К содержанию
РецензированоUZ2026

Nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unligi

А Джаббаров (Самаркандский государственный институт иностранных языков)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unigi, sifatlarning o´ziga xos xususiyatlari va sifatdosh I va II ning sifat so´z turkumiga o´xshash tomonlari haqida bahs yuritiladi. Nemis tilida fe’lning otlik formalaridan biri sifatdoshdir. Sifatdosh otlik forma sifatida sifatga yaqin turadi.Sifatlar gap tarkibida turli funksiyalarda qo´llanadi va sifatdoshlar ham gap tarkibida aynan sifat ega bo´lgan vazifalarda kela olishlari mumkin. Nemis tilida sifatdoshning ikki turi bo‘lib, bular sifatdosh I (das Partizip I) va sifatdosh II (das Partizip II) deb yuritiladi. Sifatdosh II fe’l sistemasi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u fe’lning uch asosiy formalaridan biri hisoblanadi. U fe’lning asosiy formasi sifatida murakkab zamon formalari (Perfekt, Plusquamperfekt, Passivning hamma zamon formalari va Infinitiv II) ning yasalishida qo‘llanadi. Nemis tilida sifatdosh I fe’l negiziga -(e)nd suffiksini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. Agar fe’l negizi -el, -er bilan bitgan bo‘lsa, -nd suffiksi, qolgan hollarda esa -end suffiksi qo‘shiladi: sagend, machend. Sifatdosh I qaysi so‘z turkumi oldida kelishiga qarab turli sintaktik vazifani bajaradi. Sifatdosh otlar oldida kelganda aniqlovchi vazifasini bajaradi: die liebende Mutter, das sich näherende Schiff. Sifatdosh I fe’l oldida qo‘llansa, u hol vazifasini bajaradi:...schweigend hörte sie ihm zu (W. Bredel). Sifatdosh I zu yuklamasi bilan bog‘lanib kelganda, faqat attributiv funksiyada ishlatilib, Passivni ifoda etadi. Zu yuklamasi yordamida sifatdosh Aktivdan Passivga ko‘chib, zaruriyat ma’nosini ham anglatadi. Masalan: ein zu lesendes Buch „o‘qilishi zarur bo‘lgan kitob" degan ma’noni ifoda etadi. Zu yuklamali sifatdosh va zu yuklamali Infinitiv ma’no jihatidan bir-biriga mos keladi, Masalan: diese schwer zu lösende Aufgabe, (zu + Partizip). Diese Aufgabe ist schwer zu lösen, (zu + Infinitiv) kabi. Sifatdosh I sifatlar kabi daraja ma’nosini ham anglatadi. Masalan: die schreiendsten (grellsten) Farben. Sifatdosh I da ot va sifatlardagi kabi un- prefiksi yordami bilan inkor ma’nosi ifoda etiladi, masalan:... unwissend, wohin sie sich werden sollte (Kleist). Unfühlend ist die Natur (J. Goethe). Sifatdosh ham sifatga o‘xshash va unga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga ko‘ra, u ot kesim sostavidagi sifat o‘rnida predikativ vazifasida qo‘llana oladi: Der Film ist spannend, Aniqlovchi sifatida qo‘llana oladigan hamma sifatdosh I otga ko‘chgan holda qo‘llana oladi: die Pflügenden, Gebenden, Laufenden, Schwimmenden Ankommenden, Betreffenden. Sifatdosh I ning qo‘llanilishida mavjud bo‘lgan holatlar o‘zbek tilida quyidagicha ifoda etiladi:  Nemis tilida sifatdosh I ning ot oldida aniqlovchi vazifasini bajarib kelishi o‘zbek tilida hozirgi zamon sifatdoshi yordamida ifoda etiladi, qiyoslang: der lesende Student – o‘qiyotgan talaba; der schreibende Student – yozayotgan talaba;  Sifatdosh I ning fe’llar oldida kelib, hol vazifasini bajarishi o‘zbek tilida -(i)b affiksi yordamida yasaladigan ravishdosh bilan ifoda etiladi, qiyoslang: Stehend (turib) rauchte er eine Zigarette; Lachend (kulib) trat er ins Zimmer ein; 34  Sifatdosh I zu yuklamasi bilan qo‘llanganda Passiv ma’nosnni ifodalab, o‘zbek tilida egalik qo‘shimchasini olgan harakat nomi orqali ifoda etiladi, qiyoslang: eine schwer lösende Aufgabe – Hal qilinishi og‘ir (qiyin) bo‘lgan masala; der zu lesende Artikel – o‘qilishi zarur bo‘lgan maqola;  Sifatdosh I ning ba’zan sifatlar kabi, darajani ifoda etishi o‘zbek tilida sifat darajalari yordamida ifoda etiladi, qiyoslang: Sie ist das reizendste Mädchen. – U juda chiroyli (kelishgan) qiz. Er hat jetzt noch hochfliegendere Pläne als früher – Uni endi ilgarigiga qaraganda balandparvozroq rejalari bor.  Nemis tilidagi otlashgan sifatdosh I o‘zbek tilida -uvchi affiksi yordamida yasaluvchi otlashgan sifatdoshlar bilan ifoda etiladi, qiyoslant: die Laufenden – chopuvchilar, die Schwimmenden – suzuvchilar, die Ankommenden – keluvchilar. Ma’lumki, nemis tilida fe’llar o‘zlarining negiz unlilarini o‘zgartishi (ablaut) yoki o‘zgartmasligiga ko‘ra kuchli va kuchsiz fe’llarga bo‘linadi. Sifatdosh II ning qanday tuzilishi ham uning qaysi fe’ldan (kuchli yoki kuchsiz) yasalishiga bog‘liq. Sifatdosh II o‘timli fe’llardan yasalgan bo‘lsa, odatda u aniqlovchi vazifasini bajaradi. Ammo sifatdosh II ish-harakatning tugagan ma’nosini ifoda eta oladigan o‘timsiz fe’llardan yasalganda, aniqlovchi vazifasini bajara oladi. Masalan, nemis tilida: “die geschlafenen Kinder” yoki “die gegangenen Menschen”, deb bo‘lmaydi, aksincha, “die eingeschlafenen Kinder” (uxlagan bolalar) va “die fortgegangenen Menschen (ketgan odamlar)” deyish to‘g‘ri bo‘ladi, chunki einschlafen va fortgehen fe’llari o‘z ma’nolariga ko‘ra ish-harakatning to‘la tugallanganligini ifoda eta oladi, lekin schlafen va gehen fe’llari bunday ma’noga ega emas. O‘timli fe’llardan yasalgan sifatdosh II odatda tugallangan ish-harakatni ifoda etsa ham, u ba’zan bu ma’noni anglatmasligi mumkin. Er gehört zu den am meisten

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unigi, sifatlarning o´ziga xos xususiyatlari va sifatdosh I va II ning sifat so´z turkumiga o´xshash tomonlari haqida bahs yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unigi, sifatlarning o´ziga xos xususiyatlari va sifatdosh I va II ning sifat so´z turkumiga o´xshash tomonlari haqida bahs yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nemis tilida, ifoda etiladi, sifatdosh ning, zbek tilida, aniqlovchi vazifasini, etiladi qiyoslang, vazifasini bajaradi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники