К содержанию
РецензированоRU2024

BOTANIK TERMINLAR GRADUONIMIK SINONIMIYASINING STILISTIK XUSUSIYATI

K.F. Sultonova

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article reveals that the phenomenon of graduonymy is examined in the mirror of all levels of language, starting from the simple lexical stage. Key words: term, graduonymy, plants, lexical units, dialectic, explanatory dictionary, speech environment. Аннотация: В данной статье раскрывается, что феномен градуонимии рассматривается в зеркале всех уровней языка, начиная с простого лексического этапа. Ключевые слова: термин, градуонимия, растения, лексические единицы, диалектика, толковый словарь, речевая среда. O‘zbek tilshunosligida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni asosida til hodisalariga graduonimik yondashuv shakllandi. Graduonimiya hodisasi oddiy leksik bosqichdan tortib1, tilnining barcha sathlari ko‘zgusida tekshirildi2. Bu leksik-semantik munosabat keyinchalik sathlararo munosabatlarda ham qo‘llandi, bundagi o‘ziga xosliklar tekshirildi3. Shuningdek, graduonimiya til hodisalarini tadqiq qilishda lingvistik metodologiya vazifasini bajardi 4 . Ta’kidlash lozimki, so‘zlar, ular ma’nolari orasidagi darajalanish uzoq yillardan buyon tadqiqotchilar va ijodkorlarni qiziqtirib kelgan. Lug‘aviy birliklarning muayyan miqdor, belgi, harakat va holatni ifodalashiga ko‘ra farqlanishi, ulardagi o‘z va ko‘chma ma’nolarning darajalanishi asosida hosil qilingan badiiy san’at namunalari milliy adabiyotimiz namunalarida 1Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филология фанлари номзоди дисс. автореферати. – Тошкент, 1996. – Б. 26. 2Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филология фанлари номзоди дисс. автореферати. – Тошкент, 1997. – Б. 27. 3Ширинова Н.Д. Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарқлаш воситалари: Филология фанлари номзоди дисс. автореферати. – Бухоро, 2010. – 15 б. 4 Ибрагимов Ж. Ўзбек тилини субстанциал-прагматик тадқиқ қилишнинг методологик асослари: Филол. фанл. б. фалс. докт. дисс. – 121 б. 627 Dekabr, 2024-Yil ham ko‘plab uchraydi. Masalan, Lutfiy ijodidagi quyidagi misralarda lug‘aviy birliklar ta’did san’atini hosil qilgan: O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u, olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa. Misralarda keltirilgan savob, olqish, yuz ming duo so‘z va birikmalarida ma’no ko‘lami oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shunday holatni Ahmad Yassaviy qalamiga mansub quyidagi misralarda ham ko‘rishimiz mumkin: Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. Ta’didning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda mantiqiy rivojlanish, ketma-ket mazmunning o‘sib borishi, tadrijiylik, ya’ni darajalanish kuzatiladi. Fikr darajalanish vositasida qabariqlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan misollarda ham ma’noviy o‘sish, ta’sir darajasi chapdan o‘ngga qarab ortib boradi. Umuman, darajalanish o‘quvchi va tinglovchiga ta’siri nuqtayi nazaridan badiiy asarlarda betakror san’at turi hisoblanadi. Darajalanish o‘zbek lug‘atchiligida ham o‘z aksini topgan. Masalan, qulun, toy, g‘o‘non va do‘non so‘zlari otni yoshi o‘sib borishiga ko‘ra darajalaydi. Graduonimiyaning mohiyati bir necha til birligining belgi (miqdor, harakat) oz- ko‘pligi asosida lug‘aviy-ma’noviy tizimda namoyon bo‘lishi, lug‘aviy graduonimik qatorlar hosil qilishida yuzaga chiqadi. Graduonimik qatorlarda dialektikaning miqdoriy o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tishi (belgining ortib borishi), inkorni inkor (qatorning ikki cheti), qarama- qarshiliklar birligi va kurashi (bir yetakchi so‘z atrofida birlashishi) qonunlari aks etishi tilshunos Sh.Orifjonova tomonidan qayd etildi5. Tilshunos O.Bozorov darajalanish qonuniyati borliqning yashash sharti ekanligini falsafiy nuqtayi nazardan asoslab berdi6. Tilshunos B.Mengliyev o‘z tadqiqotida darajalanishning alohida turi, ya’ni lisoniy birliklar umumiy lisoniy mohiyatining xususiy ma’nolargacha darajalanish bosqichlarini ajratdi7. Yana bir tadqiqotchi L.Xudoyberdiyeva o‘zbek tilidagi nominativ birliklar orasidagi darajalanishni o‘rgandi8. Olima ma’no kengayishi va torayishi hodisasi til birliklari orasidagi darajalanish qonuniyatiga bo‘ysunishini ilmiy asoslaydi. Darajalanish borasida to‘plangan boy ilmiy ma’lumotlarni terminlar graduonimik sinonimiyasida ham qo‘llash, tadqiq obyektining yangi qirralarini ochish imkoniyati mavjud. 5Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия: Филол.фанлари номзоди дисс....автореф. – Тошкент, 1996. – Б. 24. 6Базаров О. Ўзбек тилида даражаланиш. –Тошкент: Фан, 1995. – Б. 45. 7Менглиев Б. Менглиев Б. Тил яхлит система сифатида: Монография. – Тошкент: Ниҳол, 2010. 8Худойбердиева Л.С. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг даражаланиши: Филол.фанлари номзоди ...дисс.автореф. – Тошкент, 2003. – Б. 17. 628 Dekabr, 2024-Yil Har qanday graduonimik qatorda sinonimlik va antonimlik xususiyatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu ko‘p a’zoli graduonimik qatorlarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. A’zolar bir tushunchaning turli darajalarini ifodalashi bilan sinonimlik leksik-semantik munosbatida bo‘lsa, qatorning ikki chetida farqlarning kattalashib borishi ular orasida

Доказательный фрагмент

«This article reveals that the phenomenon of graduonymy is examined in the mirror of all levels of language, starting from the simple lexical stage.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reveals that the phenomenon of graduonymy is examined in the mirror of all levels of language, starting from the simple lexical stage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
term, graduonymy, plants, lexical units, dialectic, explanatory dictionary, dialektika, o’simliklar, lug‘aviy birliklar, graduonimiya, termin, izohli lug’at, nutqiy qurshov.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники