К содержанию
РецензированоUZ2024

DUNYODA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING YOSHLAR ORASIDA O’RNI

Ibaydullayev Akobir Ataulla o’g’li

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari inson hayotida eng muhum vositalardan biri bo’lib kelayotganligi, uning dunyodagi o’rni insonlar orasidagi ta’siri, yoshlarning ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumotlariga nisbatan qilayotgan harakatlari va ommaviy axborot vositalarining salbiy taraflariga, dunyoqarashi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Ommaviy axborot vositalari, yangiliklar, information huruji, urush, qurol, internetga qaramlik, virtual olam, yoshlar. Bugungi kunda dunyoda ommaviy axborot vositalarida katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Barcha sohalarda axborot olish va uni yetkazish, ta’sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga aylangan. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o’ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo’lib hizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali bizning milliy qadriyatlarimiz, insoniy huquqlarimiz, inson uchun kerak bo’ladigan foydali maslahatlar, foydali narsalar va eng yangi yangliklarni bila olamiz. Ammo ommaviy axborot vositalaridan noto’g’ri yo’llarda ham foydalanilmoqda. Oxirgi paytlarda information hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o’garganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol – axborotdir. Endilikda jamiki ziddiyatlar ham axborot quroli yordamida hal qilinadigan bo’ldi. Eng xatarli xaf deya axborot xurujlari e’tirof etiladi. Axborot urushlarining yana bir muhim quroli – mif. Turli mamlakatlar axborot siyosatida mifologemalariningo’rni katta. Bu yo’nalishda alohida to’xtaladigan yana bir tarafi yoshlarda axborot iste’moli madaniyatining susligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko’nikmaning yetishmasligi ba’zilarning g’arazli kimsa va oqimlar ta’siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo’liqishlariga sabab bo’lmoqda. Internet tarmoq natijasida yuzaga kelgan kelgan eng katta muammo bu albatta, qaramlik, internet tarmoqlariga tobelik kasalligidir. Ko’p vaqtini internetda o’tqazadigan insonning ruhiyatida mavhumlik va o’z qobig’iga o’ralib olish holati kuzatiladi. 750 Dekabr, 2024-Yil Yoshlar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin. Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan yoshlarni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi mumkin. Yoshlar tarmoqdagi noto’g’ri yo’ldagi biror bir qiziqarli narsaga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas. Shu sababdan kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog‘i manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir ko‘rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur. Yaqindagina ota-onalar yoshlarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda esa bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi. Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi, ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin. Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr talabidir. Xulosa qiladigan bo’lsak bugungi kunda yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmagan kimsalar ham to’g’ri yo noto’g’riligini o’ylab o’tirmasdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan har qanday ma’lumotga o’z fikrini noto’g’ri tasnif qilishlar ko’zatilmoqda.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari inson hayotida eng muhum vositalardan biri bo’lib kelayotganligi, uning dunyodagi o’rni insonlar orasidagi ta’siri, yoshlarning ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalari inson hayotida eng muhum vositalardan biri bo’lib kelayotganligi, uning dunyodagi o’rni insonlar orasidagi ta’siri, yoshlarning ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yoshlar., qurol, yangiliklar, information huruji, internetga qaramlik, urush, virtual olam, Ommaviy axborot vositalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники