Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Nature in abdullaoripov's poetry
Нодирбек Бозорбаев
Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации · 2026
Аннотация
This article analyzes the artistic aspects of the depiction of nature in the poems of the People's Poet of Uzbekistan Abdulla Aripov. Conclusions are made about the secrets of the harmony of image and poetic content. Keywords: Uzbek poetry, Abdulla Aripov, nature and art. Goʻzal va serjilo vohaning togʻli kengliklarida voyaga yetgan, ona tabiatning betakrorligi va goʻzalligidan ilhomlangan, sodda va mehridaryo insonlar ichida kamolga yetgan serqirra ijodkor, she’rlari bilan bashariyat koʻngliga kirib borgan buyuk shoir, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov garchi oramizda boʻlmasalar- da, ijodi hamon e’tiborimizdadir. „Belgiliki, insonning ruhiy holati va kayfiyatini manzaralashtirish uchun ulkan iste’dod lozim. Bu jihatdan Abdulla Orif talanti tengsiz qudratga ega“ [3, 658]. Shoir ijodiga nazar tashlasak, tabiatga oshuftalik, tabiat bagʻrida voyaga yetgan inson ruhiyati va albatta xayoliy mavjlanishlarga guvoh boʻlamiz. Shoirning she’rlarida tabiat lirikasi shu qadar jonli ifoda etiladiki, oʻquvchi oʻzini shu muhitda, oʻsha manzarada yashayotgandek his qiladi: Eh, siz togʻlar naqadar koʻrkam, Sizga berar ilk nurin quyosh. Par bulutlar marvarid qorlar, Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh [1, 16]. Yuqoridagi misralarda aks etgan peyzaj (tabiat tasviri) xuddi rassom chizgan suratdek oʻquvchi koʻz oʻngida namoyon boʻladi. Uchinchi misradagi qorga berilgan oʻxshatish, ya’ni marvarid soʻzida qorning xuddi marvarid kabi tovlanishini sezish mumkin. Nafaqat oʻxshatish balki tasvirlash mahoratiga e’tibor qaratadigan boʻlsak togʻlarning yuksakligi tufayli bulutlarning togʻlar yelkasiga bosh qoʻyishi hamda quyoshning ilk nuri ham unga talpinishini koʻrish mumkin. Shu she’rning oxirida shunday tugallanma keladi: Eh, siz togʻlar, dilrabo togʻlar, Yosh qalbimni maftun etgansiz. Yoshlik, baxtni kuylagin, deya, Ijodimga ilhom tutgansiz. Ushbu she’rga „1958“ deya sana qoʻyilgan. Qolaversa, anglash mumkinki, ijodining boshida shoir tabiat manzaralarini ijtimoiy motivlarsiz – nekbin tarzda tasvirlagan. Shoir ijodi xilma-xil va rang-barang, unda hayot, ijod, inson tasviri va qiyinchiliklar hamda shu bilan bir qatorda xayoliy tasvirlar tabiat kompozitsiyasi bilan aloqador tarzda ifoda etiladi. Shoir ijodida tabiat lirikasi ustuvor ekanligini shoirning oʻzi ta’kidlagan quyidagi fikrlardan ham bilish mumkin. „Qoʻngʻirtov etaklari ming-ming xil oʻt-oʻlan, chuchmomo-qizgʻaldoqlar bilan qoplanar, atrof 252 Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda goʻzal boʻlardi. Tim qora osmonda qoʻl choʻzsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turardi“ [2, 166]. Mana shunday muhit, Olloh yuqtirgan qobiliyat tufayli „Porloq yulduzlarday kulgim keladi“ deya orzu qilgan ijodkor sekin-asta ijod muhitining yetakchilaridan biriga aylana boshladi. Shoir ongiga tabiat tasvirining eng serjilo misralari quyilib kelgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Quyidagi she’rni fikrimiz isboti sifatida keltirsak: Kapalakning uchishin uzoq, Kuzatdim ham yurdim ortidan. Qarshimizda gʻunchalar porloq, Miltir shudring chaman sathidan. Allaqayda kezib tinimsiz Yigʻdik rosa zavq atirlarin. Soʻngra baham koʻrdik ikkimiz, Menga tegdi shu satrlarim. [1, 17] Yuqoridagi „Kapalak va men“ she’rida shoir bir she’rning yozilishidagi holatni ifodalagan, deya ayta olamiz. Bunda shoir uchun kapalak ilhom boʻlsa uning ketida shoir zavq ila goʻzallik izlamoqda va shu asnoda she’r dunyoga keldi. Naqadar ajoyib tarzda ifodalash uslubi shoirning yana bir bor mahorat ustasi ekanligidan dalolat beradi. Sirtdan qaraganda oddiydek tuyulgan she’rdan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: 1) Kapalak – oʻtkinchi umr ramzi; 2) Kapalak – goʻzal olam, goʻzal umrni qadrlash ramzi; 3) Ana shunday manzaralar ta’siridagi hukm – shoirlikni tanlash. Tongni ham osmonga tik boqib kutdim, Kuzatdim birma-bir yulduzlarni ham. Xayol daryosida oʻzni yoʻqotdim Boshimdan koinot zar sochgani dam. [1, 20] Yuqoridagi misralarda shoirning tabiat tasviri orqali oʻz kechinmalarini ifoda etganini koʻrishimiz mumkin. Tong – bu misoli shoir kutgan orzular, maqsadlar, uning roʻyobi uchun harakat qilib osmonga tik boqishi va atrofdagi yulduzlar esa shoirning ishongan haqiqati, uning hayotni oʻz koʻzi bilan tasavvur qiluvchi bir boʻlagi. Keyingi misrada yulduzlarni, ya’ni hayotni kuzatayotgan shoir xayollar ogʻushida atrofdagi mayda ikir-chikirlar ichida qolib, oʻzini yoʻqotib qoʻyganini ta’kidlaydi. Xuddi shu she’rning keyingi satrida esa: Yulduzlar! Berkinmang tong tumaniga, Ketmang koʻzlarimni yoshlab ketguncha. Yakka suhbatdoshim, ketmagin Zuhram Ketma, senga aytgan she’rim bitguncha. Inson va, albatta, shoirning ham hayot yoʻli bor. Uning ham xato-kamchiliklari mavjud. Xuddi shu asnoda yuqorida yulduzlar deya oʻz hayotiga, orzu umidlariga da’vat qilayotgan shoir, orzularidan, hayotdan ajralib qolishini istamaydi – „koʻzlarini yosh tomchilari ila“ qoldirib ke
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the artistic aspects of the depiction of nature in the poems of the People's Poet of Uzbekistan Abdulla Aripov.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the artistic aspects of the depiction of nature in the poems of the People's Poet of Uzbekistan Abdulla Aripov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek poetry, Abdulla Aripov, nature and art
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025