Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSINI OLIB BORILISHI.
Quchqorboyeva Ruxshona Sherzod qizi (Namangan davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Boshlang`ich sinflarda texnologiyaga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan Kalit so’zlar: Texnologiya, texnika, shaxs,ta’lim, tarbiya, ko’nikma, malaka, tajriba, modellash, Boshlang`ich sinflarda texnologiyaga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bo`lib o`z oldiga qo`yidagi maqsadlarni qo`yadi. a) Bolaning Texnologiya tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to`g`risidagi bilimlarni kengaytirish, Texnologiyasevarlik, Texnologiyaga va Texnologiya kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash; b) Texnologiya malakasi, Texnologiya madaniyati asoslarini, o`z ishi va o`rtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish. Dasturda turtta asosiy ish turlari bor. 1.Qog`oz va karton bilan ishlash. 2.Turli materiallar bilan ishlash. 3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash. 4.Texnikaga modellash. 5. Qishloq xo`jaligi Texnologiyai. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish bo`limi o`zlarining kiyim-kechaklariga va turar joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni o`z ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida o`tkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad o`qituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday qo`llayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir. Texnikaga oid texnologiyaning quyidagi turlarini: qog`oz va karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli xil materiallardan plastilin, tabiiy va neorganik materiallar somon, quritilgan barglar, patlar, chig`onoq, loy, qum, tsement,yog`och, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni o`z ichiga oladi. Bolalarga buyumlarni yasash tartibi haqida, ya’ni yig`ish, ishlov berish to`g`risida, ishlatib ko`rish xato va kamchiliklarni yo`qotish haqida ish o`rnini 538 www.namspi.uz universaljurnal.uz tashkil qilish va boshqalar to`g`risida tasavvur hosil bo`ladi. Bu elementlarning barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy o`yinchoqlar tayyorlashda qo`llaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini o`stiradi, To`plangan texnologik tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bog`lashlariga yordam beradi. Qishloq xo`jaligi texnologiyai darslarda o`quvchilar sinfdagi jonli tabiat burchagi va maktab tajriba hovlisida o`simliklarni o`stirishga, ko`paytirishga va parvarishlashga oid ishlar bilan shug`ullanadilar. Texnologiya dasturi talablari quyidagilarni o`z ichiga oladi. 1. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi. 2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin bo`lgan dasturda ko`rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi. 3. Barcha o`quvchilarni darsda band qilish imkoniyati. Texnologiyaning yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Texnologiya dasturlarida Texnologiya madaniyatining malaka va ko`nikmalari aks ettirilgan bo`lib, unga qarab maktab o`quvchisi, o`qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O`qituvchi o`quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, Texnologiya madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi. Texnologiya ta’lim yo`nalishlaridan birinchisi bolada va o`smirda inson texnologiya haqida va uning texnologiyaining mahsuli yaratilgan buyumlar to`g`risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi. Texnologiya fani yo`nalishining ikkinchisi, o`quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to`g`risidagi tasvvurlarni shakllantirish. Uchunchisi esa hozirgi zamon o`quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo`lishni shakllantirish, uni qishloq xo`jaligi sohasidagi malaka va ko`nikmalari bilan qurollantirish kerak. Texnologiya fanini o’tish jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – texnologiyaga bo`lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Texnologiya darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, texnologiya madaniyatiga qaratilgan barqaror yo`l yo`riqni qaror toptirish, ijodiy faoliyat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o`quvchilarni xalq xo`jaligidagi muvoffaqiyatli faoliyatida zarur bo`lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir. Texnologiya o`zining bosqichlarida bolalar, o`smirlar va yoshlarning yoshi, funktsional imkoniyatlarining o`ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiega muvofiq ravishda ko`p tomonlama yo`nalishga ega bo`lishi lozim. Texnologiya darslari bolalarga turli xil amaliy va nazariy bilimlarni o'rgatadi. Bu darslar, asosan, bolalarning kreativ fikrlashini rivojlan
Доказательный фрагмент
«Boshlang`ich sinflarda texnologiyaga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan K…»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang`ich sinflarda texnologiyaga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan K… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, modellash, ta’lim, Texnologiya, texnika, tajriba, shaxs, ko’nikma, malaka
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025