Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Zamonaviy psixologiyada agressiya haqidagi qarashlar
N. Ismoilova · D. Yuldasheva
Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований · 96-103 · 2026
Аннотация
This article analyzes the existing psychological views on aggression, which is one of the basic concepts of modern psychology. Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‟luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu agressiyadir. Inson agressiyasini o‟rganish serqirra mavzu bo‟lib, ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini hozirgacha tortib keladi. Oddiy kundalik hayotda agressiya – zo‟ravonlik yoki raqibni yengish uchun jismoniy yoki verbal tarzda qo‟llaniladigan vosita sifatida tavsiflanadi. Agressiya - kishilar o‟rtasidagi turli kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri bo‟lib, u shunday atamaki, unga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‟diradi, chunki bu atama ko‟plab xatti-harakat shakllarini o‟zida qamrab oladi. Bu boradagi asosiy yondashuvlardan biriga ko‟ra, bunday fel-atvor o‟z tabiatiga ko‟ra ko‟p jihatdan instinktivdir, ya‟ni insonda genetic va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar “programmalashtirilgan”ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir bo‟ladi. Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtai nazarlar ichida eng mashhuri U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlarning “inson va hayvonlarda agressiyaning tug‟ma instinkti mavjud bo‟ladi” degan qarashlaridir. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo‟lib, ammo u amaliyotda o‟z tasdig‟ini topmadi. Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 267 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” Freyd o„zining dastlabki ishlarida quyidagi fikrni ilgari surgan: insonga xos barcha fe‟l-atvor bevosita yoki bilvosita erosdan, ya‟ni hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) xayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko„paytirishga yo„naltirilib, bu agressiyani ham keltirib chiqaradi. Birinchi jahon urushi zo‟ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt - tanatos – o‟limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati buzg‟unchilikka va hayotni to‟xtatishga yo‟naltirilgandir. Shunday qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo‟naltirishiga bevosita sabab bo‟ladi. Freydning fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo‟naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun agressiyani tashqi namoyon bo‟lishi tanatosning bunday buzg‟unchi kuchini susaytirishi va natijada yanada xavfli harakatlarning paydo bo‟lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. K.Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdorlaridan biri bo‟lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o‟xshash ekanligini namoyon qilgan. K.Lorens ta‟limotiga ko‟ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo‟lgan hayot uchun kurash tug‟ma instinktidan kelib chiqqan. U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qiladi va uning uchta muhim vazifasini ajratib ko‟rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur vakillarini dunyo bo‟ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yuborad, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta‟minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi yaxshilanishini ta‟minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvatli individiumlargina o‟zidan o‟zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur va vakillarigina o‟zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta‟minlay oladi. Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig‟ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir pallada K.Lorens bu muammoning yechimini topib bo‟lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan bog‟langan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda aylanib yuradi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtai-nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida keltiriladi. Unga ko‟ra, maqsadga yo‟naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to‟siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi. D.Dollard tomonidan agressiyaning situativ nazariyasi taklif etilgan. Bu nazariyaga ko„ra agressiya situativ jarayonning natijasi sifatida ko„riladi. Situativ jarayon esa frustratsiyadir va frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi. Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 268 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» р
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the existing psychological views on aggression, which is one of the basic concepts of modern psychology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the existing psychological views on aggression, which is one of the basic concepts of modern psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamonaviy psixologiya, agressiya
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026