К содержанию
РецензированоUZ2026

Texnologiya fanini o’qitishda didaktik o’yinlarning ahamiyati

Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI · Ergashaliyeva Gulsanam Adashali qizi-

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun, ta’lim tizimining moddiy-texnik ba’zasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Zamon talabiga mos yetuk kadrlarni tarbiyalash zarurati maktab ta’lim mavqeini ham o‘zgartirdi. Shunday ekan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda maktab ta’limida darslarda didaktik o’yinlardan foydalanishning o‘rni kattadir. Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish ta’lim jarayonida o’quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun didaktik o‘yinlar boshlang'ich o‘quvchilarning mavzuni tushunib etishlarida juda ham muhimdir. Hozirgi rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning qay bir jabhasiga qaramang ulkan o‘zgarishlar, inshootlar ,yangiliklar yaratilmoqdaki, bu o‘z o‘rnida har bir fuqarodan katta ma’suliyat talab qiladi. Ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlar ham, o‘qituvchi , o‘quvchi faoliyatiga alohida e’tibor berishga , zamon bilan hamnafas ishlashga jalb qilmoqda.Ta’lim tarbiya berishda o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi , mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo‘llay olishi ham juda muhimdir. Didaktika – grekcha “didaktikas” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘qitish” ma’nosini anglatadi. Didaktik o‘yin – bu mos keladigan ta’lim berish usulidir. Texnologiya ta’limida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari , shaxsiy tabiatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali loyixalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirishva jadallashtirishga asoslangan.Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari : intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ko‘nikmalarni texnologiya fanini o‘qitishda singdirish, rivojlantirib boorish juda ham zarur. Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga , o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga kirishishga , ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, 478 www.namspi.uz universaljurnal.uz unda atrof-muhit , hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchi-larda ta’lim olish motivlarini , ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan , biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan , didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy , jismoniy, rolli , ishchanlik, va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi.Ular o‘quvchilardagi tahlil qilish, mantiqiy fikrlash , tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish , guruh yoki jamoa tarkibida ishlash , yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Didaktik o‘yinlar nafaqat o‘qitishning amaliy yo‘nalishi kuchayishiga, balki o‘quvchilarning dars jarayonida o‘zlashtirayotgan nazariy bilimlarini mustahkamlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, didaktik o‘yinlarni tashkil etishdan oldin bu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda asosiy e’tibor mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardanmavzuga moslarini tanlash, mashg‘ulotning qaysi bosqichida ularni amalga oshirilishini belgilash, o‘yinning shartini o‘quvchilarga aniq tushuntirish kabilarga qaratiladi. Garchi, interfaol o‘yinlar yangi bilimlarni chuqur bermasada, darsning qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Didaktik o‘yinlar o‘zining tashkil etilish shakillariga ko‘ra individual (yakka) ,guruhli(kichik va katta guruhlar) va yalpi (butun sinf o‘quvchilari ishtirokida) tarzida bo‘ladi.Pedagog xodimlarni ta’lim jarayonidagi nazariy bilimlarni yanada rivojlantirish , ularda mustaqil fikrlash , muammoga ijodiy yondashish layoqatlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish ijobiy samara beradi Masalan Evrika (o‘ylab top) o‘yini . O‘yinning bu turi o‘quvchilarni fikr yuritishga, to‘g‘ri javobni topishga va xulosaga kelishga undaydi. Mozaika(o‘rnini top joylashtirish) o‘yini . Bu o‘yinni texnologiya fanida har bir mavzuga moslashtirib tashkillash mumkin. 5-sinflarning “Fartuk tikish” mavzusida ko‘radigon bo ‘lsak, fartuk ko‘rinishi chiziladi hamda fartuk nechta detaldan tashkil topgan bo‘lsa, shuncha bo ‘lakka bo ‘linadi, bo‘laklarning orqa qismiga fartuk mavzusiga doir savollar yoziladi. O‘quvchilar savollarga javobni topib bo‘laklar birlashtiriladi. Breyn-ring.Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 taga

Доказательный фрагмент

«Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didaktik yinlar, didaktik yinlardan, lim tarbiya, texnologiya fanini, lim tizimining, fanini qitishda, yinlardan foydalanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники