Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Yozma mabalarida keltirilgan handasaviy chizmalarning tahlili va ta‟limda qo‟llanilishi
TA‟LIMDA QO‟LLANILISHI · Omonov Q.K.
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Abul Vafo-Buzjoniy (940–998) tomonidan yozib qoldirilgan manbalar asosida bir nechta handasaviy (geometrik) girihlarni tahlil qilib ta‘lim jarayonida qo‘llash usullari haqida ma‘lumotlar keltigilgan. O‘rta Osiyo mamlakatlarida qo‘llanilgan va bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda keltirilgan geometrik chizmalarni me‘morchilikda hamda hunarmandchilikning turli sohalarida joriy etilgan girihlarni zamonaviy o‘qitish tizimida bo‘lajak arxitektot-muhandislarni grafikaviy fazoviy tasavvurini shakllantirib zamonaviy va milliy me‘morchiligimizda geometrik yasashlarni tarixiy manbalar asosida shakllantirish. IX asrlardan buyon vujudga kelgan girix naqshlarining bugungi kungacha geometrik yasalishlari o‘zining jozibadorligi bilan kishilarning diqqatini tortib kelmoqda. Ushbu geometrik chizmalar me‘morchilikning asosi hisoblangan plani va fasadida, binolarning ichki va tashqi dizaynida keng qo‘llanilgan. Kalit so‟zlar: Oʼrta Osiyo, girix, me‘morchilik, Hunarmad, manba. Oʼrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bezak sanʼatida girix IX-XII asrlarda ravnaq topgan. Аrxeologik ma‘lumotlariga qaraganda Oʼrta Osiyo bezaklarida girix naqshini vujudga kelishi VIII asrning boshlariga borib taqaladi (Varaxsha ganch oʼymakorlik namunalari, Mugʼ togʼidagi topilmalar Soʼgʼd qalʼasi va h.k.). Zarafshon vodiysi, Xiva (IX-XII asrlar) dagi arxeologik topilmalar, XIV-XVII Oʼrta asrlarga oid Buxoro, Samarkand, Xiva shaharlarda masjid, maqbara va saroylarini bezashda girix keng qoʼllanilgan. Аniq fanlar va qurilish ishlaridagi muvaffaqiyatlar ushbu bezak sanʼatidagi mavhum geometrik shakllar uchun yoʼl ochib berdi. Girix qatʼiy qonuniyatga ega murakkab shakllar asosida takrorlanadi. Demak, har bir girix handasaviy (geometrik) qonuniyatlar asosida vujudga keladi. Girix oʼzining murakkabligi, aniq qonuniyatga ega boʼlganligi hamda koʼrkamligi bilan boshqa naqsh turlaridan ajralib turadi [Q.K. Omonov, 2021: 15]. Abul Vafo-Buzjoniyning ―Hunarmadlar geometrik yasashlardan nimalarni bilishlari zarur‖ [ Bulatov M.S. 1988: 315] nomli kitobida keltirilgan geometrik chizmalarning grafik dasturlar orqali yasalishlarini ko‘rib chiqamiz (1-chizma, kitobning 192-b.). 271 a) d) 1-chizma. Manbada keltirilgan geometrik chizma girix shaklining bir qismi tasvirlangan mana shu bo‘lakni yasah uchun to‘g‘ri burchakli to‘g‘ri chiziqlar chizilib AB masofani radius qilib AB dan AP to‘g‘ri chiziqqa yoy o‘tkaziladi va yoyni teng yetti bo‘lakka bo‘lib BZ to‘g‘ri chiziqqa A nuqtadan yoyni yetti bo'lakka bo‘lingan bir qismidan to‘g‘ri chiziq o‘tkazilib C nuqta aniqlanadi. AC to‘g‘ri chiziq teng ikkiga bo‘inib markazida D nuqta belgilanadi. AD masofani B nuqtadan o‘lchab BZ to‘g‘ri chiziqqa E nuqta topiladi. E nuqtadan AC to‘g‘ri chiziqqa parallel o‘tkaziladi va AB kesmaga G nuqta belgilanadi. EG to‘g‘ri chiziqning markazida topilgan F nuqtadan BZ to‘g‘ri chizig‘iga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. EF masofali to‘g‘ri chiziqning markazi H nuqtadan F nuqta orqali yoy o‘tkazilib I nuqta topiladi. E nuqta bilan I nuqta birlashtirilib K nuqta topiladi. G nuqtadan K nuqtagacha bo‘lgan masofani radius qilib yoy chiziladi EG to‘g‘ri chiziqqa M nuqta hosil bo‘ladi, yoyga KMN nuqtalar belgilanadi (MN masofa KN ga teng) K nuqtadan BZ to‘g‘ri chiziqqa parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilib EG kesmada L nuqta topiladi. L nuqta bilan N nuqta o‘zaro tutashtirilib AP tomonigacha davom ettirilib X nuqta belgilanadi. E nuqtadan L nuqtagacha bo‘lgan masofa radius qilib olinib BZ tomonigacha yoy chizilib O nuqta topiladi. O bilan X nuqtalar tutashtirilsa AC to‘g‘ri chiziqa parallel to‘g‘ri chiziq hosil bo‘ladi. X nuqtadan N nuqtagacha bo‘lgan masofada aylana chizilib teng yetti bo‘lakka bo‘linadi. Xuddi shu aylana yoyini C nuqtada ham 272 bajarilib muntazam yetti burchakli ko‘pyoqlik bajariladi. Ko‘pburchak tomonlarini 1-chizma, a da ko‘rsatilgandek qilib yo‘g‘onlashtirilsa manbada keltirilgan girix naqshining ko‘rinishi tayyor bo‘ladi (1- chizma, b). Tayyor bo‘lgan girixning chetki chegara chiqlarini markaz qilib grafik dasturlarda simmetrik nusxalar ko‘chirilsa 1-chizmaning c dagidek qilib kombinatsiyalash va har xil o‘lchamli tekis yuzalarga moslashtirib masshtablarda bajarish mumkin. 1-chizma a da ko‘rsatilgan ikkinchi chizmada ixtiyoriy berilgan uchta nuqta orqali aylana chish ko‘rsatilgan. Ixtiyoriy 1 2 3 nuqtalarni o‘zaro to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirib 1 2 kesma va 2 3 kesmalarni teng ikkiga bo‘lib perpendikulyar ingichka chiziqlar o‘tkaziladi perpendikulyar o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqlarning kesishgan O nuqtasidan O1 (O1=O2=O3) masofani radius qilib aylana chizilsa barcha nuqtalarni kesib o‘tuvchi aylana hosil bo‘ladi [T.R. Sobirov, Buxoro 2020: 79] (1-chizma, d). Abul Vafo-Buzjoniy tomonidan mujassamlashtirilgan geometrik chizmalarning bajarilishi bugungi kundagi girixlarni asosi sifatida ko‘riladi. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyo me‘morchiligida ajdodlarimizning ilmiy izlanishlari beqiyosh. Al- Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘be
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Abul Vafo-Buzjoniy (940–998) tomonidan yozib qoldirilgan manbalar asosida bir nechta handasaviy (geometrik) girihlarni tahlil qilib ta‘lim jarayonida qo‘llash usullari haqida ma‘lumotlar keltigilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Abul Vafo-Buzjoniy (940–998) tomonidan yozib qoldirilgan manbalar asosida bir nechta handasaviy (geometrik) girihlarni tahlil qilib ta‘lim jarayonida qo‘llash usullari haqida ma‘lumotlar keltigilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- manba, Hunarmad, girix, Oʼrta Osiyo, me‘morchilik
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019