К содержанию
РецензированоRU2023

TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI

HOKIMLIKLARINING MAVQEYI · Umidjon Xayrullayev

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article describes the position of Central Asian governorships during the period of the Turkish khanate and the Arab caliphate. It informs that Central Asian governments have always tried to conduct an independent policy. Key words: Eltabar, tudun, ikhshid, khagan, naib, boots and socks. ПОЛОЖЕНИЕ СРЕДНЕАЗИАТСКИХ НАМЕСТНИКОВ В ПЕРИОД ТУРЕЦКОГО ХАНСТВА И АРАБСКОГО НАШЕСТВИЯ Аннотация. В статье описывается положение среднеазиатских наместников в период Турецкого ханства и Арабского халифата. Он сообщает, что правительства стран Центральной Азии всегда стремились проводить независимую политику. Ключевые слова: Эльтабар, тудун, ихшид, каган, наиб, сапоги и носки. Bizga ma’lumki Turk xoqonligiga 552-yilda Bumin asos solgan. Bu davlatning poytaxti Oltoy shahri bo’lgan. Turklar 555-yilda Orol bo’yi va Sirdaryo havzalaridagi yerlarni qo’lga kiritgan va 568-yilda eftallar mag’lub etilganidan so’ng O’rta Osiyo hokimliklari xoqonlikka bo’ysundirilgan. Xoqonlik boshqaruviga ko’ra O’rta Osiyo hokimliklari boshqaruvi mahalliy hokimlarga qoldirilib faqat boj va yasoq soliqlarini undirib olish orqali boshqarilgan. VI asrning 80-yillarida xoqonlik ikki qismga Sharqiy va G’arbiy xoqonliklarga ajraladi. O’rta Osiyo G’arbiy xoqonlik tarkibiga kirib xoqonlikning markazi Yettisuv shahri hisoblangan1. Mahalliy hokimliklar tobora markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilar edi. G’arbiy xoqonlik davrida mahalliy hokimlarning mustaqillikka bo’lgan intilishi yanada kuchayib bordi. Tun yabg’u xoqon 618-yilda Yettisuvning Suyob shahrida taxtga o’tirdi. U boshqaruv markazini Choch vohasidagi Mingbuloq 1 G’. Boboyorov. To’n Yabg’u xoqon qissasi. Toshkent-2011y. 9-b 339 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 mavzesiga ko’chirdi va bu yerdan turib o’lkadagi katta- kichik viloyatlar boshqaruvchilarining har biriga eltabar unvonini taqdim etgan. Ular huzuriga tudunlar yuborgan. Eltabar unvoni turk xoqonligida yuqori darajali unvon edi va ma’nosi “elni tutib turuvchi” bo’lib, tudun esa “bo’ysundirilgan o’lkalardan soliq yig’ishni tashkil qiluvchi noib ma’nosini anglatgan2. Bundan tashqari manbalarning guvohlik berishicha To’n yabg’u xoqon o’z ajdodlaridan ko’ra boshqaruvda ancha ilg’or bo’lib Sosoniylarga yaqin bo’lgan 27 viloyatni o’z ichiga olgan Toxaristonni boshqarish uchun Tarshad ismli o’g’lini tayinlaydi3. To’n yabg’u xoqon tobe hukmdorlarni boshqarish uchun xoqonlikda mavjud ananaviy usul-nikoh rishtalari orqali boshqaruvni yo’lga qo’ydi. Xitoy yilnomalarida keltirilishicha Samarqand hukmdori Kyumuchji uning qiziga uylandi4. bundan ko’rinib turibdiki Samrqand o’sha davrda Sug’d konfedertasiyasining markazi hisoblanib uning mavqeyi ancha yuqori bo’lgan. O’rta Osiyoga arablar bosqini davrida ya’ni 673 yilda arablar Amudaryodan o’tib Buxoro muzofotiga yurish qildi. Bu paytda Buxoro Sug’d konfederatsiyasi tarkibida bo’lib uni Bidunxudotning rafiqasi Xotunxudot o’g’li Tug’shoda (Tag’shoda) kichik yoshli bo’ganligi tufayli o’zi boshqarar edi. Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro shahriga yaqinlashgach Malika G’arbiy turk xoqonligiga odam yuborib yordam so’raydi va Ubaydulloh ibn Ziyodga ham odam yuborib yetti kun muhlat so’rab men sening itoatingdaman deya ta’kidlaydi5. Yordam kelmagach Ubaydulloh ibn Ziyodga yana odam yuborib yetti kun muhlat so’raydi. Turk lashkarlari yetib kelib ikki o’rtada sodir bo’lgan muhorabada Ubaydulloh ibn Ziyodning qo’li baland keladi. Xotunxudot qal’aga yashirinadi va uning bir poy etigi va paypog’i tushib qoladi. Etik va paypoq tilla iplar bilan tikilgan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi baholasalar ikki yuz ming dirham bo’ldi6. Tug’shoda ulga’ygach Buxoro hukmdori bo’ladi va Qutayba Buxoroni egallagandan so’ng iymon keltiradi. Shundan so’ng Qutayba ibn Muslim Buxoro boshqaruvini Tug’shoda qo’lida qoldiradi. Dastlabki arablar bosqini davrida ham hokimlarning mavqeyi yuqori bo’lgan. 720 yilda Samarqand hokimi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi. 722 yilda Divashtich Xuroson noibi huzuriga chaqirildi va So’g’daga ixshidlik qilish huquqini qo’lga kiritdi7. Hatto arablar davrida ham O’rta Osiyo hokimliklarining aksariyatida mahalliy boshqaruv qoldirilgan bo’lib xalifalikda ularning mavqeyi yuqori bo’lgan. 2 G’. Boboyorov. To’n Yabg’u xoqon qissasi. Toshkent-2011y. 10-b 3 Бичурин (Иакинф). Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии. Санктпетербургъ-1851г. с-330 4 G’. Boboyorov. To’n Yabg’u xoqon qissasi. Toshkent-2011y.11-b 5 Abu Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent-1993. 39-b 6 Abu Muhammad Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent-1993. 39-b 7 M.Ishoqov. Unutilgan podsholikdan xatlar. Toshkent-1992. 15-b 340 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2

Доказательный фрагмент

«This article describes the position of Central Asian governorships during the period of the Turkish khanate and the Arab caliphate.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the position of Central Asian governorships during the period of the Turkish khanate and the Arab caliphate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eltabar, tudun, ikhshid, khagan, naib, boots and socks, ixshid, etik va paypoq., xoqon, noib
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники