American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia asosida o‘qitish
ASOSIDA O‘QITISH · Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov
Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia vositalari asosida olib borishning ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ma’lumotlarni tezroq qabul qilishi, xotirada saqlashi hamda to‘g‘ri anglay olishlaridagi roli ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, kompyuter, kompyuterlashish, multimedia, xotira, adabiyot darslari. Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog‘liq. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida qabul qilingan – „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi, o‘quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni izchillik bilan, bosqichma-bosqich hal etish yo‘llari va vositalari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning samaradorligini oshirishda yuksak imkoniyatlarga ega bo‘lgan vositalardan biri sifatida ta’limning faol usullari qaralyapti. Jahonda so‘nggi o‘n yillik kompyuter davri bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizning har jabhasiga kirib keldi. Bashariyat ish-faoliyatining katta qismini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish mushkul. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayonida ham texnologiyalar bilan ishlashning yanada samarali yo‘llarini qo‘llash, kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, qiziqtirish uchun ma’lumotni o‘quvchilarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi xususida savol tug‘iladi. Ma’lumki, inson axborotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan bo‘lib, kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi hamda uning xotirada uzoq saqlanishiga zamin yaratadi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali o‘quvchilarning e’tiborini ko‘proq jalb qilish mumkin. Bundan ko‘rinadiki, multimediali texnologiyalar ma’lumotni maksimal samarali yetkazadi. Bir gap bilan aytganda, o‘qitishning boshqa interfaol shakllari bilan bir qatorda multimediali taqdimot, rasm va tasvirlar, audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalardan dars jarayonida o‘rinli hamda samarali foydalanish bugungi kunning talabi hamdir. 348 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Zotan „bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarni o‘quv va ijodiy faoliyatlarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nima bilan yuritilmoqda“246. Zamonaviy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda bolaning kompyuter, telefon kabi texnik vositalarga, ulardagi funksiyalar, o‘yinlar, multfilmlarga ko‘proq qiziqishi ayni haqiqat. Shunday ekan, o‘qituvchi ham ularni o‘quv fanlariga qiziqtirish uchun o‘zi ma’qul ko‘rgan yo‘l bilan topshiriq berib „shumlik qilishi“ mumkin. Jumladan, deyarli barcha fanlardan qo‘shimcha elektron darsliklar, audio, video, karaokeli mashqlar, harakatli animatsion topshiriqlar shaklida mashg‘ulot olib borilsa, bizningcha, albatta kutilgan samarani beradi. Chunki biron mavzu bo‘yicha ma’lumot o‘quvchining e’tiboriga ham matn, ham taqdimot, ham videoroliklar orqali bir vaqtning o‘zida parallel shaklda taqdim etilganida o‘zlashtirish samarasining yuqori bo‘lishiga, dars orqali kutilgan natijaga erishish imkoniyati ortadi. Bundan tashqari, o‘quvchi ongida so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari bo‘yicha bilimi rivojlanadi, eshitish orqali esa tinglab tushunish ko‘nikmasini takomillashadi. O‘qib, tinglab tushunish ko‘nikmalari esa aynan bugungi kunda kuchga kirgan „Milliy o‘quv dasturi“ning talablari ijrosidir. Multimedia vositalari asosida o‘qitishning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: – ko‘rish orqali tushunishning nisbatan oson kechadi; – video va tasvirning harakatlaridan ham o‘quvchi tasavvur olami,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia vositalari asosida olib borishning ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ma’lumotlarni tezroq qabul qilishi, xotirada saqlashi hamda to‘g‘ri anglay…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia vositalari asosida olib borishning ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ma’lumotlarni tezroq qabul qilishi, xotirada saqlashi hamda to‘g‘ri anglay… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter, kompyuterlashish, ta’lim, xotira, multimedia, adabiyot darslari
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025