К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINI MAXSUS KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARI

MAXSUS KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING · INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARI · Katta o‘qituvchisi PhD Sh.B.Tursunova. (Namangan davlat pedagogika instituti) · G’aniyeva Iroda Erkinovna (Namangan davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy g‘oyalaridan kelib chiqib maxsus kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda, oliy ta’lim tizimidagi interfaoli o‘qitish jarayoni va interfaol ta’lim vositalaridan salmoqli foydalanish imkoniyatlari Kalit so’zlar: Integrativ, kompetensiya, maxsus kompetensiya, kvazi- professional, strategik faoliyat, metodologik, muammoli ta’lim Pedagogik nazariyaga ko‘ra, talabalarni ta’lim jarayonida va darsdan tashqari faoliyati yuqori malakali mutaxassis tayyorlash bo‘yicha didaktik jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Talabalarning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning mahsus kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni talabaning tashabbuskorligini kuchaytirish nuqtai nazaridan emas, balki ustozning intellektual, ma’naviy-irodali salohiyatning maxsus metodlari va vositalaridan foydalanish orqali talaba maqsadlari tomon safarbar etish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak. Shunday muhitni yaratish lozimki, unda talaba nafaqat pedagogik ta’sir ob’ekti, balki o‘zaro bog’liq amaliy faoliyat sub’ekti sifatida ham faoliyat ko‘rsata olsin. Ta’lim jarayonida va o‘qishdan tashqari faoliyatni tashkil etishning ushbu yondashuvi uni amalga oshirishni ta’minlaydigan muayyan vositalarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim vositalari, shakllari va usullari shular jumlasidandir. Talabalarning kasbiy malakasini rivojlantirish jarayonida darsdan tashqari faoliyatini faollashtiradigan usullarga kvazi-professional muhitni yaratuvchi o‘yinlar kiradi. Ular tezkor va strategik maqsadlar va ularning muvaffaqiyatli yutuqlari uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z- o‘zini nazorat qilish, professional kompetentsiyasini oshirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida bilim va amaliy-kasbiy bilimlarni rivojlantiradi. Ushbu sohada bilimlarni loyihalash deganda odatda pedagogik faoliyatining tayyorgarlik bosqichi tushuniladi. Uning asosi kashfiyot tashkil etadigan dolzarb muammoni hal qilishga mo‘ljallangan. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonining sifatini oshirishda fanlararo aloqadorlikka erishishning yangi shakllarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu o‘rinda fundamental, xususan, pedagogik va texnik bilimlarni o‘zlashtirishda fanlararo uyg’unlikni ta’minlash masalasini tahlil etish uchun ularning metodologik asoslari borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Pedagogik fanlarning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy fanlar 531 www.namspi.uz universaljurnal.uz hamda umummuhandislik fanlari bilan o‘zaro aloqasi ko‘p qirrali muammodir. Shu bois mazkur muammoga nazariy, metodologik va amaliy jihatdan yondashish taqozo etiladi. Turli yo‘nalishlarga taalluqli bilimlar asoslarini integratsiyalash ularning fan, ta’lim, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning ijtimoiy jihatdan asoslanishiga zamin yaratadi[36]. Shuni ta’kidlash lozimki, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda (ma’ruza, amaliy, kurs ishi, mustaqil ta’lim) ta’lim shakllarining o‘zi yetarli emas. Bu jarayonda talabalarning malakaviy amaliyotlari, bitiruv malakaviy ishini ham inobatga olish zarur. Shu sababli, talabalarni ma’ruza, amaliy, tajriba, kurs ishi va mustaqil ta’limdan tashqari malakaviy amaliyoti va bitiruv malakaviy ishni bajarish hamda himoya qilishni tashkil etish jarayonlari kompleks o‘rganildi va pedagogik va ixtisoslik fanlar integratsiyasi mazmunini ishlab chiqishda e’tiborga olindi. Integrativ yondashuvlar asosida o‘qitishda xalqaro tajribalar asosida pedagogik mobillikni rivojlantirish bilan bog’liq texnologiyalar va o‘qitish shakllarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan nazariy mashg’ulotlarda “Buddying” metodi asosida olib bordik ushbu metodni qo‘llashda talabalar guruhda ishlagan holda rassom, dizayner, konstruktor va texnolog rollari ko‘rinishda rolli faoliyat shaklda olib boriladi. An’anaviy o‘qitish metodlari sifatida quyida keltirilgan metodlarni keltirib o‘tish mumkin. Mantiqiy o‘qitish metodlarining o‘ziga xos hususiyatlari shuki, unda o‘qitish jarayonini o‘qituvchining mehnat usullarini namoyish qilish va o‘quvchilarni unga taqlid qilishi asosida tashkil topadi. Asosiy shartlari quyidagilardan iborat. 1. Topshiriqni aniqlash, uning maqsadi va bajarishni tushuntirish. 2. O‘quvchilarda zarur bilimlarning mavjud bo‘lishi. 3. Ta’lim metod va usullarini shakllantirayotgan ko‘nikma va malakalarni xususiyatlariga moslash. 4. Instruktajning samaradorligi. 5. Mashqlarning etarli miqdorda va o‘quvchi malakasiga mos bo‘lishi. 6. O‘quvchilar faoliyatini o‘z vaqtida va ob’ektiv baholash, o‘quvchilarni baholash natijalaridan xabardorligi. 7. O‘quvchilarning dars jarayonidagi

Доказательный фрагмент

«Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy g‘oyalaridan kelib chiqib maxsus kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion ta’li…»

Образец извлечения

Демо-превью

Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy g‘oyalaridan kelib chiqib maxsus kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion ta’li… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodologik, strategik faoliyat, kompetensiya, kvazi-professional, muammoli ta’lim, Integrativ, maxsus kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники