American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Profession in the development of lexicon of syllables the role of terms
TERMINLARINING O‘RNI
Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026
Аннотация
Maqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga tegishli leksikaning taraqqiyotidagi o‘rni, ularning majoziy ma’nolarni ifodalab kelishi, makon va zamonda so‘z ma’nolarining kengayishi, iste’moldan chiqib qolish sabablari tavsif etiladi. Annotatsion: This article describes the role of vocabulary connecting hunting, pottery, embroidery, jewelry, blacksmithing in the society progress, the expression, of the allegorical meanings, the expension in any positions and any moments, the reasons of being no longer in use. Tayanch so‘z va iboralar: kasb-hunar, terminlar, majoziy ma’no, sohalar leksikasi Key words: craft, term, figurative meaning, field lexicon O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonning har bir viloyat, tumanlarida kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Masalan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik, zardo‘zchilik va hokazolar shulardan hisoblanadi. Kasb- hunarning turli tarmoqlarida mehnat jarayonida xalqimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan maxsus terminlar umumxalq tilining lug‘at tarkibida boy bir qatlamni tashkil qiladi. Ba’zilari ishlatilishdan qolib, tarixiy terminlar qatoriga o‘tadi, ba’zilari esa yangi vazifa va yangi ma’nolar kasb etib, iste’moldan qoladi. Kasb-hunar terminlari umumiste’molga, vaqtlar o‘tib folklorga va yozma adabiyotga kiradi. Xalq kasb-hunar terminlari umumadabiy tilimizning hamda shevalarimizning leksik tarkibini boyituvchi muhim manbadir. Masalan, hozirgi murakkab mashinalarning anchaginasi insoniyat tomonidan eng qadimgi zamonlarda yaratilgan sodda texnikaning rivojlana borib, yuksak darajaga erishuvining natijasidir. Kishilik jamiyatining ilk davridagi kichik, sodda uylarning eshiklari ham, hozirgi zamonning yuksak texnikasi samarasi bo‘lmish reaktiv samolyoti yoki so‘nggi rusumdagi avtomashinalarning, suvosti kemalarining eshiklari ham hozirgi og‘zaki va adabiy tilimiz leksikasida eshik deb yuritiladi. Quldorlik tuzimi davri ixtirosi bo‘lmish kulollik charxining yoki oddity suv tegirmonining parra va o‘qlari hamda hozirgi zamon samolyot, vertolyot kemalarining o‘sha xil qismlari shu nom bilan yuritiladi. Demak, eski texnika elementlari va ularning nomlari har choq texnikaning keyingi taraqqiylashgan yangi shakllariga ham o‘tadi. Shuningdek, mehnat jarayonida yaratilgan so‘z-terminlar fanning qariyb hamma tarmog‘iga oid leksikasini doimo to‘ldirib kelgan. Kasb-hunar ahllari tomonidan ishlab chiqarilgan rang-barang mahsulot xalqning isre’moliga o‘tishi, uni jamiyatning 282 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari turli tabaqasi ishlatishi natijasida ularning nomini ifodalovchi maxsus terminlar ham umumiste’mol so‘zga aylanib ketadi. Ular ishlatila-ishlatila majoziy ma’nolarga kiradi, har xil o‘xshatishlar uchun asos bo‘ladi, maqol, matal, doimiy va frazeologik iboralar tarkibida qo‘llanila boshlaydi, tug‘at tarkibini boyitadi. Masalan, tikuvchilik asboblaridan birining nomini ifodalovchi iyna termini: “ipidan iynasigacha” – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. “iyna minan quduq qazuv” – juda qiyin, bajarilishi amrimahol bo‘lgan ish. “Iynaday gapni tuyaday qildi” – mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi. Yana tesha so‘zi “tesha tiymagan so‘z” – hazil-mutoyiba yo‘li bilan aytiladi, yangi fikr ma’nosida; bo‘zchi, moki so‘zlari – “bo‘zchining mokisidek” – tez-tez qatnab sarson bo‘lish ma’nosida; o‘roq, ketmon so‘zlari “o‘tkanning o‘rag‘in, ketkanning ketmanin aluv” – urushqoq, boshqalarni bezor qiluvchi shaxslar haqida aytiladi, “ketmani uchdi” – omadi keldi” – omadi keldi ma’nosida; narvon so‘zi “yuldizdi naq uruv” – juda olg‘ir, ishbilarmon kishi ma’nosida; tegirmon so‘zi “degirmanga tushsa, putun chig‘adi” – har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oladi ma’nosida; temir so‘zi “temirni qizig‘ida bos” – biror ishni ayni vaqtida qil ma’nosida; temirchi so‘zi esa “ota-bobong temirchi o‘tganmi” – sergap, gapni ortiqcha cho‘zuvchi kishiga aytiladi. Buning sababi shuki, temirchi temirni qizdirib, bolg‘alab cho‘za-cho‘za buyum yasaydi, bunda gapni cho‘zish temirni cho‘zishga o‘xshatiladi. Bu misollardagi, aslida, kasb-hunar leksikasiga oid igna, tesha, bo‘zchi, moki, temir, o‘roq, ketmon terminlari so‘zlashuvimizda majoziy ma’nolar va turlicha o‘xshatishlar uchun xoslashib qolganini ko‘ramiz. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, iste’moldagi so‘zlar biror kasb ahllari tomonidan kasb-hunar hayotidagi ayrim voqea va hodisalar bilan bog‘lanib, maxsus ma’nolarda ishlatiladi va o‘sha xos ma’nolarida yana umumiste’mol leksikaga qaytadi. Kasb-hunar terminlarining ko‘chma ma’nolarda ishlatiladiganlardan yana zarshunos terminini keltirish mumkin. Zarshunos, aslida, zar (oltin)ni (umuman nodir metallni) sifat jihatdan ajrata oladigan mutaxassis ma’nosida bo‘lsa-da, so‘zlashuv tilida yaxshi narsani yomondan ajrata b
Доказательный фрагмент
«Maqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga tegishli leksikaning taraqqiyotidagi o‘rni, ularning majoziy ma’nolarni i…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga tegishli leksikaning taraqqiyotidagi o‘rni, ularning majoziy ma’nolarni i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- craft, term, figurative meaning, field lexicon, terminlar, majoziy ma’no, sohalar leksikasi, kasb-hunar
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021