К содержанию
РецензированоUZ2024

A’ZAM O’KTAM IJODIDA DINIY QARASHLAR

Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Azam Oktam's work has been recognized by today's youth for years as a simple patriot. "Azam brother's name is still in the book of Uzbek meanings in the poet's "Qur'ani Karim", writer I. Sultan recalls in this article. In the poet's heart, the Islamic light and the feeling of believing in divine blessings were enough. Key words: Poetry, creativity, simplicity, trust, talent. РЕЛИГИОЗНЫЕ ОТНОШЕНИЯ В СОЗДАНИИ АЪЗАМ ОКТАМ Аннотация. Творчество Азама Октама, будучи простым народником, на протяжении многих лет остается признанием сегодняшней молодежи. В” Коране "поэта" в книге узбекских смыслов до сих пор стоит имя Агзама Акана", – вспоминает в этой статье писатель И.Султан. В душе поэта было достаточно Исламского света,чувства веры в божественные ароматы. Ключевые слова: Поэзия, творчество, наивность, уверенность, талант. Kirish. A’zam O’ktam yoshligidan diniy ma’rifiy ruhda yozilgan asarlarni o’qishga qiziqardi. Kichkinaligidan islomiy ruhda tarbiyalangan,oilaviy muhit ham yaxshi bo’lgan.A’zam O’ktam muftiylar,qorilar,ulamolar suhbatlaridan ko’p eshitardi. Shoir Aʼzam Oʻktam hali qirq yoshga toʻlmasidanoq badiiy ijodida diniy, irfoniy-maʼrifiy gʻoyalarning boʻy choʻzib, sheʼrdan sheʼrga sayqallanib borishi aslo tasodif emas. Sababi shoir oddiy dehqon oilasida tugʻilib, unib-oʻsgan boʻlsa-da, imon-eʼtiqodli, xudojoʻy oila muhiti boʻlgʻusi shoirning qalbiga islomiy nur, ilohiy karomatlarga ishonch, hayotdan yaratilishdan maqsad kabi ulkan haqiqatlarga ehtirom va xayrixohlik urugʻlarini sochgani manbalarda qayd etiladi1. Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqotda Aʼzam Oʻktam nazmining badiiy xususiyatlari yoritildi, ijodkor hayoti, asarlarining xususiyatlariga toʻxtalib, maʼlumotlar umumlashtirildi. Tahlil va natijalar. Shuningdek, shoir Aʼzam Oʻktam taqdiri, yashab oʻtgan murakkab tarixiy voqea-hodisalarga boy davri roʻbaroʻ etgan zotlar: shayxlar, muftiylar, qorilar, porsolar, ulamolar – islomiy bilimlar, sharʼiy-maʼrifiy taomillarning bilimdonlari, namoyandalari – koʻplab 1 Joʻraqulov U. Aʼzam Oʻktam sheʼriyatining uch asosi. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 255-261 b. 4 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ suhbatlar, izdihomlar, ilmiy-adabiy jarayonlarda Aʼzam Oʻktamning islomiy qarashlarining toʻgʻri shakllanishiga maʼlum maʼnoda taʼsir oʻtkazganlar. “Aʼzam aka “Qurʼoni karim”ning oʻzbek tilidagi maʼnolari tarjimasida ayniqsa jonbozlik koʻrsatgani, nashriga muharrirlik qilgani barchaga maʼlum. Aynan shu tarjima tufayli “Sharq yulduzi” oʻsha kezlar ikki yuz mingdan oshiq nusxada chop etila boshladi... Oʻsha kezlar Aʼzam aka Anvar qori Tursunov bilan tarjima bosilayotgan har bir son ustida qattiq ishlaganlari barchaga maʼlum. “Qurʼoni karim” oʻzbekcha maʼnolari kitobida hozir ham Aʼzam akaning nomi turibdi”, – deya ushbu eslaydi yozuvchi I.Sulton2. Ushbu taʼsir dastavval shoirning shuurida poetik rivojlanib, soʻngra qalamida ham oʻz ifodasini topdi: Ajab, dil shod boʻlur tinglab Qiyomatdan xabarlarni. Tobora shavqim ortgaydir Sezib kelgich xatarlarni. Na rohat, na azob bois Sen aytgan yoʻlga kirmishman. Shu ishq haqqi, xatarsiz qil Oʻzing sori safarlarni...3 Hayotda har kimning barmoq izlari, DNK genlari aynan takrorlanmaganligi kabi badiiy ijodda ham katta shoir-yozuvchilarning, tabiat isteʼdod ato etgan sanʼatkor adiblarning ijod mahsullarida ham hech kimga oʻxshamaydigan, betakror, betimsol xususiyatlar mavjudki, buning yuzaga chiqishi adabiy jamoatchilikni koʻp kuttirmaydi. Yarq etgan isteʼdod zamirida turgan oʻziga xoslik muallifning “imzosini darhol” xoslarga maʼlum qiladi. Toʻgʻri, omma, ehtimol, bu “imzo”ning farqiga u qadar ham boravermas, biroq xoslar isteʼdodli betakror ohangni darhol taniydi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Shoir Aʼzam Oʻktam ham ana shunday jaydari, xalqchil, eʼtiqod ila sugʻorilgan sheʼrlarini faqat va faqat oʻziga xos boʻlgan tarzda, badiiy qiymat jihatidan puxta, yangi soʻz ishlatish nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli, tasvirlash va oʻxshatish borasida original yoʻsinda bitdiki, bu sheʼrlar adabiyot ixlosmandlari, sheʼriyat muhiblari qalbidan allaqachon joy oldi. Adabiyot ishqibozlari, allaqachon, shoirning jarangdor nomini oʻzlari uchun qadrdon va aziz boʻlgan shoirlar nomlari qatoriga kiritgan; uning sheʼriy kitoblarini mehr-u ardoq bilan javonlarining eng ishonchli qatorlarida saqlab, oʻqib, bahramand boʻlib kelishmoqda. Xulosa. Ayni jarayonda shoirning shaxsiyati va isteʼdodi haqida bildirilgan fikrlar, chop etilgan maqola va taqrizlar, munosabat va taqsinlar, adabiy jamoatchilikning eʼtiroflari asosida Aʼzam Oʻktam degan shoirning adabiy siymosi, shoirning adabiy xizmatlari, umuminsoniy ezgu gʻoyalar tantanasi uchun kurashgan sheʼrlarining kuchi haqida yakdil va oʻzgarmas tasavvur hosil qilindi. Aʼzam Oʻktam ijodini izchil oʻrganish davomida har bir mushtariy tafakkuri muhim manbalardan oziqlanib boradi.

Доказательный фрагмент

«Azam Oktam's work has been recognized by today's youth for years as a simple patriot.»

Образец извлечения

Демо-превью

Azam Oktam's work has been recognized by today's youth for years as a simple patriot. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Poetry, creativity, simplicity, trust, talent, ishonch, She’r, ijod, sodda, istedod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники