Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH
Mirzayeva Sevinch Jumaboy qizi · Ilhomov U.U
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
The article discusses the role of entrepreneurship and small business in society practical significance and changes in the field in recent years, created The conditions are when it comes to entrepreneurship and small business activities. Keywords: Entrepreneurship, small business, enterprise, factory, product, capital, jobs, market, import, export, credit. Tadbirkorlik yoki biznes (inglizcha: business – “bandlik“), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi. Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20–500 kishi band boʻlgan korxona (firma) lar, kichik tadbirkorlik 10–20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. 672 Dekabr, 2024-Yil Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan [1]. Bugungi globallashuv davrida taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab intilayotgan har bir davlat oldida yoshlarning qalbi va ongini yot gʻoyalardan asrashdek muhim vazifalar koʻndalang boʻlib turibdi. Bunga erishish uchun, avvalo, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish lozim. Jumladan, bu masala mamlakatimiz uchun ham dolzarbdir. Bugun yurtimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi va ularga oid masalalar bilan ishlashda yangicha yondashuv va talablarni yuzaga chiqarmoqda. Jamiyatimizdagi islohotlar jarayonida bu masalalarga ustuvor ahamiyat berilayotgani navqiron avlodni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda muhim omil boʻlayotir. Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgani bilan ham nihoyatda ahamiyatlidir. Xususan, davlat dasturining 96 ta bandida ijtimoiy sohani rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda muhim vazifalar belgilangan. Birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini muhofazalash, yoshlar bandligi va real daromadlarini oshirish hamda 2021–2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini amalga oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalar shular jumlasidandir. Bugun yurtimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi va ularga oid masalalar bilan ishlashda yangicha yondashuv va talablarni yuzaga chiqarmoqda. Jamiyatimizdagi islohotlar jarayonida bu masalalarga ustuvor ahamiyat berilayotgani navqiron avlodni ertangi kunimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda muhim omil boʻlayotir. Yoshlar bandligini taʼminlash omillaridan biri ularni talab etilayotgan kasb boʻyicha ixtisoslashtirishdir. Shu bois, davlat “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida koʻngilli dasturida tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusini amalga oshirish vazifasi qoʻyilgani, ayniqsa, ahamiyatlidir. 673 Dekabr, 2024-Yil “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, ularda biznes koʻnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashish vazifalari belgilandi. Davlat dasturida nazarda tutilgan mazkur vazifalarning amaliyotga toʻlaqonli joriy etilishi natijasida yoshlarning arzon ishchi kuchi sifatida mehnat bozoriga kirib kelishining oldi olinib, bugungi kun talabiga javob beradigan raqobatdosh kadrlar boʻlib yetishishiga erishiladi[2]. Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach hamma sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlik va kichik biznes sohasida katta muvaffaqiyatlar qozondi va qozonib kelmoqda. Istiqlol yillari davlatimmiz tomonidan Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan insonlarga barcha sharoitlar yaratib berildi. Ma’lumki, O‘zbekiston hududida qadimdan hunarmandchilikning turli sohalari shakllangan va istiqlol davrida hunarmandchilik sohasi bilan shug‘ullanib kelayotga fuqorolarga ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi asosida katta- katta tadbirkorlik subyektlari paydo bo‘ldi.
Доказательный фрагмент
«The article discusses the role of entrepreneurship and small business in society practical significance and changes in the field in recent years, created The conditions are when it comes to entrepreneurship and small…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the role of entrepreneurship and small business in society practical significance and changes in the field in recent years, created The conditions are when it comes to entrepreneurship and small… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Entrepreneurship, small business, enterprise, factory, product, capital, jobs, korxona, kapital, ish o‘rni, kichik biznes, bozor, mahsulot, eksport, tadbirkorlik, fabrika, import, kredit.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024