Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TALABALARNING TEXNOLOGIK BILIM VA IJODKORLIK QO’BILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA · QO’BILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta‘lim va tarbiya amaliyotida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba‘zi pedagoglar o’quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o’quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligi haqida maqolada uslubiy tahlil qilingan. Kalit so’zlar. Texnologiya. Ijodkor, intellektual sifatlar. Uzluksiz ta‘lim, Texnik ijodkorlik, Innovatsiya, Intensiv-ekstinsiv. Jahon ta‘lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o’zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Ta‘lim jarayoniga tatbiq etilayotgan innovatsiyalar samarasi o’qituvchining kasbiy-pedagogik ijodkorligi xarakteri va uning rivojlanganligi darajasiga bevosita bog’liq. Sarbon deklaratsiyasi (Sorbonne Declaration), Ta‘lim barcha uchun (Education For All (EFA)), Ming yillik rivojlanish maqsadlari (Millennium Development Goals (MDGs)), Jahon ta‘lim forumi (World Education Forum) va Lissabon Konvensiyalari kompetentli yondashuv asosida malakali ijodkor kadrlar tayyorlashning innovatsion yo’nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Boloniya jarayoni doirasida o’qitishning faol va interfaol shakllari variativligini ta‘minlash, kompetentli yondashuv asosida bo’lajak texnologiya ta‘limi o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish muammosini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi. Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta‘lim va tarbiya amaliyotida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba‘zi pedagoglar o’quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o’quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy 578 www.namspi.uz universaljurnal.uz e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligini ta‘minlashni taqozo etadi. Ijod– o’quvchi va talabaning yaratuvchiligi, kashfiyoti Ijodkorlik – yangi moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni yaratish bilan natijalanadigan faoliyat turi Texnik ijodkorlik – texnika sohasida yaratuvchilik faoliyati. Talabalarning ijodkorligi – talabalarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning keng tarqalgan ommaviy shaklidir. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati – buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va xokozalarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Ijodiy faoliyat – insonning aniq mahsulot yaratish jarayonidir. Ijodiy faoliyatga ikkita ham pedagogik ham psixologik nuqtai nazardan qarash mumkin. Ijodiy faoliyatda ehtiyoj bir necha o’z rivojlanish pog’onasini bosib o’tadi. Birinchi pog‘ona havas. Bu ehtiyojning elementar holatiga to’g’ri keladigan namoyon bo’lish shakli bo’lib, u hali shaxs tomonidan ongli ravishda tan olinmagan bo’ladi. Ehtiyojning rivojlanishini ta’minlaydigan ancha yuqoriroq ikkinchi pog‘onasi hohish hisoblanadi. Bu shaxsning ongli ravishda biron hodisa, predmet yoki kasbi bilan bog’liq ob’ekt (ixtiro qilish, yaratish, takomillashtirish)ni o’rganishga bo’lgan munosabatlari majmuasini nazarda tutadi. Ehtiyojni rivojlantirishning ancha murakkab uchinchi pog‘onasi qiziqish hisoblanadi. Qiziqish aslida ehtiyoj asosida vujudga keladi. Ehtiyojsiz hech qachon qiziqish yuzaga kelmaydi. Talabalar ijodkorligini rivojlanishi yo’llari: 1. Ijodkorlikni takomillashtirish. 2. Innovatsiya va ilg’or texnologiyalardan foydalanish 3. Talabalarni yangi nazariy bilimlar bilan boyitish. 4. Talabalarning tabiati, qobiliyati, ehtiyoji va moyilligiga moslashish. 5. Ijodkor shaxsga yo’naltirilgan ta‘limni yo’lga qo’yish. 6. Intensiv-ekstinsiv ta‘limni yo’lga qo’yish. 7. Ijodkorlikni modullashtirish, loyihalashtirish, algoritmlash, faollashtirish asosida texnologiyalashtirish. 8. Ijodkorlik darslari va to’garak ishlarini takomillashtirish. Ijodkorlik belgisi avvalo har bir soha, mutaxassislik yoki fan bo’yicha mutasaddi murabbiylar tomonidan aniqlab olinadi. Bunda bitta «qolip»ga tushadigan mezon yoki o’lchov bo’lishi mumkin emas. Bu yerda ijodkorlikni aniqlash individual imkoniyatl
Доказательный фрагмент
«Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIjodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intellektual sifatlar. Uzluksiz ta‘lim, Texnik ijodkorlik, Intensiv-ekstinsiv, Texnologiya. Ijodkor, Innovatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026