Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI DAVR VA ILK O’RTA ASRLARDA O’RTA OSIYO VA ERON HUDUDIDAGI DAVLATIDA HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI
Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 43-44 · 2023
Аннотация
Revealing the place of the neighborhood in the social life of society, its role in solving social problems, showing its educational function - forms the basis of the content of the article, information about the new system of solving social problems in modern neighborhoods today is given in the article. Keywords: neighborhood, upbringing, social problems, ”women's notebook”, ”youth notebook”, ”Iron notebook”. РОЛЬ СОСЕДСТВА В СОЦИАЛЬНОМ РАЗВИТИИ ОБЩЕСТВА. Аннотация. Раскрытие места махалли в общественной жизни общества, ее роли в решении социальных проблем, указание на ее воспитательную функцию - основа содержания статьи, в статье будет представлена информация о новой системе решения социальных проблем в современных махаллях. Ключевые слова: соседство, воспитание, социальные проблемы, ”женская тетрадь”, ”Молодежная тетрадь”, ”железная тетрадь”. Hozirgi globallashuv jarayonida, mahalla jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy institut sifatida yanada rivojlanib bormoqda. Qadimdan mahalla mahalliy hokimiyatning ajralmas bo’g’ini hisoblangan. Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. O’lkamiz tarixi haqida ma’lumot beruvchi eng qadimgi manba hisoblanmish “Avesto” da ham oilalarning ma’lum hududda uyushib yashaganligi haqida ma’lumotlar bor. IX asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Buxoroda ko’plab mahallalar, guzarlar, mavjud bo’lganligi haqida yozadi2. Yurtimizning turli joylaridagi mahallalar hududiy o’ziga xosliklarga ega. Buxoro shahri mahallalari vujudga kelishi va tarixiga bag’ishlangan O.A.Suxarevaning asarlari nan’anaviy o’zbek mahallalari tarixiga bag’ishlanganligi bilan diqqatga sazovordir.3 Qadimdan o’zbek mahallalari jamiyat ijtimoiy hayotining tayanchi bo’lgan, xususan, istiqlol yillarida o’z-o’zini boshqarish organlari tizimini isloh qilish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Mahalla tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. 2Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an- Narshaxiy.Buxoro tarixi.-Toshkent,1993 3 Сухарева О.А Квартальная обшина позднефеодального города Бухары.-Москва:Наука,1978.-С.22 7 55 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yangi O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mahalla-taraqqiyot poydevori bo’lib xizmat qilyapti. Bugungi kundagi zamonaviy mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy qilindi. Ular bevosita prezidentning joylardagi vakili sifatida mahalla aholisining o’ziga tegishli qatlamlari bilan faoliyat olib boradilar. Bevosita mahalla hayotidagi ijtimoiy muammolarni yechishda joylarda jonbozlik ko’rsatadilar. Yuqoridagi lavozimlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida huquqiy asos ham yaratildi. Jumladan, “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi prezident farmoni1, ”Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qarori2, Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident farmoni3. Mahalla yoshlarini ilm-fanga va kasb-hunarga yo’naltirishda, ishsizlarni ish bilan ta’minlash va bandlikka ko’maklashish masalalarida muhim ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Aholi muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, oila va xotin-qizlar masalalari –bugungi kundagi zamonaviy mahallalarning muhim ijtimoiy muammolari hisoblanadi. Yuqoridagi masalalar bilan ishlashning samarali tizimini yaratish maqsadida har bir mahallada “Temir daftar”, ”Ayollar daftari”, ”Yoshlar daftari”shakllantirildi. “Temir daftar –ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti o’g’ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi. “Ayollar daftari – ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz xotin- qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi. Ushbu daftarga kiritish bo’yicha xotin-qizlar faoli amaliy ishlar olib boradi, ma’lumotlar bazasini yaratadi va nazoratini olib boradi. “Yoshlar-daftari” - ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo’yicha ma’lumotlar bazasi. Yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlar bazalari mahallalardagi ijtimoiy muammolarni hal etish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Mahalla tarixan yosh avlod uchun ezgulik beshigi, tarbiya o’chog’i, urf-odat an’analar shakllangan maskan
Доказательный фрагмент
«Revealing the place of the neighborhood in the social life of society, its role in solving social problems, showing its educational function - forms the basis of the content of the article, information about the new s…»
Образец извлечения
Демо-превьюRevealing the place of the neighborhood in the social life of society, its role in solving social problems, showing its educational function - forms the basis of the content of the article, information about the new s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neighborhood, upbringing, social problems, ”women's notebook”, ”youth notebook”, Doro I, Qonuniy Huquqiy Legitimatsiya, Diniy Legitimatsiya, zardushtiylik, qabila hukmronligi, yovuzlikning ramzlari., Kir II, Xudolik-Hukmdorlik, sulola merosi, Sosoniylar, Ahamoniylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014