К содержанию
РецензированоUZ2024

JADIDCHILARNING AMALIY HARAKATLARI VA TARIXIY TAQDIRLARI HAQIDA IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLAR

NEW RENAISSANCE · HAQIDA IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLAR · Qosnazarova Palzada Quwanishbaevna

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

The article details the Jadids ' 1916 struggle for national liberation of the Uzbek people, the uprising, which gurily burned in many cities and villages not only in Turkestan, but also in Central Asia and Kazakhstan, the ideas of the uprising, which were presented in the books of researchers Sharif Rizo, Mavlon Vahobov vuallifi. Key words: Jadidism movement, white king, Holy Blood, national bourgeoisie, martial law, Sebzor genius. 1916 yil qo‘zg‘oloni o‘zbek xalqining milliy ozodlik uchun olib borgan kurashi tarixining yorqin sahifalaridan biridir. Nafaqat Turkiston, balki Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning ham ko‘pgina shahar va qishlokdarida gurillab yongan qo‘zg‘olon olovi, bir tomondan, chor hokimiyati o‘tkazgan zulmning haddan oshgani, ikkinchi tomondan, XX asrning 10-yillariga kelib mo‘min- 202 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 musulmon xalqlarning ijtimoiy ongi o‘sib, o‘z haq-huquqini tiklash va mustamlakachilik kishanlarini parchalash uchun kurashga astoydil otlanganidan darak berdi. Jadidlarning bu milliy ozodlik harakatiga munosabati haqida juda oz yozilgan. Bu oz ma'lumotlarda ham ularning 1916 yil qo‘zg‘oloniga bo‘lgan munosabati faqat salbiy baholanib kelingan. Hamza ijodining ilk tadqiqotchilaridan biri Sharif Rizo “Yangi saodat kurashchisi” (1939) degan maqolasida mazkur masalaga to‘xtab, bunday yozgan: “Kechagina “oh, millatim!” deb tilini osiltirib yurgan jadid ziyolilari va o‘zbek boylari oq podshoga o‘zlarining sodiqliklarini va uning “ko‘p yillar” yashashi uchun har qanday og‘ir xizmatga tayyorliklarini bildiradilar”. Sharif Rizodan to‘rt yil avval "Jadid adabiyotining sinfiy mohiyatiga" sarlavhali maqolasida Hamid Olimjon ham bunday so‘zlarni aytgan: “Bu vaqtda o‘zlarini yangilik tarafdori, “inqilobiy” xalq uchun kurashuvchi qilib ko‘rsatib kelgan, hammaga “och ko‘zingni”, deb baqiruvchi jadidlar yo‘lda chekilib qoldilar. Ular isyonchilar bilan, inqilobiy omma bilan bora olmadilar. Isyonchilar va inqilobchilarning yo‘li va ishi ular uchun yot va qo‘ldan kelmaydigan bo‘lib chiqdi ". Atoqli shoir mazkur masala xususidagi fikrlarini jamlab, “Qo‘zg‘olonni bosish, isyonni tugatishda jadidlar chorizmga yordam qildilar” deb yozgan. Shubhasiz, bu har ikkala yozuvchining jadidlarni masxara qiluvchi yuqoridagi so‘zlari sovet mafkurasining talabi bilan aytilgan. Agar bu har ikkala muallif jadidlarning 1916 yil qo‘zg‘oloniga bo‘lgan munosabatlari haqida yo‘lma-yo‘lakay fikr bildirgan bo‘lsalar, sovet davrining taniqli tarixchisi Mavlon Vahobov “O‘zbek socialistik millati” (1960) kitobida mazkur masalaga maxsus o‘rin ajratib, jumladan, quyidagilarni yozgan: “...tug‘ilib kelayotgan o‘zbek milliy burjuaziyasi va uning mafkurachilari bo‘lgan jadidlar 1916 yil qo‘zg‘oloni davrida podsho hukumatiga qarshi chiqmadilar, aksincha, chorizm va rus burjuaziyasi tarafida bo‘ldilar. Shuning uchun Turkistonning o‘zbek rayonlaridagi 1916 yil qo‘zg‘oloni bir butun xalq qo‘zg‘oloniga aylanmasdan, ayrim shahar va qishloq aholisining yakkama-yakka chiqishidan iborat bo‘lib qoldi... O‘zbek milliy burjuaziyasi qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan taqdirda qo‘zg‘olon katta yutuqlarga erishishi mumkin bo‘lardi”. M.Vahobovning zikr etilgan kitobidan keyin kechgan vaqt mobaynida jadidchilik harakati va uning namoyandalari oqlanibgina qolmay, ularning ijtimoiy, adabiy va madaniy-ma'rifiy faoliyati to‘g‘risida ko‘plab kitob, risola va maqolalar yaratildi. Ammo ularda jadiddarning 1916 yil voqealariga munosabati masalasiga aniqlik kiritildi, deyish qiyin. 203 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Jadiddar Turkistonning XX asrdagi ijtimoiy-madaniy hayotida qanchalik muhim o‘rin tutgan bo‘lmasin, ularning siyosiy partiyaga xos belgilar -rahbarlik qiluvchi markaz, qat'iy harakat dasturi, nizom va a'zolarga ega bo‘lmaganini nazardan qochirmaslik lozim. Jadidchilik harakati 1905-1917 yillarda yangi maktab, matbuot, adabiyot va teatr, shuningdek, namoyishlarni tashkil qilish orqali xalq ommasiga muayyan ta'sir o‘tkazdi. Lekin bu ta'sir doirasiga xalq ommasining barcha qatlamlari jalb etildi, deyishga asos yo‘q. Shuning uchun ham na qurolli kuchlari, na boshqa imkoniyatlari bo‘lgan jadiddarning qo‘zg‘olonning pirovard takdirini bila turib, unga rahbarlik qilishlari mumkin emas edi. To‘g‘ri, jadidlar "oq podsho"ning mardikorlikka olish haqidagi farmoni munosabati bilan stixiyali boshlangan qo‘zg‘olondan chetda turishlari, uni ko‘rmaslikka olishlari mumkin emas edi. Shuning uchun ham ular qo‘zg‘olonning dastlabki davrida isyonchilar tarafida bo‘ldilar, hatto ularning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab turdilar. Lekin Turkistonda harbiy holat e'lon qilinishi bilan aniq harakat dasturiga ega bo‘lmagan ommaning stixiyali harakati ko‘ngilsiz oqibatlarga olib borishi mumkinligini yaxshi bilgan jadiddar isyonchilarga rahbarlik qilishni o‘z zimmalaridan soqit qilib, qo‘zg‘olonni tinch o‘zanga burib yuborishga urindilar.

Доказательный фрагмент

«The article details the Jadids ' 1916 struggle for national liberation of the Uzbek people, the uprising, which gurily burned in many cities and villages not only in Turkestan, but also in Central Asia and Kazakhstan,…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article details the Jadids ' 1916 struggle for national liberation of the Uzbek people, the uprising, which gurily burned in many cities and villages not only in Turkestan, but also in Central Asia and Kazakhstan,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism movement, white king, Holy Blood, national bourgeoisie, martial law, Qutlug‘ qon, Milliy burjuaziy, harbiy holat, oq podsho, Sebzor dahasi., Jadidchilik harakati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники