К содержанию
РецензированоUZ2019

Ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarni takomillashtirish

Манзура Хожиязова

Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2019

Аннотация

Maqolada ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi, kommunikativ savodxonligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kommunikativ savodxonlik, mustaqil va ijodiy fikrlash, "Ta’lim to‘g‘risida"gi qarori, ta’limiy metodlar, amaliy ko‘nikma. Respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limi tizimida, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri ravon ifodalash, o‘quvchilarda kommunikativ savodxonlikni ta’minlash "Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda Xalq ta’limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to‘g‘risidagi qarori va talablaridan kelib chiqib, boshlang‘ich va yuqori sinflar uchun mo‘ljallangan yangi ona tili darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo‘yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda berilgan o‘quv topshiriqlari o‘quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur. Hozirda amaldagi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari zamon talablariga javob beradimi degan savolga javob izlash maqsadida mazkur darsliklarni tahlil qilamiz. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G‘ulomov va H.Ne’matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko‘ra darslikdagi mashqlar o'quvchilarni izlanishga o'rgatish jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar. 2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar. 3. Ijodiy mashqlar. Darsliklarida o‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi. S.Fuzailov va M.Xudoyberganova, Sh.Yo‘ldoshevalarning 3-sinf 2019-yilgi "Ona tili" darsligida ham o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilgan. Buni 2-sinf "Ona tili" darsligida berilgan "Gap va so‘z", "Tovushlar va harflar", "Unli tovushlar va harflar", "Undosh tovushlar va harflar", "Nutq. Matn. Gap" kabi mavzulaming 3-sinf "Ona tili" darsligidagi "Nutq. Gap. So‘z", "Tovushlar va harflar", "Jarangli va jarangsiz undoshlar" kabi mavzular bilan uzviy bog‘liqligidagina emas, mashqlarning sharti va mazmunida, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlovchi mashqlar tizimida ham ko'rish mumkin. Jumladan, 1-8- mashqlarda so‘z, gap va harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar berilgan bo‘lsa, keyingi mashqlarda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan nisbatan murakkab topshiriqlar tavsiya etilgan. Shuni unutmaslik kerakki, topshiriqlarda barcha o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan talab bir xil, ammo o'quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to‘g‘ri bajara olmaydi. Bunday holda qo‘shimcha topshiriqlar berish 352 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari orqali mashq shartini soddalashtirish yo'li bilan o‘quvchilarni qiziqtirish mumkin.Stol ustiga bir nechta predmetlar qo'yiladi. O‘qituvchi o'quvchilarga shu predmet haqida fikrlarni bildiradi o'quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo‘adi. Masalan: U juda xushbo‘y, uni tug‘ilgan kun, bayramlarda sovg‘a qilishadi. (Gul) Ta’limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma’noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas'uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi. Umuman, o‘quvchilar predmet bildirgan so‘zlarni boshqa so‘zlar ichidan ajrata olishlari uchun ularning diqqat-e’tibori tevarak-atrofga qaratiladi. Ko'z bilan ko'rib turgan narsalarni aytish, ularga so'roq berish bilan predmet, narsa, shaxs tushunchalarini bildiradigan so'zlarni bilib oladilar. Masalan, 8-mashq (5-bet) matni ikki ustunga yozilgan bo‘'lib, chap va o‘ng tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi ustunda alohida gaplar, qaysi ustunda matn berilganini aniqlash va matnga sarlavha topish topshirig‘i havola etiladi. O‘quvchilar mashq bilan tanishtirilgach, "Chap tomondagi nima uchun matn sanalmaydi?" (Chunki gaplar mazmunan bir-biri bilan bog‘lanmagan. Alohida- alohida xabar bildiryapti), "Nima uchun o'ng tomondagi gaplarni matn deb hisoblaysiz?" (Chunki gaplar mazmunan o‘zaro bog‘langan va ular bir hikoyachani tashkil qiladi) kabi savollari bilan murojaat qilinsa, masalaning mohiyatiga teranroq nazar tashlashga majbur bo'ladi. Xulosa chiqariladi: Matn – bu mazmun jihatdan bog‘langan gaplardir. Darslikdagi yana bir mashqda ham shunga o‘xshash berilgan so‘zlarni shaxslar, narsa nomlari, tabiat hodisalari nomlari shaklida alohida-alohida qatorga yozish so'ralgan. Unga qo'shimcha tarzda "O‘zingiz ham shaxs, narsa, tabiat hodisalari nomlaridan topib qatorlarni davom ettiring" topshirig‘i berilsa, o'quvchilar "shaxs nomlari" qatorini "ota-ona", "kosmonavt", "shofyor", "daftar", "ruchka", "parta", "mashina"; "Tabiat hodisalari nomlari" qatorini "yong‘in", "zilzila", "v

Доказательный фрагмент

«Maqolada ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi, kommunikativ savodxonligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishdagi o‘rni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ona tili darsliklaridagi berilgan o‘quv topshiriqlarining o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi, kommunikativ savodxonligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini oshirishdagi o‘rni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Ta’lim to‘g‘risida"gi qarori, amaliy ko‘nikma, mustaqil va ijodiy fikrlash, ta’limiy metodlar, kommunikativ savodxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники