Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Egosentrizm inson xulq atvorining negativ xususiyati sifatida
G. Sh. Tursunova
Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований · 176-177 · 2026
Аннотация
The article presents an analysis of the scientific research of foreign scientists on the manifestation of the phenomenon of egocentrism as a personality trait. In particular, the manifestation of the phenomenon of egocentrism in the development of the individual and its connection with self-esteem, self-awareness, patterns of behavior, moral behavior are highlighted. Hozirgi kunda bolalarda tafakkur va nutq egosentrizmini o„rganishdan tashqari psixologiyada o„smirlar va kattalardagi bilish jarayonlari egosentrizmini tadqiq qilishga doir asarlar ham mavjud. Egosentrik fenomenologiya shaxsni qiyosiy taqqoslanishlarida ham tasvirlangan. Bu asarlarda “egosentrizm” tushunchasi bolalar psixologiyasidan biroz boshqacha ma‟noda ishlatilib, insonning xususiyatlari, holati va xulq-atvorini bildiradi. “Egosentrizm” tushunchasi nafaqat shaxsning xususiyatlarini, balki holatini tavsiflash uchun ishlatilganligi sababli, ma‟lum hissiy jarayonlar bilan bog„liq bo„lgan egosentrik hodisalarni ajratib ko„rsatish mumkin. Ba‟zi mualliflarning fikricha, egosentrizmning axloqiy tomoni shaxsning o„ziga xos xususiyati bo„lib, u boshqa odamlarning axloqiy xulq-atvori va xatti- harakatlarini idrok qila olmasligi bilan bog„liq. Ma‟naviy egosentrizm, ma‟lum sharoitlarda, xudbinlik va pragmatizmga olib keladi. Shu bilan birga, egoizm o„z ehtiyojlarini qondirish va maqsadlariga erishish uchun boshqa odamlarning faoliyati, munosabatlari, xatti-harakatlari, vositalari va imkoniyatlaridan foydalanish deb tushuniladi. Shuningdek, pragmatizm faqat o„zlari uchun foydaliligi nuqtai nazaridan odamlarga nisbatan idrok va munosabatdir va inson hayotda uchraydigan har bir narsani baholashdir. Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 150 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” “Egosentrizm” konsyepsiyasini ishlab chiqish uchun muhim g„oyalar A.Smitning axloqiy qarashlarida uchraydi. Keling, u shaxsning egosentrik va egoistik motivasiyasini inson-jamiyat tizimining o„zaro munosabati nuqtai nazaridan baholaganiga e‟tiborimizni qarataylik. A.Smitning ta‟kidlashicha, odamning egoistik yo„nalishi ma‟lum vaqtinchalik foyda olishiga qaramay, uning jamiyatdagi obro„siga putur yetkazadi, boshqa odamlar bilan munosabatlarini yomonlashtiradi va shuning uchun baxtli hayotga erishishga to„sqinlik qiladi. Mazkur tadqiqotda axloqiy xulq- atvor va axloqiy his-tuyg„ular odamlarning shaxsiy farovonligi yoki baxtsizligi natijasida boshdan kechiradigan og„riq yoki zavqlanish tajribasi bilan bog„liq. Bu hissiyotlarning sabablaridan biri xudbin ehtiroslardir. Ular odamning holati bilan bog„liq bo„lib, ba‟zi vaziyatlar tufayli u tug„ilgan ijtimoiy mavqeidan yuqoriga ko„tariladi. A.Smit hech qachon yuqori martabani tanlashni maslahat bermagan va hech qachon bizdan oldin insoniyatning yarmidan ko„pi e‟tiborini jalb qila olgan omadli odamlar bilan o„zini solishtirish haqida o„ylamagan. Muammoning yana bir tomoni B. Paskalning falsafiy asarlarida ochib berilgan, u koinotning kengligi va boqiyligini epistemologik tushunishi bilan bog„liq bo„lgan inson tajribalariga e‟tibor qaratgan. Uning fikriga ko„ra, o„ziga va his-tuyg„ulariga markazlashmagan odam dunyoga boshqacha munosabatda bo„ladi. Shaxs dunyoqarashining “egosentrizmi” muallif tomonidan qo„llaniladigan bilish usuli bilan belgilanadi. Darhaqiqat, u inson umri chegarasida “yakkalanishi” xususida fikr yuritadi. Shuning uchun, B.Paskal egosentrizmning maxsus falsafiy muammosini ilgari suradi deyish maqsadga muvofiqdir. Bu odamlarning vaqt va makonda mavjudligining chegaralarini idrok etishidan kelib chiqadi. Psixologiyada shaxs haqidagi bunday tushuncha yaqinda o„z tarafdorlarini topa boshladi. Mazkur jihat V.N.Kabrinning shaxs kommunikativ rivojlanishini psixologik nazariyasi bilan bog„liq bo„lishi mumkin. Shuningdek, rivojlanish mexanizmini ochishga urinishlarni M.Sh.Magomet-Eminov taqdim etgan shaxs dinamik modelida ko„rish mumkin. Qoida tariqasida, tadqiqotchilar xulq-atvorida egosentrik fenomenologiyasi kuzatilgan insonning shaxsiy xususiyatlarini hisobga oladi. Shuning uchun ularning shaxs egosentrizmini o„rganishga bo„lgan yondashuvi psixik yoki shaxs ichki xususiyati sifatida tavsiflanishi kerak. Bu yondashuv ijtimoiy psixologiyaga xos bo„lgan shaxslararo qarashlarga qarama qarshi tarzda namoyon bo„ladi. Mualliflar tomonidan qo„llaniladigan tamoyillar va yondashuvlar ularning tadqiqot yo„nalishini va shuningdek, olingan natijalarning talqinini belgilaydi. Intrapsixik yondashuv bilan, shaxslararo muammolarni o„rganish, xususan, Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 151 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interd
Доказательный фрагмент
«The article presents an analysis of the scientific research of foreign scientists on the manifestation of the phenomenon of egocentrism as a personality trait.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents an analysis of the scientific research of foreign scientists on the manifestation of the phenomenon of egocentrism as a personality trait. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bog liq, manifestation phenomenon, phenomenon egocentrism, egosentrizm tushunchasi, liq lgan, boshqa odamlarning, nuqtai nazaridan
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026