К содержанию
РецензированоUZ2024

TEKOMA YOKI NAYCHAGUL OʻSIMLIGI BOʻYICHA TADQIQOTLAR TAHLILI

Xamidov Ma’ruf Zarifovich

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, based on the study of bioecological features and reproduction technology in the conditions of the Surkhandarya region, an explanation is given for one of the creeping decorative flowering vines introduced into Uzbekistan — the Tecoma species — Campsis Radicans. Keywords: Liana, Tubular flower or Tekoma, Campsis Radicans, Bioecology, Reproduction technology. Dunyo boʻyicha koʻkalamzorlashtirish maqsadlarida koʻplab mahalliy va tropik oʻsimliklar assortimenti ishlatiladi. Yevropa ittifoqi davlatlari, Amerika Qoʻshma Shtatlarida vertikal koʻkalamzorlashtirish juda muhim ahamiyatga ega sohalardan biri hisoblanadi. Xorijiy davlatlarda boʻlgani singari bizning davlatimizda ham koʻp qavatli binolarning devorlari va tom qismlarining yoz oylarida issiq harorat natijasida qizib ketishi muammoli holat hisoblanadi. Shu sababli chirmashib oʻsuvchi, gullovchi lianalardan bino va inshootlarni, besedkalarni, fitodevor, alleyalarni vertikal koʻkalamzorlashtirish zarurati yuzaga keladi. Kongoda va Gveneyada turlarga boy tropik florada asosan tutdoshlar, dukkakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va pandanusdoshlar oilasidan iboratdir. Malayziya florasi 45000 turga ega. Yangi Zelandiyada, Avstraliyada uchraydigan mox (50 xil) va lishayniklar (30 xil) oʻsadi. Sandvichi orollarida oʻsadigan 705 tur oʻsimlikni 93% endemikdir. Bu еrdagi oʻsimlik turlarini 76% daraxt va butalardan, 24% oʻtloqlardan iborat. Orollarda birorta ќam ochiq urugʻli oʻsimliklar uchramaydi. Madagaskar oroli, Maskaren, Seyshel, Amirant va Komor orollarida 6765 tur oʻsimlik boʻlib, shundan 89% endemiklardir. Janubiy Amerikani 400 kengligi bilan oʻtadi va Gallapogos orollarini oʻz ichiga oladi. 4 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Endemik oʻsimliklariga kaktuslar, bromeliyadoshlar, nastursiyadoshlar, ksiridiyadoshlar, siklantadoshlar, kannonadoshlar, markgraviyadoshlar va sagovnikdoshlar kiradi. Bu oblast turlarga juda boy boʻlib, faqatgina Braziliya 40 000 dan ortiq tur mavjud. Amazoniya tekisligida 200 dan ortiq palma turi uchraydi. Shundan 30% endemik turlardir. Dukkaklilardan bertollesiya, kakao daraxti, qovun daraxti, gaveya, kastilloa, seyba (jun daraxti — tola olinadi), kopaifera, sezalpiniya, lavr, mimoza, bambuk va banan hamda lianalardan Tekoma (Campsis radicans Seem.) keng tarqalgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manzarali oʻsimlik koʻchatlarini yеtishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor bermoqda. Bu oʻrinda yurtimizda oʻsishga moslashtirilgan manzarali oʻsimliklarning bioekologik xususiyatlari va koʻpaytirish usullarini takomillashtirish dolzarb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 2017-2021-yillarga moʻjallangan Harakatlar starategiyasi “…qishloq xoʻjaligida ekin maydonlari va ekin tarkibini optimallashtirish, ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy etish hamda hosildorlikni oshirish” muhim strategik vazifalardan biri qilib, belgilab berilgan [1]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 11-sentyabrdagi PQ- 3262-sonli “Avtomobil yoʻllarining arxitektura-landshaft konstruksiyasi va obodonlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” toʻgʻrisidagi qarori va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlardagi vazifalarni ilmiy jihatdan amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [2]. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. 1962 yildan boshlab Respublikamizning yеttita shahri – Andijon, Angren, Olmaliq, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va Urganchda oʻsimlikshunoslik xoʻjaliklari tashkil topdi. Bu xoʻjaliklarning yеr maydoni 592 gektar edi. Koʻkalamzorlashtirishni ilmiy asoslangan holda yoʻlga qoʻyish uchun Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti negizida 2005 yilda Respublika manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi ilmiy–ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi [3]. Koʻkalamzorlashtirishni hozirgi kunda eng ommalashgan yoʻnalishi boʻlgan Vertikal koʻkalamzorlashtirishda manzarali gullovchi lianalarni vegetativ koʻpaytirishni ilmiy asoslashga bagʻishlangan Magistrlik dissertatsiya ishim ustida olib boradigan tadqiqotlarimizda shu mavzuning tarixi, hozirgi kundagi rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan koʻplab nazariy va amaliy adabiyotlar, qonun va qarorlar oʻrganiladi [13]. Asosan Kitobda vertikal koʻkalamzorlashtirishning turli xil kompozitsion texnikalari yoritilgan, batafsil dekorativ va agrobiologik xususiyatlarga ega boʻlgan oʻsimliklarning kengaytirilgan assortimenti berilgan, oʻsimliklarning turlari, boshqa oʻsimlik guruhlari (gulli oʻsimliklar, yillik manzarali lianalar) bilan manzarali lianalardan 50 ga yaqin kompozitsiyalar tasvirlangan. Har bir

Доказательный фрагмент

«In this article, based on the study of bioecological features and reproduction technology in the conditions of the Surkhandarya region, an explanation is given for one of the creeping decorative flowering vines introd…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, based on the study of bioecological features and reproduction technology in the conditions of the Surkhandarya region, an explanation is given for one of the creeping decorative flowering vines introd… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Liana, Tubular flower or Tekoma, Campsis Radicans, Bioecology, Koʻpaytirish texnologiyasi., Naychagul yoki Tekoma, Kirish, Bioekologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти