К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

OSHIRISH OMILI SIFATIDA · Asranbayeva Munojatxon Halimjanovna

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyat haqida fikr yuritilgan. Maqola talabalar, pedagoglar, psixologlar va mustaqil ta’lim muammosi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: adekvatlik, mustaqil ta’lim, kompleks, ustanovka, taraqqiyot Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida jamiyatning rivojlanishi, iqtisodiy barqarorlik darajasi, yangi texnika, usullar va zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirish ta’lim sohasining rivojlanganlik darajasi va bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z professional ko‘nikmalarini amaliyot orqali rivojlantirishga ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga ta’lim muassasalarida mustaqil ta’lim talabalarning ijodiy qobiliyatlari, kreativligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Talabaning mustaqil ishi – muayyan fan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyatdir [1]. Mustaqil ishni bajarish professor-o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa universitetda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o’rganib borishi kerak. “Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin [2]: ·fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; ·seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish; ·belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash; · O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarini mustaqil o’rganish; 505 www.namspi.uz universaljurnal.uz ·O’zbekiston Resublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish; ·mavzuga doir test topshiriqlari ishlab chiqish; ·sohaga oid muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish; ·munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish; ·fan to’garaklarida ishtirok etish; ·ko’rgazmali vositalar tayyorlash; ·ilmiy tezislar, maqola, va ma’ruza matnlarini tayyorlash; ·“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash; ·axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish; ·belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash; ·talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o’qish jarayonlarida ishtirok etish; ·ilmiy-nazariy anjumanlar va ilmiy seminarlarda ishtirok etish; ·kafedralarning ilmiy, o’quv-uslubiy faoliyatida ishtirok etish va boshqalar. Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim [3]. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompleks, adekvatlik, ustanovka, mustaqil ta’lim, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники