Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERTA NIKOH VA UNING SALBIY OQIBATLARI
Ismoilova Mohira Sherzod qizi · Ilhomov U.U
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article discusses the reasons for early marriage among young people and the dangers it poses for young people, the negative impact on family relationships and the obstaclesto future personal development. In conclusion, it is emphasized that in order to build a strong and healthy family, it is necessary to take into account the readiness of young people for a family and their responsibility towards the family. Keywords: young people, family, marriage, culture, commitment, misunderstanding, personal devolopment, adolescence, material problems, mental disorder, divorce. Nikoh oilani vujudga keltiruvchi muhim asos hisoblanadi. Nikoh arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «birlashish» degan ma’noni anglatadi. Oilaviy hayotning boshlang‘ich nuqtasi odatda, nikohning tuzilishi sanaladi. Ammo, ayol va erkak o‘rtasida rasmiy nikohning mavjudligi ularning yaxlit oilaga birikkanligining belgisi emas. Ushbu ikki tushuncha o‘rtasidagi farqni anglash nikohning keng tarqalgan qator tavsiflarni ko‘rib chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi. Ko‘pchilik faylasuf va sotsiologlarning fikricha, individlararo nikoh va oila, ya’ni erkak va ayol hamda ularning bolalaridan iborat guruh doim mavjud bo‘lgan. Nikoh jinslararo munosabatlarning sotsial tashkillanishi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali bog‘langan tomonlar tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar. 661 Dekabr, 2024-Yil Nikoh yoshi mamlakat qonunchiligida belgilangan yoshga bog‘liq va qizlar hamda o‘g‘il bolalar uchun farq qilishi mumkin.Qonunchilikda belgilangan yoshdan oldin qurilgan nikohlar erta nikoh sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2 bo‘limiga ko‘ra, «Nikoh - bu erkak va ayol o‘rtasidagi erkin, ixtiyoriy, teng ittifoq bo‘lib, oila tuzish va er-xotinning o‘zaro huquq va majburiyatlarini bajarish maqsadida tuziladi»[1]. Erta yoki bola nikohi - kamida bittasi 18 yoshga to‘lmagan ikki shaxsning rasmiy yoki norasmiy birlashmasi. Voyaga yetmagan turmush o‘rtoqlar yoshi tufayli nikohga to‘liq rozilik bera olmaydilar, shuning uchun erta nikohlar inson huquqlari va bola huquqlarining buzilishi sifatida tan olinishi kerak. Erta nikoh - bu har ikki jinsdagi bolalarga turli xil ta’sir ko‘rsatadigan gender hodisasi. Qoidaga ko‘ra erta nikohga kirgan o‘g‘il bolalar soni bunday nikohga kirgan qiz bolalar sonidan sezilarli darajada kam. Erta turmush qurish juda murakkaab muammodir. Ularning ildiz otishining harakatlantiruvchi motivi va sababi ta’limning ahamiyati va qizlarning kelajakdagi ijtimoiy rolining ahamiyatini tushuntirmaslikdir, bu faqat uy ishlari va bolalarni tarbiyalash bilan cheklanib qolmasligi kerak. Ijtimoiy chetlanish, «an’analar», qashshoqlik va boshqa omillar, jumladan, geografik izolatsiya va qurolli mojarolar, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqishi, gender kamsitishlari va ayollarning marginallashuvini o‘zida mujassam etadi va davom ettiradi[2]. Erta turmush qurish sabablari har bir mamlakatning geografik joylashuvi, madaniyati, urf- odati, dini va aholining bilim va qashshoqlik darajasi kabi omillarning xilma-xilligidan kelib chiqib yondashiladi. Erta turmush qurishga asosan ota-onasi va yaqinlarining talabi, sevgi- muhabbat, homilador bo‘lib qolish hamda diniy va an’anaviy urf-odatlar sabab bo‘lishi mumkin. Erta turmush qurish bir qator ijtimoiy va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Erta nikoh ko‘pincha yoshlarning ta’limini to‘xtatishga olib keladi.Yoshlar, o‘z vaqtida o‘qishni tugatmasdan, oila qurganidan so‘ng, bir nechta ma’suliyatlarni uzoq muddat davomida unitishlari mumkin.Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuzatishlar davomida 17 yoshdan 18 yoshgacha katta farq borligi aniqlandi. Xususan, 17 yoshda bolalik davriga xos qarashlar saqlanib qolganligi sababli oiladagi munosabatlar va jamiyatdagi voqealarga emotsional, ishqiy munosabatda bo‘lish, kelajakni ideallashtirish kabi holatlar ko‘p uchraydi. 18 yoshda esa yoshlarda o‘zini chinakam mustaqil shaxs ekani, qarashlari o‘zgarib, fiziologik, ruhiy, ma’naviy tomondan, qaysidir ma’noda hayotga tayyor ekanlik hissi paydo bo‘ladi. Zero, hayotda o‘z o‘rnini topish, kasb-hunar egallash, mutaxassislik tanlash, kelajak istiqbollari rejasini tuzish istagi tabiiyki, kelajakka jiddiy munosabatdan dalolat beradi[3]. 662 Dekabr, 2024-Yil Erta nikoh qurish qizlarning jismonan va hissiy jihatdan tayyor bo‘lgunga qadar, shuningdek, o‘zlarining jinsiy va reproduktiv salomatligi va huquqlari (SRHR) haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishidan oldin jinsiy aloqada bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Erta nikoh qurish o‘smirlik homladorligining asosiy omili bo‘lib, u jiddiy sog‘liq uchun xavf tug‘diradi va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalarni yuqtirish va gender zo‘ravonligini (GBV) boshdan kechirish xavfini oshirishi mumkin. Ba’zi kontektstlarda yosh nikohlar ayollarning jinsiy a’zolarini kesish (FGM/C) bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu inson huquqlarining buzulishi va qizlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazadi[4]. Erta nikoh ko‘
Доказательный фрагмент
«This article discusses the reasons for early marriage among young people and the dangers it poses for young people, the negative impact on family relationships and the obstaclesto future personal development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the reasons for early marriage among young people and the dangers it poses for young people, the negative impact on family relationships and the obstaclesto future personal development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- young people, family, marriage, culture, commitment, misunderstanding, ruhiy buzilish, moddiy muammolar, nikoh, yoshlar, ajralish., oila, o‘smirlik, majburiyat, tushunmovchilik, shaxsiy rivojlanish, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024