Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalada tovushlar talaffuzida uchraydigan kamchiliklarni korreksiyalash texnologiyasi
Ilmiy raxbar M.Nizamova
Универсал международный научный журнал · 44-48 · 2026
Аннотация
Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini, shakli, mazmuni, metodlari haqida so'z boradi. Annotatsiya:В статье говорится об общих и специальных дидактических принципах, форме, содержании и методах раннего выявления и диагностики детей с пороками развития, а также раннего устранения порока, развития речи детей в процессе изобразительной деятельности. Annotatsiya:The article talks about the general and special didactic principles, form, content, and methods of early detection and diagnosis of children with developmental defects, and early elimination of the defect, development of children's speech in the process of visual activity. Kalit so'zlar: Reabilitatsiya, kompleks, nuqson, rivojlanish, ijtimoiy, diagnostik, psixik, jismoniy, intellektual, tashxis, skrinni, defferensial, defektolog, nutq, tasviriy faoliyat , tashxis. Kirish:Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta'lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologopedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalaming kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e'tiborga olgan holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta'minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu bolalami psixik va jismoniy rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoitlardan awalo har bir bolaning xususiyatlari e'tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, keraqli maxsus texnik vositalami, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda kerakli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta'lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda turli xil maxsus ta'lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo'ljalangan va O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta'lim dasturlarini amalga 573 www.namspi.uz universaljurnal.uz oshiradigan maxsus ta'lim muassasalar bilan bir qatorda turlireabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar ochilgan. Shuningdek, umuta'lim maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin.Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e 'tiborsiz qoladi. Adabiyotlar taxlili va metadologiyasi: Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni o'z ichiga oladi: Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik-jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi. Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish. Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ularning ta'lim olishlari uchun ta'lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo'llanmasi aniqlanadi.Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi. Uchinchi bosqich-fenomenologik.Uning maqsadi-bolaning individual xususiyatlari, ya'ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib u bilan ishlash bo'yicha korreksion rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir. Ma'lumki, nutq-odamlarning til vositasi bilan aloqa bog'lashlaridir. Odam nutq orqali munosabatga kirishib, o'zining bilimlarini faqat yakka tajriba hisobiga emas, balki juda ko'p avlod-ajdodlar tomonidan to'plangan ijtimoiy tarixiy tajriba hisobidan ham boyitadi. Nutq barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning yakka hayoti davomida o'zlashtiriladi. Bola dastlabki nutqni egallayotgan davrda uning nutqi tovushlarga bo'lgan reaktsiyasi juda umumlashgan xarakterga ega bo'ladi. Bolani nutqi rivojlanayotganda, u atrofdagi odamlar muloqoti
Доказательный фрагмент
«Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reabilitatsiya, kompleks, nuqson, rivojlanish, ijtimoiy, defektolog, psixik, intellektual, skrinni, defferensial, jismoniy, tasviriy faoliyat, nutq, tashxis, diagnostik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026