Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY HIKOYALARDA GENDER FENOMENI TALQINLARI
Shabbazova Nodira Xamzayevna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
It is known that serious attention was paid to the issue of women's education, scientific and creative activities, vocational training. In addition, it should be noted that this current issue is one of the oldest topics in Uzbek literature. In this thesis, the interpretations of the gender phenomenon in modern stories in Uzbek literature were analyzed in the works of Nazar Eshanqul and Kochkor Norqabil. Reflecting the opportunities given to the women of our society in fiction has risen to the level of today's urgent problem. In the analyzes conducted on the basis of the stories, the incomparable role of women in the social society is clearly demonstrated. Key words: gender, gender equality, gender phenomenon, writer's self, female psyche, fiction and gender, female and male roles. Jahon adabiyotshunosligida gender munosabatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Sababi gender muammosi ma’naviyatni yuksaltirish, o‘zlikni anglash, inson haq- huquqlarini poymol etmaslik kabi masalalarni ifodalaydi. Gender tenglik jamiyatda muhim bo`lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z boradi. 731 Dekabr, 2024-Yil Psixolog Shon Bernning e'tiroficha, “gender” – bu “erkak” va “ayol” tushunchasiga berilgan ijtimoiy-biologik tavsif. Chunki jins biologik kategoriya, psixologlar biologik asoslangan “jinsiy” genderli farqlarga dalil keltirgan.[1.318] Gender tenglik deganda, ikkala jins (erkak va ayol) vakilining jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy, boshqaruv va boshqa sohalarda tengligi tushuniladi. Jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta`minlashning qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik singari asosiy prinsiplar adabiyotda ayol va erkak obrazi tasviri va talqinida yetakchilik qilayotganini anglashga xizmat qiladi. O‘zbek adabiyotida ayollar obrazi xalqimizga xos ruhiyat, mentalitet, qadriyat va urf- odatlar asosida badiiy ifoda etilgan. Bu jihatdan ayollar obrazi milliy rang hamda jilolarga egaligi, o‘zbek xalqining o‘zigagina xos jihatlarni badiiy tajassum etganligi bilan ajralib turadi. Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga ma’lum bir g‘oyani singdirishda hech qaysi soha adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yangi XXI asr inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning tez o‘sishi va yangilanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunki adabiyot badiiy so‘z va obrazlar vositasida omma ruhiyatida tubdan o‘zgarish yasaydi. Albatta, bugungi nasrdagi yangicha uslubiy izlanishlarni realizm bag‘ridagi yangi uslubiy yo‘nalish sifatida baholash zaruriyati adabiyotshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga munosabatning o‘zgarganligi sabab an’anaviy realizmga mansub asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator yangiliklar, xususan, modernizm alomatlari ko‘zga tashlanmoqda. Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod yaratgan hikoya va qissalar orqali ayni shu xususiyatni ko‘ramiz. Ular qatorida yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi shu uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo‘nalish istiqbollarini o‘rganishda boy manba bo‘lib xizmat qiladi2. Nazar Eshonqul asarlaridagi qahramonlarning o‘ziga xos jihati shundaki, hayotda odamlararo qanday gapirsa, shu tarzda so‘zlatilmaydi. Balki kishilar qanday gapirishni istasa, ko‘nglida qanday o‘ylasa, shu tarzda gapirtiriladi. Yozuvchi bu orqali ularning tasdiq va inkor iskanjasidagi “men”ining ta’sirchan qiyofasini gavdalantiradi. To‘g‘risini aytmoq lozim, sho‘ro davri adabiyotida “men” xususida bu tarzda chuqur mulohaza yuritishga, uning qalbidagi inkor-u isyonlarni ochib ko‘rsatishga to‘siqlar mavjud edi. Azal-azaldan tasdiq va inkor iskanjasida o‘z “men”ini izlagan qahramon ko‘rsatilgan asarlargina haqiqiy san’at namunasi sanalgan. [2.73] Qadim Sharqning mumtoz adabiyotida ham, hozirgi G‘arbning zamonaviy adabiyotida ham shaxsning o‘z fe’l-atvorini taftishlab, hayot mohiyatini, inson umri ma’nosini anglashga 732 Dekabr, 2024-Yil eltadigan yo‘l ekanligi ko‘rsatilgan. Nazar Eshonqulning “Xayol tuzog‘i”, “Tobut”, “Yalpiz hidi” turkumidagi bir necha hikoyalari, “To‘zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Og‘riq lazzati”, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalaridagi va “Qora kitob”, “Tun panjaralari” qissalaridagi “men”, “Maymun yetaklagan odam” va “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyalaridagi chol va Bayna momo obrazlari Abdulla Qahhor ta’riflagan “men” emas. Ular qilmish-qidirmishlariga iqror bo‘ladigan, o‘zini taftish-u tahlil qilib, azoblanadigan, tasdiq-inkor iskanjasida turgan qahramonlardir. Nazar Eshonqul asarlarini o‘qib turib yozuvchi ijodi
Доказательный фрагмент
«It is known that serious attention was paid to the issue of women's education, scientific and creative activities, vocational training.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is known that serious attention was paid to the issue of women's education, scientific and creative activities, vocational training. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender, gender equality, gender phenomenon, writer's self, female psyche, gender fenomeni, gender tenglik, yozuvchi meni, badiiy adabiyot va gender, ayol ruhiyati, ayol va erkak vazifalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024