К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING AHAMIYATI VA PISANING XALQARO BAHOLASH DASTURIDAGI O‘RNI

NEW RENAISSANCE · Omonova Dildora Nekmurodovna · Rozzoqboyeva Sevara Alijon qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti)

Современная наука и исследования · 1 · 1-4 · 2024

Аннотация

This article discusses the importance of international assessment programs, participation in which is important for each country today, and which show the state of the education system of our country, as well as the reasons why it has become a student of the era. Keywords: international assessment program, PISA, importance, ranking, curriculum, test, research, knowledge. 197 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 Bugungi kunda ta’lim tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan bir paytda dunyo hamjamiyatida xalqaro baholash dasturlariga bo‘lgan talab yildan yilga kuchayib bormoqda. Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro baholash dasturlariga PISA PIRLS, TIMSS, EGRA, EGMA, TALIS kabi dasturlar barcha davlatlarni qamrab olib ulardagi taʼlim tizimini baholab, rivojlanishiga katta yordam va ko'zgusi vazifasini bajarib kelmoqda. Chunki bu tadqiqotlar har bir davlatning ta'limini ko'rsatib ularni reytingdagi natijasida xulosa chiqargan holda darsliklarini va dasturlarini qayta yangilashiga sabab bo'lyapti. Oxiri o'rinda turgan davlat yetakchi davlatning ta'lim tizimini olgan holda o'zining ta'lim tizimidagi kamchiliklarini tuzatib kelmoqda. Shu jumladan biz ham hozirda yangi darsliklarida quyidagi keltirib o'tilgan xalqaro baholash dasturlarining ahamiyatini bilgan holda yangi topshiriqlarini kiritib kelmoqdamiz. Bu yurtimizdagi ta'lim tizimiga bo'lgan e'tiborini ko'rsatib turibdi. Hozirda PISA dasturiga ham alohida e'tibor berilmoqda. Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan. Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000- 2015-yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda — Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada — Finlandiya, Estoniya, Shveysariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi rivojlangan. 198 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi. PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi: 1.Bir javobli testlar; 2.Bir nechta javobli testlar; 3.Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; 4.Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan. Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rang-barang matematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagram

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of international assessment programs, participation in which is important for each country today, and which show the state of the education system of our country, as well as the r…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of international assessment programs, participation in which is important for each country today, and which show the state of the education system of our country, as well as the r… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
international assessment program, PISA, importance, ranking, curriculum, tadqiqot, xalqaro baholash dasturi, sinov, o‘quv dasturi, reyting, ahamiyat, bilim.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники