К содержанию
РецензированоUZ2026

TEXNOLOGIYA DARSLARI ORQALI O`QUVCHILARDA TEXNIK FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH

FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH · Abdurazzaqova Gulnoza Komiljon qizi (Namangan davlat pedagogika instituti) · O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunida (Namangan davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik fikrlashini rivojlantirish masalasi yoritilgan Таянч so’zlar: Texnika, texnik fikrlash,Texnik ijodkorlikka, intellektual, kreativ, ijodiy qobiliyat, texnik fikrlash, bilim ko’nikma, malaka O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunida bolalarning qobiliyati, is`tedodini rivojlantirishga, «kadrlar tayyorlash milliy dasturi«da esa ijodiy fikrlash va atrof - muhitga ongli munosabatda bo`lishni shakillantirishga katta e`tibor berilgan. O`qitish jarayonida, maktablardagi to`garak mashg`ulotlarida, maktabdan tashqari muassasalarda o`quvchilar ijodiy faoliyatini o`stirish muammosi katta ijodiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari bo`yicha o`quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish - umumta`lim predmetlari, mehnat ta`lim o`qituvchilari va to`garak rahbarlarining eng muhim vazifasidir. Chunki qiziqishlar bo`yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa shakllari bilan uzviy bog`lik holda shaxsni uyg`un shakllantiradi va maktabni bitiruvchilarni sanoat hamda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga tayyorlaydi. O`quvchilar va texnika to`garagi rahbarlarining ilg`or tajribasini o`rganish, umumlashtirish va tadbiq qilish doimo pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri bo`lgan va shunday bo`lib qoladi. O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy vazivalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik ijodkorlikka jalb etish katta rol o`ynaydi. Hozirgi kunda bu ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki fan- texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi xalq xo`jaligining barcha sohalari fan va texnikaning ilg`or marralariga olib chiqishni talab qiladi. SHuning uchun ham mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yosh ishchi, texnik muxandis eng zamonaviy ma`lumotga, yuksak intellektual va jismoniy barkamollikka ega bo`lishi, ishlab chiqarishning ilmiy - texnik va iqtisodiy asoslarini chuqur bilishi, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo`lishi zarur. 535 www.namspi.uz universaljurnal.uz Psixologlarning fikricha, ijodkorlik odamning yoshiga qaramay, faoliyatining barcha soxalarida namoyon bo`lishini, xech qanday mustasnosiz barcha kishilar, garchi turli darajada bo`lsa-da, ijtimoiy imkoniyatga ega ekanini, ijodiy qobiliyatini o`stirish mumkinligini ta`kidlanadi. SHuni aytish kerakki, bu soxada ham ko`chirish mexanizmini mavjud buladi, ya`ni bir material bilan soxadagi ijodkorlik mashqlari boshqa soxalardagi faoliyatga katta ta`sir kursatadi. Biroq bunday ko`chirish ijodiy qobiliyatlarni o`stirish tarbiyaning aloxida ishi va vazifasiga aylansagina amalga oshirish mumkin. Bu fikrlar barcha o`quvchilarning ijodkorlik faoliyatiga barvaqt jalb qilish zarur deyishga asos bo`ladi. Pedagogik tadqiqotlarda ijodiy faoliyatiga o`rganish ancha kichik yoshdan boshlanmasa, bolaga keyingi yillar mobaynida o`rnini to`ldirish qiyin bo`lgan zarar etkazilishini, shuning uchun ijod qilishga juda kichik yoshdan o`rganish kerakligi va bunga o`rgatish mumkinligi isbotlangan hisoblanadi. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish yo`llari xam belgilab berilgan. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari hozirgi maktab o`quvchilarining faoliyati ijodiy izlanish tavsifida bo`lishi kerak, buning uchun esa o`quvchilarni ob`ektiv borliqdagi hodisalarni mustaqil holda aniqlash, tekshirish va tushuntirishga o`rgatuvchi uslublarini qo`llash zarurligini tasdiqlash imkonini beradi. Tayyor holda o`quvchilarga beriladigan bilimlar va ularning ijodiy qobiliyatlarini susaytiradi. Shuningdek, fan asoslari, mehnat ta`limi va ishlab chiqarish mehnati mashgulotlarida ilmiy, umummehnat, umumtexnik va maxsus bilimlar xamda ko`nikmalarni o`zlashtirish o`quvchilarni ta`lim va mehnat jarayonining dastlabki bosqichlaridayoq, ilmiy faoliyatga jalb qilish bilan birgalikda bo`lishi kerakligi ham aniqlandi. Shu taqdirdagina bilim va ko`nikmalarning shakillanishi va mustahkamlanishi samaraliroq bo`ladi, chunki o`quvchilar bularni egallash zarurligini tushunadilar. Olib borilgan tadqiqotlar va barcha yoshdagi o`quvchilarni texnik ijodkorlikka jalb etishdagi ilg`or tajriba shuni ko`rsatadiki, ijodiy faoliyatning samaradorligiga qator asosiy pedagogik talablarni bajarishga, birinchi navbatda o`quvchilarga tavsiya qilinadigan ijodiy vazifa va topshiriqlarni ular bajara olishga, ularning ijodiy faoliyati natijali bo`lishiga va ijodiy jarayonning uzluksizligiga bogliqdir. Natijalilik talaba ayniqsa muhimdir, chunki erishilgan natija ijobiy emotsional kayfiyatni vujudga keltirib, o`quvchilarni ijodiy aktivlikka rag`batlantiradi. Ijodiy faoli

Доказательный фрагмент

«O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining…»

Образец извлечения

Демо-превью

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Texnika, ijodiy qobiliyat, intellektual, bilim ko’nikma, Texnik ijodkorlikka, malaka, kreativ, texnik fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники