Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlashlar
IKKILAMCHI NOMLASHLAR · PhD B.M. Mirsanov (ToshDIUSF) · Bugun biz Johann Wolfgang Goethening · Vom Meere strahlt · In Quellen malt.
Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlanishlar va ularning motivlashuvi tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqot ishida nomlash jarayonida tilshunoslikda nom ko‘chishning lingvistik va ekstralingvistik omillariga e’tibor qaratiladi. Ikkilamchi nomlashning bu turi haqida fikr yuritishdan oldin biroz chekinish qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki Yerdan olisda bo‘lgan koinot inson uchun hamisha sirli bo‘lib tuyulgan. Koinotda inson ko‘ziga yaqqol tashlanib turadigan narsalar – Quyosh, Oy va yulduzlar edi. Insonlar ular haqida ko‘p narsa bilmas edilar. Koinot sirlarini bilishni o‘rganuvchi fan ham o‘z nomini yulduzlar bilan bog‘liq tarzda oldi (astron – yulduz). Keyinchalik osmon yoritqichlarining holatiga qarab fol ochish bilan bog‘liq fan – astrologiya paydo bo‘ldi. Insoniyat bilimi taraqqiyoti, qudratli teleskoplarning yaratilishi astrologiyaning soxta fan ekanligini isbotladi. Quyoshning chiqishi va botishi, Oyning chiqishi va botishi ham ana shu bilimsizlik davridagi tasavvurlarning natijasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aslida bu chiqish va botishlar bizga Quyosh va Oyning ko‘rinishi va ko‘rinmay qolishi ekanligi ma’lum bo‘lgach ham, biz chiqish va botish tushunchalarini saqlab qoldik. Biz bu so‘zlardan odatdagidek foydalanib kelmoqdamiz. Bugungi kunda shoirlarning o‘z sevgilisiga Oyni olib berishni va’da qilishlari hech kimni ajablantirmaydi. Bugun biz Johann Wolfgang Goethening Ich denke dein, wenn mir der Sonne Schimmer Vom Meere strahlt; Ich denke dein, wenn sich des Mondes Flimmer In Quellen malt. Ich bin bei dir, du seist auch noch so ferne. Du bist mir nah! Die Sonne sinkt, bald leuchten mir die Sterne. O wärst du da! (Nähe des Geliebten) kabi misralardan hayratga tushamiz. Chunki bular buyuk iste’dod egasining astronimlar asosida yuritgan assosiativ badiiy tafakkurning mahsulidir. Bunday assosiativ tafakkurning natijalari astranomlarning yulduz kartalari, atlaslarini tuzish jarayonida ham ko‘zga tashlanadi. Xususan, yulduz to‘dalarini tashkil etgan yulduzlarning bir-biriga nisbatan o‘rinlashuvi asosida to‘dalarga nom berilganida, zoonimlardan foydalanganliklarini kuzatsak, yulduz to‘dalariga jonivorlarning shaklini qanday joylashtirib chiqqanliklarini ko‘rib qoyil qolamiz. Natijada yulduz to‘dalari o‘z nomini zoonimlardan olganliklari va ular ham ikkilamchi nomlash mahsuli sifatida tarkib topganliklariga guvoh bo‘lamiz. O‘z navbatida, ko‘plab zoonimlar va juda kam hollarda fitonimlar astronimlarning ikkilamchi nomlanishi asosida yuzaga keladi. Ular asosan Yulduz, Oy, Quyosh astronimlari ishtirokida kechadi. Bu jarayon jonzotlar va o‘simliklar tanasida yoki ularning biror a’zosidagi rang – tus, naqshlar yoki shakliy belgilar bilan bog‘liq assosiativ tasavvurlar tufayli amalga oshadi va astronimlar jonzotlar va o‘simliklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavqeida bo‘lib, farqlovchi belgisi vazifasini bajaradi. Quyida ularga misollar beramiz hamda ularning nomlanish motivlashuvini belgilaymiz. 10 Seesterne (Asteroidea), Klasse der Stachelhäuter mit etwa 1500 Arten von wenigen Zentimetern bis zu 1 m Spannweite. Ihr strahlenförmig gebauter Körper hat häufig 5 (manche bis 50) unverzweigte Arme. Die meisten Arten sind getrenntgeschlechtig. Der Mund liegt auf der Mitte der Unterseite, der After auf der Oberseite. Gemeiner S. und Kamm-S. leben in den europ. Meeren. Sie ernähren sich u. a. von Muscheln.[1:789] Ensiklopedik tavsifda bu jonivor nomining motivlashuvi izohlangan “qo‘llar” yoki nurlar bizning tushunchamizga ko‘ra, qirra deb ataladi. O‘xshashalik tasavvurlari assosiasiyasi mahsuli. Der Mondfisch (Molidae) gehört zu den Meeresfischen. Der Körper ist seitlich extrem abgeflacht und wirkt scheibenförmig. Er weicht von der typischen Fischgestalt etwas ab. Der Kopf ist groß, abgerundet und nimmt fast ein Drittel der Körperlänge ein. Im Anschluss an die sehr kleine Kiemenöffnung folgen die kleinen Brustflossen. Auch die Augen und das Maul sind im Verhältnis zum Körper sehr winzig. Die hoch angesetzte Rückenflosse und die Afterflosse stehen sich fast spiegelbildlich am Ende des Körpers gegenüber. Die Schwanzflosse sieht aus wie ein welliger fast gerader Saum. Der Mondfisch hat keine Bauchflossen und besitzt auch kein Schuppenkleid. Die 15 cm dicke Haut wirkt rauh und ledrig. Sowohl der Rücken als auch die Flanken weisen eine graue bis bläuliche Färbung auf. Er besitzt keine Schwimmblase.[3] Nom o‘xshatish assosiasiyasi mahsuli: baliqning disk shaklidagi tanasining qorin qismida yarim oy – yetti kunlik oy shaklida oppoq rangda ko‘rinadi. Bu hol rangli rasmda kuzatiladi. Nomning motivlashuvi rang – tusga asoslangan, metaforik ko‘chimga mansub. Die Mondscheinblume – Gänseblümchen (Bellis perennis)- (zu den Korbblütlern gehörende) fast das ganze Jahr hindurch blühende, kleine Pflanze, deren Blüte aus einem gelben Körbchen und strahlenförmig darum angeordneten schmalen, weißen, an der Spitze oft rosa gefärbten Blütenblättern besteht.[3] Tavsifda gul nomining motivlashuviga ishora qiladigan jihat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlanishlar va ularning motivlashuvi tadqiq etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlanishlar va ularning motivlashuvi tadqiq etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bog liq, astronimlar asosida, chiqishi botishi, ekanligi lum, ich denke, denke dein, dein wenn
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025