Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILALARNING AJRALISH SABABLARI VA AJRALISHNING FARZANDLARGA TA’SIRI
Abdullayeva Maxliyo Damin qizi · Xusanova Xayriniso Tayirovna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Nowadays, the number ofdivorces is equal to the construction of marriage. Family divorces have a negative impact not only on socicty, bat also on the future of children. Divorke of marriage is caused by various factor. Family breakdown is an urgent issue not only in ourcountry but also in other countries. Keywords: Family, separation, marriage, family conflicts, disruption of marriage, betrayal, violence, financial problems, selfishness. Nikohni bekor qilishayotgan oilalar soni dunyo bo‘yicha nikohdan o‘tayotgan oilalar soni bilan taqqoslaganda,yildan yilga tenglashmoqda. Nikohning bekor qilinishiga sabablar juda ko‘p, bularning ichida eng asosiylarini keltirib o‘tamiz bular,oiladagi er va xotinning bir birini tushunmasligi, oilaning moliyaviy jihatdan mustaqil bo’lmasligi, oiladagi rashk, ayol yoki 722 Dekabr, 2024-Yil erkakning xiyonati va befarzandlikni ko‘rsatishimiz mumkin. Oilalarning buzilishi nafaqat jamiyayatga balki shu oiladagi farzandlarning kelajagiga ham o‘zining salbiy tasirini o‘tkazmasdan qolmaydi. “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Dilbar Alimjonovaning ta‘kidlashicha, hisobot davrida 18ming 506 nafar ajrashish arafasida turganlarning ajrim holatlari o‘rganildi. Oilalarning darz ketishiga eng ko’p sabab bo’layotgan omillar sifatida esa quyidagilar aniqlandi: 1.Er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi (50%). 2.Oilada qaynona va qaynota, uchinchi shaxs aralashuvi (17%). 3.Befarzandlik (8%). 4.Xiyonat (6%). 5.Ichkilikbozlik va boshqa zararli odatlar oqibatida (6%). 6.Moddiy taminot masalasi (4%). 7.Ichki va tashqi migratsiya (4%). 8.O‘zi va farzandlari kasalligi tufayli (1%). 9.Uy-joy masalasi (1%). 10.Boshqa sabablar (3%)[1]. Ko‘pchilik oilalardan ajralish sabablarini so‘ralganda asosan uchinchi shaxsning aralashuvi, bir biriga mos kelmaganligi,moliyaviy tomondan qiyinchiliklar,kabi muammolarni ko‘rsatishadi. Yevropa xalqlari oilalari uchun esa ajralish sabablari sifatida aksariyat hollarda, ichkilikbozlikka berilish, xiyonat, xarakterlarni mos kelmasligi kabilar qayd etiladi. Hozirgi kunda ajralish muammosi nafaqat bizda balki boshqa davlatlarda ham dolzarb muammo hisoblanadi. Masalan Islom davlatlarini olib qaraydigan bo‘lsak. So‘nggi yillarda Arab dunyosida ham ajralishlar soni keskin oshgan. Shunday davlatlar boki musulmonlar orasida ajralishlar shunchalik keng tarqalganki har ikkinchi nikoh buziladi. Tadqiqot Misr vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot va qarorlarni qo‘llab quvvatlash markazi tomonidan o‘tkazildi.Unga ko‘ra, Quvayt ajralishlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi, har ikkinchi er xotin u yerda ajralishdi. Ikkinchi o’rinda nikohning 40%i ajraladigan Misr turadi. Iordaniya va Qatarda ham xuddi shunday, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda 34%bilan Livan va Birlashgan Arab Amirliklari joylashgan[2]. Shuni aytib o‘tish joizki oilalarning ajralishi farzandlarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota onasi ajralib ketgan minglab bolalar orasida so‘rovnoma o‘tkazgan bir kitobning 723 Dekabr, 2024-Yil mualliflari shunday deb yozishdi, “Bitta narsa aniq bolalar baxtliroq bo‘ldik deb aytishmadi.Aksincha, ular ota onam ajrashgan kuni bolaligim tugadi.”-deb ochiq aytishdi. Kitobda yozilishicha, bunday bolalar uchun dunyo xavf-xatarga to‘la bir joydek tuyiladi. Chunki ularning eng yaqin odamlari o‘z munosabatlarini saqlay olishmadi. Ajrashganlarning bolalari quyidagi muammolarga duch kelishi mumkin: g‘azablanadi, asabiylashadi va tushkunlikka tushadi o‘zgalar bilan til topisha olmaydi maktabda yomon o‘qiydi yoki umuman o‘qishni tashlab qo‘yadi kasalliklarga ko‘p chalinadi. Xulosa qilib aytganda bazilarning fikriga ko‘ra ajrashgani farzandlarga foyda deyishi mumkin, lekin farzandlar bunday deb o‘ylamaydi,o‘zlarini ayibdor his qilishadi,o‘zini keraksiz deb o‘ylaydi. Farzandlar ota-onasi bilan baxtli bo‘lishadi. Oilalarning ajralishi bu murakkab jarayon bo‘lib uning sabablari har xil bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham oilani saqlab qolishga harakat qilish kerak. Ajrashgan taqdirda ham farzandlarni moliyaviy jihatdan taminlab qo‘yish kerak.
Доказательный фрагмент
«Nowadays, the number ofdivorces is equal to the construction of marriage.»
Образец извлечения
Демо-превьюNowadays, the number ofdivorces is equal to the construction of marriage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, separation, marriage, family conflicts, disruption of marriage, oilaviy ziddiyatlar, nikohning buzilishi, nikoh, moliyaviy muammolar, zo‘ravonlik, ajrimlar, xiyonat, Oila, egoizm.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024