К содержанию
РецензированоRU2026

Bo’lajak o’qituvchilarda ijodiy kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga oid innovatsion yondashuv

Qayumova Dilafro‘z Dilmurod qizi (Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается и проанализированы особенности использования вопросов неогена в развитии творческих коммуникативных навыков у будущих учителей. Ключевые слова: инновaционный подход, неоген, фактический, концептуальный. Annotation. This article discusses and analyzes the features of the use of Neogene questions in the development of creative communication skills in future teachers. Keywords: innovative approach, neogene, factual, conceptual. Ta’limdagi yangilanish ta’lim jarayoni orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘zini-o‘zi rivojlantira oladigan erkin faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo‘layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o‘rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Bu borada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy kommunikativlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy kommunikatsiyaning motivli tizimi motivatsion tarkibiy qism va kommunikatsiyalar va o‘zaro munosabat paritetligini o‘rnatishga qaratilgan maqsadli orientirlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ichki motivatorlar ushbu jarayonnini amaliyotga tatbiq etish chog‘ida rol o‘ynaydi, biroq bo‘lajak o‘qituvchilarning individual xususiyatlariga asoslanadi: ijodiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, kommunikatsiyalarni o‘rnatish va yaxshi saqlashga intilish (kommunikativ imkoniyatlar), pedagogik ijodkorlik qobiliyati (pedagogik vaziyatlarda kreativ yechim topish) va boshqalar. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy kommunikativlikni rivojlantirishda pedagogik ta’sir etish muhim omili sanalib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik ta’sir etish metodlari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: -o‘qituvchining shaxsiy namuna ko‘rsatishi; -tushuntirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning qadriyatlariga va ularning shaxsiy qiziqishlari doirasiga murojaat qilish; - ishbilarmonlik o‘yini va boshqalar. 486 www.namspi.uz universaljurnal.uz Vositalar sifatida biz yaqqol ko‘ringan materiallar, pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar, istiqbollar xarakteristikasini, musobaqa va boshqalar. Muhim shakllar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: muloqot, faoliyat, ijodiy hamkorlik va boshqalar. Tashqi motivatsiya jarayonning bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1) bo‘lajak kasbiy faoliyatda ijod qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish; 2) kommunikatsiyalar zaruratini qo‘llab-quvvatlash; o‘zaro munosabatda ijodkorlikni namoyish etishni rag‘batlantirish. Ushbu bosqichlar tashqi (o‘qituvchi shaxsi, o‘quv axboroti mazmuni, jamoa, oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayoni sharoitlari va boshqalar) hamda ichki (talabalarning individual sifatlari, kommunikatsiyalarni o‘rnatish va rivojlantirishga intilish, pedagogik ijodkorlik qobiliyati, o‘qituvchi kasbiga mehr va boshqalar) motivatorlar ta’siri asosida ichki motivatsiya stadiyasiga o‘tadi: 1) bo‘lajak pedagoglarda birlamchi motivning vujudga kelishi; 2) muammo yechimini izlashda ijodiy faollik ko‘rsatish; 3) bo‘lajak kasbda konkret maqsadni tanlash. Aynan ana shu bosqichma- bosqich harakat talabalarda ijodiy kommunikativlikni rivojlantirishdan ushbu jarayonni mustaqil olib borish, ya’ni ushbu sifatni o‘zida erkin rivojlantirishga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga bo‘lg‘usi pedagoglar tomonidan motivatsiyani shakllantirishda bo‘lajak pedagoglarga beriladigan savollarning mazmuniga ham e’tibor qaratish maqsadga muofiq. Mazkur jarayonga innovatsion yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida savol va topshiriqlar mohiyatiga ko‘ra a) faktologik; b) konseptual kabi ikki turga ajratiladi. Faktologik savollar asosan o‘qituvchi bo‘lajak o‘qituvchilarga so‘zlab bergan faktlarni qayta so‘zlab berishni ko‘zlaydi. Bunday savollar ustuvor bo‘lgan o‘quv-biluv jarayonida talaba fikrlamaydi, matn ustida izlanmaydi. Chunki ularning javoblari majmua yoki darslikning o‘zida berilgan, faqat birrov o‘qib topib olinsa bas. Ko‘pincha amaliyotda talabalar darslikdagi savollarga javob topish uyga topshiriq qilib berilganda, darslik sahifalarining chetiga javoblari bayon etilgan o‘rinlarga shu savol raqamlarini qo‘yib chiqishadi. Eng achinarlisi, ba’zan topshiriqni shu tarzda bajarishni pedagoglarning o‘zlari ko‘rsatib beradilar. Bir qarashda bu hamma uchun qulay. Ammo bu holat bo‘lajak pedagog uchun qimmatga tushadi. Oqibatda badiiy so‘zni his qilishdan mahrum, badiiy asar tahlili bo‘yicha ko‘nikma va malakasi shakllanmagan, mutolaadan zavq tuymaydigan bitiruvchilarga ega bo‘linmoqda. Konseptual savol va topshiriqlar esa bo‘lajak pedagogni o‘ylashga, mustaqil fikrlashga, izlanishga chorlaydi, asar badiiyati, uning mazmuniga mustaqil nazar tashlash, o‘ziga xosliklarini, farqli jihatlarini topishga yo‘llashi jihatidan g‘oyat muhim metodik apparat san

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается и проанализированы особенности использования вопросов неогена в развитии творческих коммуникативных навыков у будущих учителей.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается и проанализированы особенности использования вопросов неогена в развитии творческих коммуникативных навыков у будущих учителей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative approach, neogene, factual, conceptual, innovatsion yondoshuv, konseptual, faktologik, neogen
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники