К содержанию
РецензированоUZ2026

Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari

Zuxriddinova Nilufarxon Nusrat qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti) · Rahimjonova Madinabonu Donyorbek qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti) · To'ychiyeva Sanobarxon Erkinjon qizi. (Andijon davlat Pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqola texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Texnik ijodkorlik zamonaviy jamiyatning innovatsion salohiyatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada texnik ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi asosiy metodlar, ularning ahamiyati, shuningdek, amaliy qo'llanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, o'quvchilar texnik ijodkorlikni shakllantirishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan trening va mashg'ulotlar haqida ma'lumot olishadi. Kalit so‘zlar:Rivojlanish,ijodkorlik,mashg’ulot,trening,eksperiment,loyiha. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi va kundalik hayotga tobora chuqur kirib borishi texnik ijodkorlik tushunchasini dolzarb masalaga aylantirmoqda. Texnik ijodkorlik – bu yangi va samarali texnologik yechimlarni yaratish jarayoni bo‘lib, inson tafakkurining yangilikka intilishida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, yosh avlodda texnik ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish jamiyatning kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini o'rganish va ularni amaliyotda qo'llash nafaqat texnik soha mutaxassislariga, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun ham o'ziga xos hissa qo'shadi. Mazkur maqolada texnik ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun ishlatiladigan metodlar, ularning mazmuni va ahamiyati haqida so'z boradi. Shu bilan birga, ijodkorlikni oshirishga xizmat qiluvchi treninglar, loyihalash va eksperimentlar asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar tavsifi beriladi. Maqola texnik ijodkorlikni rivojlantirish sohasida nazariy bilimga ega bo'lishni istovchilar va amaliyotda qo'llashni maqsad qilganlarga mo‘ljallangan. Kreativ laboratoriyalar o‘quvchilarga yangi texnologiyalar va g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish uchun imkoniyat yaratadi. Bu joylarda ijodiy atmosfera yaratiladi va ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini bir-biriga taqdim etadilar. Ushbu laboratoriyalar ko‘plab tajribalar va eksperimentlarni o‘z ichiga oladi. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishda muammolarni hal qilish metodologiyalari juda muhim. O‘quvchilarga analitik fikrlash va muammolarni tizimli ravishda hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish orqali ularning ijodiy salohiyatini oshirish mumkin. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismi bo‘lib, ularni qo‘llash o‘quvchilarda ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu metodlarni amalga oshirish orqali texnik ijodkorlikni rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy talablar darajasida tayyorlash va jamiyatning innovatsion salohiyatini oshirish mumkin. Texnik 615 www.namspi.uz universaljurnal.uz ijodkorlikni rivojlantirishning samarali metodlari nafaqat texnik sohalarda, balki kengroq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ham ahamiyatga ega bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda texnologiyalarning tezkor rivojlanishi, raqobatning kuchayishi va innovatsiyalarning ahamiyati, ayniqsa yosh avlodda texnik ijodkorlikni rivojlantirish zaruratini tug'dirmoqda. Texnik ijodkorlik – bu yangi g'oyalar, texnologiyalar va usullarni ishlab chiqish jarayoni bo'lib, u inson tafakkurining o'zgaruvchan va muammolarga innovatsion yechimlar izlashga qaratilgan kuchidir. Texnik ijodkorlikni rivojlantirish bugungi kunda jamiyatning texnologik va iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi. Yosh avlodning yangi va samarali texnologiyalarni yaratish qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodlar – treninglar, loyihalashtirish, brainstorming, eksperimentlar va interaktiv ta'lim usullari – ularning ijodiy fikrlashini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu metodlar o'quvchilarni muammolarni innovatsion yondashuvlar bilan hal qilishga, qiziqarli g'oyalar yaratishga va ular bilan tajriba o'tkazishga undaydi. Shunday qilib, texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini ta'lim tizimiga kiritish o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini oshiradi va ularni jamiyat uchun foydali innovatorlar qilib tarbiyalashga yordam beradi. Bu esa mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish va texnologik taraqqiyotiga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ulukhanov, I., & Khusayinova, G. (2024). DIGITALIZED LEARNING AND ITS EFFECTIVENESS IN TECHNOLOGICAL EDUCATION. Science and innovation, 3(B4), 236-243. 2. Uluxanov, I. T. X. J., & Ubaydullaev, S. Q. (2021). O’QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIKINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI. Scientific progress, 2(8), 814-822. 3. Умурзақов, А. Х., Улуханов, И. Т., & Инамидинова, Д. К. (2022). Талабаларда ижодкорлик қобилиятини шаклланишида умумтехник фанлар бўйича тизимли фикрлашнинг ўрни. Механика и технология, 2(7), 192-194. 4. Tokhtakhojaevich, U. I., Abdurasulovna, K. G., & Kadirovich, U. S. (2022). Pedagogical conditions for the formation of creative competence of students. 5. Uluxanov, I. T., & Sayfitdinov, A. SOLUTIONS TO CERTAIN ISSUES OF EMERGENCY PROTECTION. Mejdunarodnыy nauchno-obrazovatelьnыy elektronnыy jurnal «OBRAZOVANIE I NAUKA, 21, 356-361. 6. Tokhtakhojaevich, U. I. (2023). FORMATION OF MATHEMATICAL EXPRESSION OF AUTOMATIC CONTROL SYSTEMS

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini o'rganishga bag'ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, mashg’ulot, Rivojlanish, loyiha, trening, eksperiment
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники