К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalik davrida tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari

SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI · N. Nurmatov

Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований · 96-103 · 2026

Аннотация

This article discusses the peculiarities of the formation of tolerant thinking in the adolescent during his student days, as well as his socio-psychological problems. Bugun biz tarixiy bir davr – xalqimiz o‟z oldiga ezgu va ulug‟ maqsadlar qo‟yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‟z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‟lida ulkan natijalarni qo‟lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o‟z taqdirimizni o‟z qo‟limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‟lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Mamlakatimizda yosh avlod ta‟lim-tarbiyasiga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„g„il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma‟naviyatli bo„lib ulg„ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi prezidnti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shu yil 15-iyun kuni Toshkentda bo„lib o„tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so„zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to„xtalib o„tdi. "Bizni hamisha o„ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so„z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog„liq. Bugun zamon shiddat bilan o„zgaryapti. Bu o„zgarishlarni hammadan ham ko„proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o„z davrining talablari bilan uyg„un bo„lsin. Lekin ayni paytda o„zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug„ zotlarning avlodimiz, degan Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 497 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” da‟vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o„zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta‟kidladi Prezidentimiz. Tolerantlik insonlar, millatlar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar va turli diniy e‟tiqoddagi kishilarni bir-biri bilan bog‟lab, ular o‟rtasidagi munosabatlarda do‟stona muhitning yuzaga kelishini va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta‟minlaydi. Hozirgi kunda pedagoglar jamoasidagi shaxslararo munosabatlarning o‟ziga xosligi masalasi psixologiya fanining tadqiqot predmeti sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan olganda, pedagoglar jamosida negativ ta‟sirlarga nisbatan tolerantlikni shakllantirish masalasi hozirgi kun ta‟lim-tarbiyasiga samarali ta‟sir ko‟rsatishida muhim hisoblanadi. O‟rta Osiyo va yaqin sharq xalqalarida tolerantlik tarbiyasi uzoq tarixga ega. Ota-bobolarimiz farzandlariga juda yoshlikdan boshlab boshqa din va millatlarning vakilariga nisbatan sabr-bardoshli bo‟lib, o‟zga xalqlarning madaniyati, tili, urf- odatlarini hurmat qilish kabi fazilatlarni singdirganlar. Shu bilan birga tolerantlik tarbiyasini kelgusi avlodlarga ham targ‟ib qilganlar. Bugungi kunda vatandosh mutafakkirlarimizning falsafiy qarashlarini taxlil qila bilish ham milliy ong taraqqiyoti uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. Milliy ong jamiyat va har bir fuqaro uchun zarur bo‟lgan keng dunyoqarash rivojlanishining omili sifatida beqiyos ahamiyatga egadir. Bu masalada qomusiy olim Forobiy ma‟lum xalq va butun insoniyat to‟plab kelgan ma‟naviy-milliy merosi, ruxlari , ya‟ni shaxslarning ma‟naviyati, ongi milliylashib, bir-biri bilan qo‟shilib boradi , - degan edi. Bir avlodning jismi yo‟q bo‟lib ketishiga qaramasdan, ularning ong manbalari saqlanib, keyingi avlod davrida jamiyat rivojlanishiga moslashib, yangicha fikr- muloxazalar bilan boyitilgan holda, milliy ong, g‟oyalar ifodasi shakliga bir qator o‟zgarishlar kiritib boradi. Shu tariqa, keyingi avlod oldingiga nisbatan yuqori intellekt sohibi sifatida mukammalroq ishlarni bajarish imkoniyatlariga ega bo‟ladi. Bu esa ongning doimiy rivojlanish tizimida bir yo‟nalishdan boshqa, mukammalroq yo‟nalishga ko‟chib, serqirra jarayonga aylanib boradi. Demak, bugungi avlod uzoq tarixda o‟tgan insonlar ruhi, fikr- g‟oyalari, e‟tiqodini o‟zida mujassamlashtirgan holda milliy ongni rivojlantirib boradi. Oldingi avlod vakillari ongidagi o‟xshashliklarning to‟ldirib borilishi natijasida hozirgi milliy ong shakllanib, milliylik yanada ortadi. Forobiy ta‟limotining fazilatlaridan biri xalqlarni bir- biriga qarshi va bir- biridan ustun qo‟ymagani, ularni butun insoniyatning ajralmas qismi sifatida talqin qilishidadir. Demak, Forobiyning jamiyat to‟g

Доказательный фрагмент

«This article discusses the peculiarities of the formation of tolerant thinking in the adolescent during his student days, as well as his socio-psychological problems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the peculiarities of the formation of tolerant thinking in the adolescent during his student days, as well as his socio-psychological problems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tolerantlik tafakkuri, ijtimoiy-psixologik muammolar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники