivojlantirish borasida ta’limning sifat samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Bu esa shaxsning intellektual qirralarini shakllantirishda, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi. Ferdinand de Sossyur tilshunoslik fanining asosiy vazifasi til lingvistikasini o‘rganishdir deb ta’kidlaydi. U lingvistikani ichki va tashqi lingvistikaga ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi, tilshunoslik fanining asosiy vazifasi ichki lingvistikani o‘rganishi kerak deb hisobladi. Bu fan qadimdan yozuvni yaratish, o‘qitish, boshqa tillarni tushunish kabi amaliy ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qilgan. Hozirda esa uning amaliy ahamiyati yanada ortib, ona tilini o‘qitish, chet tillarni o‘rgatish, tarjima qilish, o‘qitishni dasturlash kabi masalalar ham bu fanning vazifalariga aylandi. 437 www.namspi.uz universaljurnal.uz O‘quvchi topshiriqlarni ishlash sirlarini o‘rganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllanadi. Shuning uchun ona tili darslarida 6-sinflarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarning chuqur bilim olishlariga imkoniyat yaratibgina qolmay, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga imkon beradi. O‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan davlat ta’lim standarti ta’lim jarayoniga qo‘llanilmoqda. Kompetensiyaviy ta’lim o‘quvchilarning ma’lum bilimlar yig‘indisini egallashnigina emas, balki shaxsni rivojlantirish, anglash va yaratish qobiliyatlarini o‘stirishni mo‘ljallaydi.Til ta’limini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda shu fanning o‘ziga xosligi mazmunidan kelib chiqqan holda tayanch va har bir fanga doir kompetensiyalarni egallashi belgilangan. Bu tayanch kompetensiyalar quyidagilardan iborat: Kommunikativ kompetensiya - o‘quvchining ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda muloqotga kirisha olishi, muomala madaniyatiga amal qilishi, moslashuvchan va hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - darslik, o‘quv qo‘llanma va mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, media madaniyatga ega bo‘lish; O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, hayotiy tajribasini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, mustaqil qaror qabul qila olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya - sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish; Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish; Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy maqsadi - kirishuvchan, yuzaga kelgan muammoning uch-to‘rt xil yechimini topa ola

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muomala qilish ko‘nikmalari, do‘stona munosabat va erkin fikrlash, matn tahlili, tayanch va lingvistik kompetensiya, tanishuv texnologiyasi, o‘quvchi qobiliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники