К содержанию
РецензированоUZ1971

Talabalarda o`z-o`ziga bo`lgan ishonch va ishonchsizlik hissini o`rganishning nazariy va amaliy ahamiyati

D. M. G`aybullayeva · Sh. Parpiyeva

Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований · 60-62 · 1971

Аннотация

This problem is one of the most pressing issues today, because self-confidence is a characteristic of the individual, which ensures the effectiveness of activity and communication, the success of adaptation to the social environment. The article describes the psychological features of the theoretical and practical study of students' confidence. So'nggi yillarda jahon psixolog olimlari tomonidan ishonch fenomenini o'rganish tobora ko'payib bormoqda. Bu atama 1971 yilda S. Djurardom tomonidan taklif qilingan bo`lib, ishonch tushunchasini u shunday ta`riflaydi: "shaxsning o'zi haqida boshqa insonlarga nisbatan shaxsiy ma'lumotlarga ega bo`lishi, ya`ni “xabar” ma`nosini bildiradi”. Birinchi marta P. Laskou tomonidan “ishonch” hissini o'rganish uchun dastlabki qadamlar qo'yildi. U ishonchni o'z-o'zini anglash jarayonida o'zini namoyon qiladigan hodisa deb hisoblagan. Uning fikriga ko'ra, ishonch hissi insonning boshqa odamlarga va butun dunyoga nisbatan ochiq munosabat bildirishini ifodalaydi. Uning nazariyasiga ko`ra, ishonch hissining shakllanishi dastlab bolalik davrida sodir bo'lib, u psixologik jihatdan sog'lom shaxsning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. [1, 79-85]. Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 443 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” E.Erikson shaxsning chaqaloqlik davrida ishonch va ishonchsizlik hissini shakllantirishga e`tibor qaratdi. E.Erikson yosh davrlari bo`yicha insonning rivojlanish nazariyasida har bir yosh bosqichida rivojlanishi kerak bo'lgan fazilatlarni tasvirlab berdi. Uning nazariyasiga ko'ra, 1 yoshdagi bola, ijobiy-psixologik ijtimoiy vaziyatda bo'lishi, insonning hayotga bo'lgan asosiy ishonch hissini rivojlantirishga, keyinchalik esa boshqa barcha fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishini lozim. Agar ishonch hissi shakllanmagan bo'lsa, bunga qarama-qarshi tarzda ishonchsizlik hissi paydo bo`ladi. Bundan tashqari E.Erikson ishonch hissini shakllantirishda nafaqat boshqalarga, balki o'z-o'ziga bo'lgan ishonch, o'z ehtiyojlari va istaklarini amalga oshirish qobiliyatiga ega bo`lish kerakligi eng muhim omil deb hisoblaydi. Bolaning dunyoga bo'lgan ishonch hissini anglashi, uni his qilishi shaxsning odamlar bilan uyg'unligining asosi sifatida, ular bilan muloqot qilish va parallel ravishda o'zini shaxs sifatida ta'kidlash qobiliyatining asosi sifatida belgilab, E.Erikson sog'lom shaxsning ko'rsatkichlaridan biri sifatida ishonch hissiga alohida ahamiyat beradi [2, 134-146]. Gumanizm psixologiyasining asoschisi А.Мaslou ishonch hissini o'z-o'zini anglaydigan shaxsni shakllantirish uchun zarur psixologik omillardan biri deb hisoblaydi. U o'z-o'zini anglash nazariyasida ishonch hissini dunyoga bo'lgan munosabat shakli sifatida ko'radi va bolaning asosiy ehtiyojlarini qondirish natijasida ishonch hissi paydo bo'ladi, deb ta`kidlaydi. А. Мaslou, o'z-o'zini namoyon qiladigan shaxs birinchi navbatda dunyoga ishonchli munosabatda bo'lishi kerakligini aytadi [3, 25-29]. Bundan tashqari, u ishonchni nafaqat atrofdagi dunyoga nisbatan munosabat sifatida, balki o`z-o'ziga bo`lgan munosabat sifatida ham ko'rib chiqish kerak deb hisoblagan. XX asrning 80-yillari oxirida psixologlar ishonch hodisasini o'rganishga dastlabki harakatlarni boshladi. Ishonch - bu inson psixikasini o'rganish uchun asosiy sub'ektiv yondashuv bo'lib, u shaxs shakllanishining hayot jarayonida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan psixologik xususiyat sifatida tadqiq qilindi. Shu bilan birga, ishonch hissi o'z-o'ziga bo`lgan ishonch va atrofdagi dunyoga bo'lgan ishonchning mustahkamligi sifatida ham qaraladi. V. A. Petrovskiy o'zining kontseptsiyasida o'z - o'ziga bo`lgan ishonch hissini tuzilishini shunday tasvirlaydi: “ishonch - bu insonning voqea-hodisalarga bo`lgan munosabati bilan o'z imkoniyatlarini aks ettiruvchi ko`rsatkich, shaxsda ishonch hissi Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 444 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” bo`lmasa, inson xech bir faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas”. Ijtimoiy psixologiyada ishonch hissi do'stlik munosabatlari bilan bog'liq holda ko'proq rivojlanadi. A. N. Leontev “agar, shaxsda kuchli irodali harakatlar bilan birgalikda o'ziga bo'lgan ishonch hissi rivojlantirilsa, inson har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda “asos” bo`lib xizmat qilishini ta'kidlaydi. Faoliyat

Доказательный фрагмент

«This problem is one of the most pressing issues today, because self-confidence is a characteristic of the individual, which ensures the effectiveness of activity and communication, the success of adaptation to the soc…»

Образец извлечения

Демо-превью

This problem is one of the most pressing issues today, because self-confidence is a characteristic of the individual, which ensures the effectiveness of activity and communication, the success of adaptation to the soc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishonchsizlik hissi, amaliy ahamiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники