К содержанию
РецензированоUZ2024

O’Z JONIGA QASD QILISH – SUITSIDNING SABABLARI VA OQIBATLARI

Sadulloyeva Gulchehra Amrillo qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article aims to shed light on the globalized suicide in the modern world, the factors leading to it, the circumstances and consequences that cause it. Taking into account the economic, socio-psychological aspects of the suicidal person, internal and external factors, its causal factors are addressed through scientific analyses and theories of scientists. Keywords: suicide, society, depression, affect, psychological impact, change, religious views, psychological phenomenon, despair, illness, death. САМОУБИЙСТВО – ПРИЧИНЫ САМОУБИЙСТВА И ПОСЛЕДСТВИЯ Аннотация. Данная статья призвана осветить глобализированное самоубийство в современном мире, факторы, которые к нему приводят, обстоятельства, вызывающие его, и его последствия. Принимая во внимание экономические, социально-психологические аспекты, внутренние и внешние факторы человека, совершающего самоубийство, его причинные факторы рассматриваются посредством научного анализа и теорий ученых. Ключевые слова: самоубийство, общество, депрессия, аффект, психологическое воздействие, изменение, религиозные убеждения, психологический феномен, безнадежность, болезнь, смерть. Har yili dunyoda 800 ming kishi o’rtacha hisobda o’z joniga qasd qiladi – bu har 40 soniyada bitta holat degani. 754 Dekabr, 2024-Yil Deyarli 80% holatlar daromad darajasi kam va o’rtacha bo’lga mamlakatlarfga to’g’ri keladi. Bu suitsidning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib beradi. Tez sur’atlarda taraqqiy etayotgan dunyoda shaxsning o’z hayoti qanchalik bebaho ekanligini anglab yetishi muhim. Har yili ko’plab ayollar, yoshlar, keksalar – u o’spirinlar o’zini hayotdan mahrum etishga intiladilar, bu esa nafaqat o’zlariga, balki atrofdagi yaqinlarga, jamiyatga ham katta zarba beradi. Ayniqsa, yoshlar orasida o’z joniga qasd qilishning ko’payishi, ruhiy salomatlikka bo’lgan e’tiborning yetishmasligi, va jamiyatdagi iqtisodiy beqarorolik holati bu muammoning dolzarbligini oshiradi. Chunki yoshlar davlatning kelajagini belgilovchi, ularning kayfiyati, xulq – atvori shu davlatning ijtimoiy-psixologik, siyosiy o’ziga xoslik belgisidir. “O’z joniga qasd qilish” atamasi lotincha (“sui) – o’zini-o’zi, “caedere” – o’ldirish”) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, insonning o’zini- o’zi hayotdan mahrum qilish ma’nosini anglatadi.[1] S.Bogomlova fikricha, “o’z joniga qasd qilish – bu, birinchi navbatda, umidsizlik psixologiyasidir”. Bu atama birinchi 1947-yilda G.Deshais tomonidan qo’llanilgan. Suitsid tarixan mavjud va ko’plab dinlarda va mamlakatlarda qoralanadi. Lekin hamma davlatlar va dinlarda ham emas. Misol uchun, hindlarda o’z eri halok bo’lganida, u bilan birga yoqib yuborilishi sodiqlik belgisi sifatida qaralib, urushlar vaqtida qancha erkak halok bo’lsa, shuncha ayollarning ham nobud bo’lishiga olib kelgan. Shuningdek, Qadimgi Rim davlatida ham jinoyatlarga jazo tayinlashda o’zini-o’zi o’ldirishni ham kiritganki, bu antik davrning o’ziga xos yana bir jihati bo’lib qolgan. Bu atamaga fundamental ta’rif 1994-yili Dyurgyem tomonidan “O’z joniga qasd qilish” asarida berilgan bo’lib, o’z joniga qasd qilish –bu jabrlanuvchi uni kutayotgan natijalar haqida xabardor bo’lgan holatda uning o’zi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy yoki salbiy harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo’lgan har bir o’lim holati. Bunda statistikada o’zini o’zi o’ldirishning jamiyat bilan bog’liqligini ko’rsatib beradi. Uning egri chizig’i tasodif emas, “individlar tarkibi o’zgarib boraveradi, suitsid esa jamiyatning o’zi o’zgarmas ekan, u ham qolib ketaveradi.” Qadimgi arman faylasufi E.Daffioz suitsidning oqlash mumin bo’lgan quyidagi oltita sababini tan oladi: 1) yashash uchun mablag’larning yetishmasligi bilan; 2) kuchli og’riq bilan kechadigan kasallik; 755 Dekabr, 2024-Yil 3) umidsiz holat (asir, tahdid, qiynoqlar); 4)chuqur qarilik; 5)nopok yoki kamsituvchi harakatga majburlash; 6)umumiy baxtsizlik. Bu shuni anglatadiki, qadimgi davrlarda olimlar uni oqlashning alohida sabablarini o’ylab topishgan, chunki diniy jihatdan ham bilamizki, o’z joniga qasd qilgan insonning sha’ni jamiyatda u o’lganidan so’ng ham tahqirlangan, uning oila a’zolari, yaqinlaridan ijirg’anish tuyg’usi jamiyat a’zolarini chulg’ab olgan. Dyurkgeym esa yetarli darajada ishonchli ravishda o’zi joniga qasd qilish dalillarni psixologik, biologik, geografik izohlarining bir tomonlama va to’liqemasligini ko’rsatib beradi va ularni jamiyat tuzilmasidagi o’zgarishlar, bilan bog’liq ravishda ( oilaviy; diniy; milliy va h.k.) o’rganadi. Bu sutsidning sabablari turg’un bo’lmasligini, ular jamiyatdagi o’zgarish va yangiliklarga mos ravishda o’zgarib borishligini ta’kidlagan. O’z joniga qasd qilish shunday umidsizlik holatiki, bunda o’tmishdagi kichik buzilishning, insonning psixikasiga berilgan ruhiy, jismoniy, aqliy zo’riqishning davomiyligi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni boshqa hech qanday vosita va usullar bilan avvalgi ahvoliga qaytara olmaslik yoxud shaxsning shunday deb o’ylashi (ayollarning zo’ravonlik, jinsiga tajovuz natijasida jamiyatda

Доказательный фрагмент

«This article aims to shed light on the globalized suicide in the modern world, the factors leading to it, the circumstances and consequences that cause it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article aims to shed light on the globalized suicide in the modern world, the factors leading to it, the circumstances and consequences that cause it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
suicide, society, depression, affect, psychological impact, change, religious, o‘lim., o‘zgarish, suitsid, depressiya, kasallik, affekt, psixologik hodisa, jamiyat, psixologik ta’sir, diniy qarashlar, umidsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники